Texnalogig talim 22-28 gurux talabasi olimov muhammadqodirning
Fe-Fe3C sistemasi xolat diagrammasining pastki chap burchagi
Download 250.77 Kb. Pdf ko'rish
|
MATERIALSHUNOSLIK
Fe-Fe3C sistemasi xolat diagrammasining pastki chap burchagi.
Diagrammaning bu kismi va I, II xamdaIII qotishmalarning sovish egri chiziklari (-rasmda tasvirlangan. Tarkibida 0.01% dan kam((%) uglerod bulgan I qotishma 950°S chamasi temperaturada austenitdan iborat buladi. Normal temperaturada temir Fe( tarzida buladi, binobarin, I qotishma sovitilganda 1 nuqtadan 2 nuqtagacha bulgan temperaturalar oralig`ida austenit ferritga aylana boradi. Sovish egri chizig`ida bu uzgarish 1-2 kesma bilan ifodalangan. 1nuqta bilan 2 nuqta oralig`ida qotishma ikkita qattiq fazadan-austenit bilan ferritdan iborat. 1nuqtadan 2 nuqtaga tomon austenit kontsentratsiyasi kamayib, ferrit kontsentratsiyasi ortib boradi. 2 nuqtadan pastda qotishma nuqul ferritdan, ya'ni uglerodning (-temirdagi bir jinsli qattiq eritmasidan iborat buladi va sovitish davom ettirilganda qotishmada xech qanday uzgarish yuz bermaydi. Tarkibida 0,01% dan ortiq, ammo 0,02% dan kam (y%) uglerod bulgan II qotishmaning sovitilganda qanday uzgarishi, b da tasvirlangan. Bu qotishma shu bilan farq qiladiki, austenit ferritga aylanib bulgandan keyin qotishma sovitilaversa, II chiziq PQ chizig`ini 3' nuqtada kesib utadi.3' nuqtadan yuqorida ferritda 0,02% uglerod erigan buladi, temperatura pasaygan sari uglerodning ferritda eruvchanligi tez kamayadi, 3' nuqtadan pastda esa eritmadagi uglerod kontsentratsiyasi uzgaradi, ya'ni ortiqcha uglerod tsementit tarkibiga kirgan xolda ajralib chiqadi. Demak 3' nuqtadan pastda qotishma ferrit bilan uchlamchi tsementitdan iborat buladi, chunki ferritdan ajralib chiqayotgan tsementit uchlamchi tsementit deb ataladi. qotishma sovitilaversa, bu protsess davom etib, ferrit tarkibidagi uglerod miqdori 0,01% ga tushib qoladi. Suyuq qotishmadan ajralib chiqadigan tsementit birlamchi tsementit deb, austenitdan ajralib chiqadigani esa ikkilamchi tsementit deb ataladi. Endi, tarkibida 0,02%uglerod bulgan III qotishmani kurib chiqaylik. III qotishma sovitilganda 1"nuqtada austenit ferritga aylana boshlaydi va bu protsess 2" nuqtagacha davom etadi. 2" nuqtada esa austenitdan ferrit bilan ikkilamchi tsementit aralashmasi (perlit) xosil bula boshlaydi, ya'ni evtektoidaviy protsess boshlanib, bu protsess uzgarmas (727°S) temperaturada 2" 1 nuqtagacha davom etadi. 2" 1 nuqtada austenit perlitga batamom aylanadi. Binobarin, 2" 1 nuqtadan pastda qotishma ferrit bilan perrit (ferrit+ikkilamchi tsementit) dan iborat buladi. Download 250.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling