Texnalogig talim 22-28 gurux talabasi sulaymonov ziyodulloning


Download 377.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana19.11.2023
Hajmi377.59 Kb.
#1787130
  1   2   3   4
Bog'liq
Mahsulot tayyorlash texnologiyasi fanining maqsad va vazifasi




 

 
 
TEXNALOGIG TALIM 
22-28
GURUX TALABASI

SULAYMONOV ZIYODULLONING 
 
MAXSULOT TAYYORLASH 
TEXNOLOGIYASI 
fanidan 
 
MUSTAQIL SHI 
 
 
2023-YIL 


Mavzu: Mahsulot tayyorlash texnologiyasi fanining maqsad va 
vazifasi.  
R E J A: 
1. Mahsulot tayyorlash texnologiyasi fanining asosiy vazifalari va 
maqsadi. 
2. Mahsulot tayyorlash texnologiyasi fanining rivojlanish tarixi.
3. Material haqida tushuncha.
4. Mahsulot tayyorlash texnologiyasi fanining boshqa fanlar bilan 
bog’liqligi.
5. Materialshunoslikdagi muammolar.


Respublikamiz mustaqil bo’lgandan so’ng, xalq xo’jaligining 
hamma sohalarida o’zgarishhlar ro’y berrmoqda. Hozirgi vaqtda fan- 
texnika taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lgan turli amaliy masalalarni 
yechish uchun har bir yoshh bo’lajak mexanik-muhandis va texnikaning 
boshqa turlari bilan shug’ullanuvchi mutaxassishlar metallarning 
prog’ressiv olinishi usullari yangi metall va nometall materiallar, 
ularning xususiyatlari va texnikaning qaysi sohasida ulardan ratsional 
foydalanish lozimligini bilishhlari kerak. Hozirgi kunda bo’lajak yosh 
muhandis, mexanik, konstruktor, ilmiy xodim, tadqiqotchi, 
loyihacxilardan texnologiya asoslari chuqur talab qilinadi, chunki busiz 
mustahkam, uzoq muddatga chidaydigan tejamli konstruktsiyalar, 
mashinalar, pribor jihozlar, mexanizmlar yaratish mumkin emas. 
Ma’lumki, har qanday mashina, mexanizm detallari ish jarayonida turli 
nagruzkalar ta’sirida bo’lib, har xil muhitlarda ishlaydi. Ularning 
belgilangan muddatda me’yorda ishlashi uchun materiali konstruktor 
tomonidan belgilangan kompleks xossalarga ega bo’lishi kerak. 
Shundagina texnika iqtisodiy ko’rsatkichlari talab darajasiga ega bo’lgan 
turli xil mashinalar yaratiladi.
Materiallar texnologiyasi fani asosan qora va rangli metallar ishlab 
chiqarish, metalshuninoslik asoslari, metalmas materiallar va ularni 
ishlash texnologiyasi, tayyorlamalarni tayyorlash usullari, quymakorlik 
hamda metall va metalmash materiallarga mexanik ishlov berish 
asoslarini o’rgatadi. Shu bilan birga mashina detallari tayyorlash bilan 
bog’liq bo’lgan texnologik jarayonlarni, mustaqil ravishda mashina 
detallarining loyihalashda texnologik masalalarni yechishni talabalar 


o’rganadilar.
Mashinasozlikda talab darajasidagi sifat o’zgarishhlarini amalga 
oshirish, mahsulot ishlab chiqarish miqdorini ko’paytirish, uning sifatini 
yanada yaxshilash va mehnat sharoitlarini yanada yengillashtirishga 
qaratilgan tadbirlarga, ya’ni ishlab chiqarish jarayonlarini maksimal 
darajada mexanizasiyalash va avtomatlashtirishga katta e’tibor berilishi 
lozim.
Ko’pgina materiallarning texnikaga yaroqliligi uning tuzilishiga 
bog’liqdir. Materiallarning tuzilishi deganda, uning bir butunligini 
ta’minlovchi, ya’ni tashqi va ichki ta’sirlarga faol qarshilik ko’rsatuvchi 
ichki bo’glanishlar tushuniladi. Ichki bog’lanishlarga muvofiq 
materiallarning xossalari ham o’zgarishi mumkin.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak materialning tarkibi, tuzilishi hamda 
xossalari o’rtasidagi amalliy bog’lanishlarni o’rganadigan fan 
materialshunoslik deb ataladi. Materiallarning tarkibi deganda Shu 
materiallarning qanday kimyoviy elementlardan tuzilganligi tushuniladi.
Materialning tuzilishi tushunchasi ancha keng ma’nodagi tushuncha 
bo’lib, ko’z yoki oddiy lupa bilan ko’rib bo’ladigan mikrotuzilish 
maxsus (500-2000 marta katta qilib ko’rsatadigan) optik asboblar 
metallomikroskoplar yordamida o’rganiladigan mikrostruktura hamda 
100000 marta katta qilib ko’rsatadigan elektron mikroskoplarda yoki 
rentgen nurlari ta’sir ettirish bilan kuzatiladigan supmikroskopik 
strukturalarni o’z ichiga oladi. Materialning xossalari deganda, uning 
kimyoviy, mexanik va texnologik xossalari tushuniladi.

Download 377.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling