Texnalogik jarayonlarda xavfsizlikni ta’minlash. Reja


Tog'-kon operatsiyalari va ishlarini nazorat qilish sohasida


Download 51.58 Kb.
bet2/2
Sana02.11.2023
Hajmi51.58 Kb.
#1739099
1   2
Bog'liq
Jaldasbekov Aybek

Tog'-kon operatsiyalari va ishlarini nazorat qilish sohasida:
- ishlayotgan, qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan shaxtalar, shaxtalar, karerlar, konlar, sho‘r konlar, tuz konlari, shaxtalar, konning maxsus uchastkalari, gidrotexnika, transport va maxsus qurilish, boyitish, ko‘mir briketi, briket, sinterlash, maydalash va saralash, oltin qayta tiklash zavodlari, zavodlar (qurilmalar), inert chang zavodlari (er osti, ochiq va maxsus ishlar);
- chiqindilar kon ishlari va ulardagi xalq xo'jaligi ob'ektlarini joylashtirish uchun foydalaniladigan tabiiy er osti bo'shliqlari, ulardan foydalanish xavfsizligi nuqtai nazaridan;
- tog'-kon asbob-uskunalari, asbob-uskunalar va favqulodda vaziyatlardan himoya qilishni o'rnatish va ishga tushirish bo'yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar;
-Zavodlar - mahsulotning xavfsizlik talablariga (qoidalari va me'yorlariga) muvofiqligi nuqtai nazaridan asbob-uskunalar, mexanizmlar, apparatlar va qurilmalarni etkazib beruvchi ishlab chiqaruvchilar va ta'mirlash kompaniyalari.
Inson hayotining xavfsizligini ta‘minlash muammosi har bir jamiyat uchun dolzarb masala bo‘lib, u davlatning iqtisodiy rivojlanganligi va barqarorligiga bog‘liq. Bu hozirgi vaqtda ilmiy–texnik taraqqiyot keltirib chiqargan murakkab muammolarni har tomonlama yechishni, katta miqdorda mablag‘ va ishlab chiqarishning yuqori madaniyatini talab qiladigan muammodir. Bu esa faqat iqtisodiy qudratli, kuchli ilmiy–texnik va intellektual imkoniyatlarga ega bo‘lgan davlatning qo‘lidan keladi. Boshqa tomondan xavfsizlik muammolarining yechimi jamiyatning barcha a‘zolarining faol ishtirokini, yuqori fuqarolik ongini, ayrim hollarda jamiyat, kelajak avlod manfaati uchun, shaxsiy manfaatlardan kechishini talab qiladi. Bu esa jamiyat a‘zolaridan yuksak madaniyatli va kuchli ma‘naviyatlikni talab qiladi. Bu tamoyillarning yechimi chuqur tahlil qilingan va tashkil qilingan uzluksiz, ya‘ni ta‘limning barcha o‘timlarini qamrab olgan ta‘lim va tarbiya tizimlaridagina mumkin.
Avtomobil yo‘llari va shahar ko‘chalarida harakat xavfsizligini ta’minlash asosiy dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Oxirgi o‘n yil ichida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ularning o‘rtacha bir yillik soni 10-11 ming darajasidan pastga tushmayotganligi, buning natijasida esa respublikamiz fuqarolaridan ikki ming kishi halok bo‘lishi va 10-12 ming inson tan jarohati olishi qayd etilmoqda.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘l tarmoqlarida va avtotransport korxonalarida harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni asosan Transport vazirligiga qarashli turli korxonalar va tashkilotlar mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, Ichki ishlar vazirligiga qarashli “Yo‘l harakati xavfsizlik boshqarmalari” tomonidan amalga oshirilmoqda. E’tirof etish kerakki, respublikamizdagi harakat xavfsizligini ta’minlash uchun faqatgina yuqoridagi tashkilotlar tomonidan olib boriladigan faoliyatlar yetarli emas.
O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2018 yil 19 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq yo‘l harakati xavfsizligini ishonchli ta’minlash sohasida kompleks tashkiliy-amaliy choratadbirlar amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
Transport vositalari tashkilot rahbariyati tomonidan tasdiqlangan texnik sxemalar bo‘yicha saqlash joylariga joylashtirilishi lozim.

- Transport vositalari garaj, boks va naveslar ostida joylashtirilganda transport vositasining yon qismi (kuzovi) va devor (ustun) orasidagi masofa kamida 0,8 m ga teng bo‘lishi lozim. Transport vositasining orqa qismi va devor yoki to‘siq orasidagi masofa kamida 1 m ga teng bo‘lishi lozim.
- Transport vositalari maydonlarda 20 tadan kolonna qilib joylashtirilishi va alohida transport vositalari orasidagi masofani kamida 1 m ga teng bo‘lishi, kolonnalar orasidagi masofa kamida 10 m ga teng bo‘lishi lozim.
- Transport vositalarini saqlash joylaridagi darvozalar balandligi yong‘in o‘chirish avtomobillarning balandligidan kamida 20 sm ortiq bo‘lishi, darvozaning kengligi esa yong‘in o‘chirish avtomobillarning enidan 1,5-2 m kengroq bo‘lishi lozim.
- Transport vositalarini saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan bokslar yong‘inga qarshi devorlar bilan ajratilishi lozim.
- Transport vositalarini saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan bokslar shatakka olish troslar va qattiq buksirlar (har 10 ta transport vositasi uchun 1 ta tros/qattiq buksir) bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur.
- Umumiy to‘xtab turish joylariga yengil alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlar tashuvchi transport vositalarini qo‘yish taqiqlanadi.
- Yengil alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklar tashish uchun mo‘ljallangan transport vositalari maxsus mo‘ljallangan joylarda saqlanishi kerak.
- Transport vositalarini saqlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash uchun mo‘ljallangan joylarda quyidagilar taqiqlanadi:
-transport vositalarini joylashtirilishini buzish, ularning orasidagi masofani kamaytirish;

-transport vositalari saqlanadigan garaj, boks va naveslarning evakuatsiya yo‘llarini, shuningdek maydondagi yong‘inga qarshi asbob-anjomlarga va yong‘inga qarshi suv manbalari tizimiga olib boruvchi yo‘llarni turli materiallar bilan tirband qilish;
-elektr va yoqilg‘i tizimi nosoz bo‘lgan transport vositalarini saqlash;
-yengil alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklarni saqlash (transport vositalarining yoqilg‘i baklaridagi yoqilg‘i, gaz ballon ichidagi gaz bundan mustasno);
-bevosita transport vositasida turgan akkumulyatorlarni zaryadlash;
-dvigatellarni ochiq alanga (gulxan, mash’al, kavsharlash lampalari) bilan qizdirish;
-ish vaqti tugagandan so‘ng transport vositasida moylanib ketgan artish materiallari va maxsus kiyimlarni qoldirish;
-transport vositalariga yoqilg‘i quyish ;

-transport vositasining dvigatelini yoqib ketish;
-kuchlanishi 36 V dan ortiq bo‘lgan ko‘chma yoritqichlardan hamda shlangli uzatma yoritqichlardan foydalanish;
transport vositalarini bo‘yash;
-ishlatilgan neft mahsulotlarining qoldiqlarini kanalizatsiyaga to‘kish.
Download 51.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling