Testlarga javoblar d b b a c savol


Download 9.73 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.11.2023
Hajmi9.73 Kb.
#1747257
Bog'liq
muhammadiyeva1

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Javob


26-variant 
Testlarga javoblar 
1.D 2.B 3.B 4.A 5.C 
Savol: Xo'jalik yurituvchi subyektlar moliyasi moliya tizimining mustaqil sohasi 
sifatida qanday bo'g'inlardan tashkil topgan? 
Javob: Eng avvalo, Faoliyat jaraonida turli pul fondlaridan shakllanadigan va 
foydalanasigan moliyaviy munosabatlar yig’indisi moliyaviy tizim deyiladi. 
Moliyaviy tizim 2 ga bo’linadi. 
1.Davlat moliyasi va mahaliy moliya 
2.Xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyasi 
Shuningdek xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyasi quyidagilarga bo’linadi: 
1.Tijorat korxonalari va tashkilotlar moliyasi 
2.Moliyaviy vositachilar moliyasi 
3.Notijorat tashkilotlari moliyasi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi moliyaviy tizimning 
mustaqil sohasi hisoblanadi. Uni boshqacha nomda 
mulkchilikning turli shaklidagi korxona va tashkilotlar moliyasi deb 
ham atash mumkin. Moliyaviy tizimning ana shu sohasida 
daromadlarning asosiy qismi shakllanadi va ular, oxir-oqibatda 
davlat tomonidan o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq ravishda qayta 
taqsimlanib, barcha darajadagi byudjetlar va nobyudjet 
fondlarining daromadlarini shakllantiradi. Bir vaqtning o‘zida 
byudjet mablag‘larining katta qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjetdan 
moliyalashtirish, byudjet ssudalari va davlat kafolatlari shaklida 
korxonalarning joriy va investitsion faoliyatlarini moliyalashtirishga 
yo‘naltirilishi mumkin. 
Yuqorida qayd etilganidek, moliyaviy tizimning bu sohasi 
tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi, moliyaviy vositachilar 
moliyasi va notijorat tashkilotlar moliyasi kabi bo‘g‘inlardan tashkil 


topadi. Bu guruhga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 
moliyaviy munosabatlari tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, 
daromadlar va xarajatlarni shakllantirish, mulkka egalik qilish, o‘z 
zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarish shakllariga bog‘liq 
ravishda o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga egadir. Bir vaqtning 
o‘zida, tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi muhim ahamiyat 
kasb etib, aynan shu yerda moliyaviy resurslarning asosiy qismi 
shakllantiriladi. Mamlakatning umumiy moliyaviy ahvoli ana shu 
korxonalar moliyasining ahvoli bilan belgilanadi. Bozor munosabatlari sharoitida 
korxonalar o‘zlarining 
faoliyatlarini tijoriy hisob asosida amalga oshiradilar. Unga 
muvofiq ravishda ularning xarajatlari o‘z daromadlari hisobidan 
qoplanishi kerak. Mehnat jamoalari ishlab chiqarish va ijtimoiy 
rivojlanishining asosiy manbai foyda hisoblanadi. 
Bu soha korxonalari real ravishda moliyaviy mustaqillikka 
ega, mahsulotni sotishdan olingan tushumni ularning o‘zi mustaqil 
ravishda taqsimlaydi, o‘zlarining ixtiyoriga ko‘ra foydadan 
foydalanadilar, ishlab chiqarish va ijtimoiy fondlarni 
shakllantiradilar, moliyaviy bozorning resurslaridan, ya’ni bank 
kreditlari, obligatsiyalar emissiyasi, depozit sertifikatlari va boshqa 
vositalardan foydalangan holda investitsiya kiritadi. 

Download 9.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling