Test topshiriqlari
Download 38.5 Kb.
|
10 sinf
10-sinf uchun Test topshiriqlari 1. Malein va fumar kislotalari bir –biriga nisbatan nima his oblanadi? 1)tuzilish izomerlari 2) gomologlar 3) geometrik izomerlar 4) ikkalasi ham bir hil modda A) 2 B) 3 C) 1 D)1,3 E) 4 2. 100g massali 35%-li oleum eritmasini tayyorlash uchun necha gramm 98%li H2SO4 va 60%li oleum aralashtirish kerak? A)36.3gr va 63.7gr B)27gr va 73gr C)63.6gr va 36.3gr D)86gr va 14gr E)72gr va 28gr 3.Agar CO va CO2 aralashmasida uglerod massasining kislorod massasiga nisbati 1:2 bo’lsa, aralashmadagi gazlarning hajmiy ulushlari qanday bo’ladi? A)71.1% va 28.9% B)36% va 64% C)38.9% va 61.1% D)62.4% va 37.6% E)28.9% va 71.1% 4. Hajmi 7.04 ml (p=1.52g/l) bo’lgan brometenga kaliy gidroksidning spirtli eritmasi bilan ishlov berilganda hosil bo’lgan gaz mahsulotdan 1.20 ml (0.879g/l) benzol sintez qilingan. Birinchi reaksiya unumi ikkinchisinikidan ikki barobar ortiq bo’lsa, ularning qiymatlarini toping. A) 52 va 26 B) 90 va 45 C) 80 va 40 D) 60 va 30 E) 50 va 25 5. Benzol va toluol aralashmasini qizdirgan holda kaliy permanganat bilan kislota ishtirokidagi reaksiya natijasida 8.54g bir asosli organik kislota hosil bo’lgan. Shu kislotaning mo’l miqdorda olingan NaHCO3 bilan reaksiya natijasida hosil bo’lgan gaz mahsulot hajmi boshlang’ich aralashma yondirilganda hosil bo’ladigan gaz moddaning hajmidan 19 marta kam bo’ladi. Boshlang’ich aralashmadagi benzolning massasi (g) ni hisoblang. A) 9.87
B) 11.24 C) 10.92
D) 12.53 E) 10.66
6. Noma’lum organik modda kaliy permanganatning suvdagi eritmasi bilan oksidlanganda, 6.4g kaliy benzoat, 11.04g potash, 20.88g MnO2, 2.24g KOH va suv hosil bo’lgan. Oksidlash uchun qanday modda olingan? A) toluol B) kumol C) etilbenzol D) butilbenzol E) ksilol 7. 3.1g kalsiy fosfatdan ajratib olingan fosfor kislorod atmosferasida oksidlandi, bu oksid kaliy gidroksidning 20ml hajmdagi 1.5 molyar eritmasida eritildi. Eritmada qanday mahsulotlar bo’ladi. 1)kaliy fosfat 2)kaliy gidrofosfat 3)kaliy digidrofosfat A) 1 B) 2
C) 3 D) 1,2
E) 2,3 8. 80% li sirka kislota eritmasini hosil qilish uchun 192g suvda necha gramm sirka angidrid eritish kerak? A) 418.9 B) 408.5
C) 394.2 D) 450.6
E) 402.8 9. Kaliy gidroksidning 21% li eritmasini tayyorlash uchun 47g kaliy oksidni KOH ning necha gramm 7.93% li eritmasida eritish kerak? A) 353 B)147 C)284 D)93.34 E)420 10. 60% li H2SO4 eritmasini hosil qilish uchun 100g 10%li oleumni qancha hajm (ml) 40%li (p=1.30 g/l) H2SO4 eritmasiga qo’shish kerak? A) 144 B) 158 C) 162.5 D) 175 E) 189 11. Massasi 50g bo’lgan metall plastinka xlorid kislotaga eritmasiga tushirilganda, uning massasi 1.68% ga kamaydi va 0.336 l gaz ajralib chiqdi. Plastinka qaysi metalldan yasalgan? A) Mg B)Al C) Fe D)Zn E) Cd 12. To’rtinchi elektron pog’onada nechta energetik katakcha bo’ladi va N=2n2 formula bilan atomdagi qanday zarrachalar soni hisoblab topiladi? A) 16 ta va electron B) 32ta va 1n, p1 D) 7ta va pozitron C) 5ta va 1n E) 13ta va electron 13. 100ml pH=1 bo’lgan sulfat kislota eritmasining pH ini 2ga yetkazish uchun nima qilish kerak? A) 100ml 0.05 mol/l li H2SO4 qo’shish B)100ml suv qo’shish C) 100 ml 0.1 M li H2SO4 qo’shish D) 900 ml suv qo’shish E) 1000 ml suv qo’shish 14. Suvsiz ortofosfat kislota tayyorlash uchun 14.2g P2O5 qanday massadagi (g) 96%li ortofosfat kislota eritmasida eritilishi zarur? A) 196 B) 269 C) 169 D) 351 E) 135 15. Quyidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasida barcha koeffisentlar yig’indisi nechaga teng? C6H12O6+ KMnO4 + H2SO4= CO2+ MnSO4+ K2SO4+ H2O A) 185 B) 180 C) 197 D) 195 E) 198 16. Izobutan 250 C da yorug’lik tasirida monoxlorlanganda, birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi vodorod atomlarining xlorga almashinish tezligi (bitta vodorod atomi uchun) tegishlicha 1.0:3.8:5.0 ga teng bo’lsa, hosil bo’ladigan izomerlarning massa ulushini aniqlang? A) 64.3 va 35.7 B) 56.7 va 43.3 C) 67.8 va 32.2 D) 71.8 va 28.2 E) 73.1 va 26.9 17. Kalsiy bromidning 80g to’yingan eritmasiga 20g suvsiz tuz solinib, aralashmadagi tuz erib ketgunga qadar qizdirildi va so’ngra boshlang’ich tempuraturaga qadar sovutildi. Bunda 41.52g kristallogidrat cho’kmaga tushdi. To’yingan eritmadagi suvsiz tuzning massa ulushi 58.7% teng. Kristallogidratning formulasini toping. A)CaBr2. 3H2O B)CaBr2.6H2O C)CaBr2.5H2O D)CaBr2.2H2O E) CaBr2.8H2O 18. Insulin qaysi uglevodlar sinfiga kiradi? 19. Yoqilg’i sifatida ishlatiladigan formaldegid polimeri va urotropin qanday nom bilan ataladi? 20. Fosfor (V) oksidi gibridlanishi qanday? 21. Torf qattiq yoqilg’ining muhim turi hisoblanib, uning tarkibida necha % uglerod bo’ladi? 22. Pobedit qotishmasi tarkibida qanday elementlar mavjud? 23. H2 va N2 orasidagi reaksiya katalizatori Fe ga Na2O, K2O, Al2O3 aralashtirildi. Bu yerda Na2O, K2O, Al2O3 bular nima deb ataladi? 24. Kaustik sodaning tarkibi qanday? 25. Polimetilenlar qanday uglevodorodlar? Masalalar 10-sinf 1. A va B metallari ayni bir davr va ayni bir gruppada joylashgan. A elementni faqat bitta xlorid, B elementi esa ikkita xlorid hosil qilib, ularning biri davriy sistemadagi o’rniga muvofiq kelmaydigan yuqori valentlikka ega bo’ladi. B elementning ana shu xloridi tarkibida 52.5% xlor bor. Shu elementlarning nomini ayting. 2. Dunyodagi uran miqdori 2.5 mln. tonna bo’lib, ko’pchilik tog’ jinslaridagi har kg. uran-238 izotopiga 320 gr qo’rg’oshin-206 izotopi to’g’ri keladi. Tabiiy uranning 99.3% miqdori uran-238 izotopiga to’g’ri kelsa, yer paydo bo’lgandan beri qancha miqdor geliy hosil bo’lgan? 3. pH=3 bo’gan 150 ml xlorid kislota eritmasiga 5 ml ishqor eritmasi quyildi. Hosil qilingan eritma bug’latilganda, 7.45.10-3g kaliy xlorid olingan bo’lsa, ishqorning konsentratsiyasi qanday bo’lganligini aniqlang. 4. 33.7g marganes (IV)-oksid bilan noma’lum metal (IV)-oksidi aralashmasiga mo’l xlorid kislota ta’sir ettirilganda 6.72 l xlor (n.sh) ajralib chiqdi. Agar aralashma tarkibi MnO2 ga nisbatan 1:5 molyar nisbatda bo’lsa, noma’lum oksid va uning miqdori qanday bo’ladi? 5. 300 g 24% li osh tuzi eritmasini 11.2 l xlor ajralib chiqquncha elektroliz qilindi. Elektrodlarda bo’ladigan hodisalarni tushuntiring va eritmada hosil bo’ladigan o’yuvchi natriyning konsentratsiyasini hisoblang. Download 38.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling