Texnalogig talim 22-28 gurux talabasi sulaymonov ziyodulloning


Insoniyat o’z faoliyati davomida moddalarni ishlab chiqarish


Download 377.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana19.11.2023
Hajmi377.59 Kb.
#1787130
1   2   3   4
Bog'liq
Mahsulot tayyorlash texnologiyasi fanining maqsad va vazifasi

 


Insoniyat o’z faoliyati davomida moddalarni ishlab chiqarish 
mahsuloti deb qaraydi.
Aslida esa, moddalar materialning bir barqaror massaga ega bo’lgan 
bo’lagidir. Ana shunday moddiy dunyo texnikada "material" deb 
aytiladi. Demak, materiallar mehnat jarayonning mahsuli bo’lib, undan 
insoniyat o’z talablarini qondigan turli xil buyumlar va detallar yasashda 
foydalanadi. Materiallar ishlab chiqarishda birlamchi vosita bo’lib 
hisoblanadi. Material bo’lmasa sanoat jarayonlari ham bo’lmaydi. 
Masalan, mis (material) ishlab chiqarish uchun rudalar (mis rudalari) 
qazib olinishii kerak. Xomashyo materiallarini olish uchun ham mehnat 
sarflanadi, ya’ni rudalar qazib olinib, qayta ishlash uchun ruda 
boyitiladigan kombinatlarga yuboriladi. So’ngra boyitilgan rudalardan 
mis olinadi. Olingan misdan turli xil buyumlar ishlab chiqariladi.
Mis olishda ruda xomashyo material bo’lsa, buyum ishlab chiqarishda 
misning o’zi xomashyo material bo’lib hisoblanadi. Mehnat jarayoni 
shuni ko’rsatadiki, sifat jihatdan barcha xomashyolarni ikki turga bo’lish 
mumkin. Birlamchi xomashyo yoki birinchi bor materialni hosil qilish 
uchun ishlatiladigan modda. Birlamchi materialni hosil qilish uchun 
hamma vaqt ham tanlangan xomashyo 100% sarflanmaydi, ya’ni uning 
ma’lum ismi chiqindiga aylanadi. Yana chiqindilar ham boshqa buyum 
va detallar ishlab chiqarish uchun xomashyo, ya’ni ikkalamchi 
xomashyo bo’lishi mumkin. Masalan yog’ochni qayta ishlanishidan 
chiqqan qirindi (ikkilamchi xomashyo) mebel sanoatida ishlatiladi.
Buyum va detallar ishlab chiqarish uchun materiallar bilan bir qatorda 
yarim fabrikatlar ham ishlatilishi mumkin. Yarim fabrikat deganda qayta 
ishlangan, lekin hali tayyor buyum holiga keltirilmagan material 


tushuniladi. Buyum olish uchun materialni, ya’ni yarim fabrikatni qayta 
ishlash yana davom ettirilishi kerak.
Demak bir ishlab chiqarishda tayyorlagan material (mahsulot) boshqa 
ishlab chiqarish uchun yarim fabrikat hisoblanadi.

Download 377.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling