Testlar banki Anatomiya
Download 106.75 Kb.
|
Testlar banki Anatomiya
Variant-21
29-mavzu 1.Gastritning sabablarini aniqlang? A) Ovqatlanish tartibining buzilishi, B) o‘ta achchiq, sifatsiz tayyorlangan taomlar, C) spirtli ichimliklarning muntazam iste’mol qilinishi D) barchasi 2. Oshqozon shilliq pardasining yallig`lanishi nima deyiladi A) entrit B) gastrit C) kolit D) rak 3. Ingichka ichak shilliq pardasining yallig'lanishi A) entrit B) gastrit C) kolit D) rak 4. Qaysi kasalliklarda qorin og'rib, ich ketish yoki qabziyat paydo bo'ladi, ba'zan odamning ko'ngli ay nib, qayt qiladi. A) entrit B) gastrit C) kolit D) A, B 5. Qaysi kasallik eskirib qolgan go‘shtli oziq-ovqat iste’mol qilinganida ovqatdan zaharlanish oqibatida paydo bo‘ladi. A) Ichburug` B) vabo C) botulizim D) yuqumli gepatit 6. Qaysi kasallikda kasallangan odamga bir necha piyola iliq suv ichiriladi. A) Ichburug` B) vabo C) botulizim D) yuqumli gepatit 7. Qaysi kasalliklar mikroblari asosan pashshalar orqali yuqadi, A) Ichburug va vabo, B) ichterlama, C) yuqumli gepati D) barchasi 8. Qaysi kasalliklar mikroblari ichimlik suvi va ba’zan bemor foydalangan narsalax orqali ham yuqishi mumkin. A) Ichburug va vabo, B) ichterlama, C) yuqumli gepati D) barchasi 9. Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va pishirishda gigiyena qoidalariga rioya qilinmaganida kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar oziq-ovqat bilan birga organizmga tushib qaysi kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin? A) qorin terlamasi, B) vabo, C) ichburug' D) barchasi 10. So‘lak tarkibidagi (a) , oshqozon shirasi tarkibidagi (b) va jigar ishlab chiqaradigan (c) ko‘pchilik mikroorganizmlami yo‘q qiladi. A) a- lizotsimc- xlorid kislota b- o‘t suyuqligi B) b- lizotsima- xlorid kislota c- o‘t suyuqligi C) a- lizotsim b- xlorid kislota c- o‘t suyuqligi D) c- lizotsimb- xlorid kislota a- o‘t suyuqligi 11. Askarida, bolalar gijjasi, qoramol tasmasimoni, exinokokk bilar…… A) Kam uchrab turadigan parazit chuvalchanglar hisoblanadi. B) eng keng tarqalgan parazit chuvalchanglar hisoblanadi. C) Suv orqali yuqadigan parazit chuvalchanglar hisoblanadi. D) kiyim orqali yuqadigan parazit chuvalchanglar hisoblanadi. 12. Nima oshqozon devoridan qonga so‘rilib, oshqozon bezlari faoliyatini tezlashtiradi, shira ajralishini kuchaytiradi. A) tiroksin B) gipofizning garmonlari C) nikotin D) spirt 13. Spirtli ichimliklarni surunkali iste’mol qilish qaysi kasallikni paydo qiladi. A) entrit B) gastrit C) kolit D) A, B 14. Alkogol ta’sirida jigar hujayralari yallig‘lanib, surunkali jigar kasalligi ……. kelib chiqadi. A) Ichburug va vabo, B) ichterlama, C) gepatit D) barchasi 15.Gepatit alkogol ta’sirida nimaga ga olib keladi A) Ichburug va vabo, B) ichterlama, C) yuqumli gepati D) sirroz 16. Oshqozonosti bezining yallig‘lanishi A) pankreatiya B) ichterlama, C) yuqumli gepati D) sirroz 30-mavzu 17.Tirik materiyani notirik materiyadan farq qiladigan asosiy belgisi nima hisoblanadi. A) hujayralardan tuzilganligi B) moddalar almashinuvi C) yangi sifat belgisini hosil qilishi D) nafas olishi 18. Moddalarning qonga o‘tishidan boshlab oxirgi parchalanish mahsulotlari hosil bo‘lishigacha sodir bo‘ladigan kimyoviy jarayonlar, asosan qayerda kechadi A) hujayralar aro suyuqlikda B) hujayra ichida C) ichki organlarda D) yadroda 19. Moddalar va energiya almashinuvi asosini o‘zaro chambarchas bog‘langan, biri ikkinchisisiz sodir bo‘lmaydigan, lekin bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalgan nimalar tashkil etadi. A) kimyoviy jarayonlar B) fiziologik jarayonlar C) fermentativ jarayonlar D) biofizik jarayonlar 20. Dissimilatsiya yirik organik molekulalarning nimalar ta'sirida parchalanib, ko‘p miqdorda kimyoviy energiyaning ajralib chiqishidan iborat. A) kislorod ta'sirida B) fermentlar ta'sirida C) kislorodsiz sharoitda D) fizik va mexanik parchalanish 21. Organizmda sodir bo‘ladigan barcha hayotiy jarayonlar: muskullarning qisqarishi, nerv impulslarining o'tkazilishi, tana haroratining doimiy saqlanishi, organik moddalarning sintezlanishi va so‘rilishi,sekret ishlab chiqarish, hujayra membranasida ionlar potensialini saqlab turish nima hisobiga amalga oshiriladi. A) assimilatsiyadan chiqadigan ATF B) glikolizdan tarqaladigan energiya C) glikolizdan qoladigan energiya D) dissimilatsiyadan chiqadigan energiya 22. Moddalar va energiya almashinuvi natijasida ovqat bilan organizmga tushadigan oziq moddalar organizmning o‘zi uchun zarur bo’lgan moddalarga aylanadi, so‘ngra bu moddalar qurilish materiali sifatida foydalaniladi yoki gapni davom ettiring. A) zaxira sifatida to'planadi B) energiya sifatida tarqaladi C) ferment vazifasini bajaradi. D) yangi modda hosil qiladi 23. Ovqat hazm bolishi, ya’ni fermentlar ishtirokida ichakda yuqori molekulali birikmalarni quyi molekulali moddalargacha parchalanganlangan keyin nima yuz beradi? A) moddalar parchalanib, almashinuv mahsulotlari hosil bo’lishi B) so‘rilgan mahsulotlardan organizm uchun zarur moddalarning sintezlanishi C) oziq mahsulotlari so‘rilib, to‘qima va hujayralarga yetkazib berilishi D) moddalar almashinuvi oxirgi mahsulotlarining organizmdan chiqarilishi. 24. So‘rilgan mahsulotlardan organizm uchun zarur moddalarning sintezlangandan keyin qaysi bosqich amalga oshadi. A)moddalar parchalanib, almashinuv mahsulotlari hosil bolishi B) ovqat hazm bolishi, ya’ni fermentlar ishtirokida ichakda yuqori molekulali birikmalarni quyi molekulali moddalargacha parchalanishi C)oziq mahsulotlari so‘rilib, to‘qima va hujayralarga yetkazib berilishi D) moddalar almashinuvi oxirgi mahsulotlarining organizmdan chiqarilishi. 25. To‘qimalardagi suvni tutib turish uchun nima zarur. A) Osh tuzi B) hujayradagi ionlar C) OH va H ionlari D) mikronaychalar Download 106.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling