1. Ehtiyojlar — bu:
A. Kundalik ehtiyoj mollari do'konida sotiladigan barcha tovarlar.
B. Kishilarning tovar va xizmatlarga ega bo'lishg xohishi.
C. Insonning muayyan sharoitda yashashi va kamol topishi uchun zarur bo'lgan narsalarga muhtojligi.
D. Qondirishning imkoni bo'lmagan inson orzu-istaklari.
E. Qondirilishi talab etiladigan har qanday muhtojlik.
2. Cheklanganlik muammosi qaysi vaziyatda to'g'riroq ifodalangan?
A. Har qanday mamlakat iqtisodiyotida ham hamma vaqt nimadir yetishmaydi.
B. Hamma vaqt insonning barcha ehtiyojlarini qondirish uchun resurslar yetarli bo'lavermaydi.
C. Kambag'al mamlakatlarda boy mamlakatlarga qaraganda ko'proq resurslar yetishmaydi.
D. Biror resurs qanchalik kam bo'lsa, u shuncha tanqis bo'ladi.
E. ,,Ro'zg'or— g'or", deganlaridek, oilada har doim nimadir yetishmaydi.
3. Tanlovning muqobil qiymati — bu:
A. Imkoniyatlar ichidan eng nafliligi.
B. Imkoniyatlar ichidan naflik jihatdan ikkinchi o'rinda turadigani.
C. Tanlangan imkoniyatning o'zi.
D. Tanlov natijasida voz kechilgan imkoniyatlarning barchasi.
E. Tanlov natijasida voz kechilgan, eng katta nafga ega bo'lgan imkoniyat.
4. To'g'ri jumlani toping. Inson ehtiyojlari
A. Cheklangan, chunki inson chekli vaqt oralig'ida hayot kechiradi.
B. Poyonsiz, chunki inson orzu-istaklarining cheki yo'q.
C. Cheklangan, chunki resurslar cheklangan.
D. Poyonsiz, chunki biz yashayotgan makonning chegarasi yo'q.
E. Cheklangan, chunki inson hayot kechirishi uchun ko'p narsa kerak emas.
5. Qaysi guruhda keltirilgan misollar faqat ma'naviy ehtiyojlarga tegishli:
A. Daftar, soat, kitob, televizor va xat yozish.
B. Muzqaymoq, kompyuter. ta'lim olish, sport.
C. Ta'lim olish, musiqa eshitish, kasb-" hunar o'rganish, odobli.bo'lish.
D. Rasm chizish, kino ko'rish, kalkulator.
E. Til o'rganish, kitob o'qish, telefonda gaplashish, qalam.
Do'stlaringiz bilan baham: |