Texnik ijodkorlik faoliyatining bosqichlari


Asosiy qism Bozor munosabatlari sharoitida ijodiy faoliyatning ahamiyati


Download 170.5 Kb.
bet2/11
Sana19.06.2023
Hajmi170.5 Kb.
#1613358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Asosiy qism

  1. Bozor munosabatlari sharoitida ijodiy faoliyatning ahamiyati.

Shaxs sifatlarining shakllanishida oila, atrof–muhit, jamiyat katta rol o‘ynaydi. Ota–onaning mehri, atrofdagilarning mehri, ularning olqishlari bolani mustaqil fikrlashga va mustaqil ish boshlashga ishonchini uyg‘otadi. Ma’naviy-ijodiy usullar shu tariqa o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda eng asosiy rol o‘ynaydi va ushbu usul 3 bosqichda amalga oshiriladi:


a) o‘quvchilarda bilishga qiziqishni uyg‘ota bilish;
b) o‘quvchilarning egallagan bilim va tajribasiga asoslangan holda masala qo‘yish hamda ularga tayanib, masalalarni tahlil qilish;
v) o‘rganish kerak bo‘lgan muammo ustida mustaqil fikr yuritib, xulosa chiqarishga erishish.
Yuqoridagi bosqichlarni amalga oshirish jarayonida talabalar, insonning boy xazinasi uning o‘zida yashiringanligini tushunadilar. Buning uchun o‘qituvchi ulardagi qiziqishni, yashiringan iste’dodni anglay bilishi kerak. Ilm olish, aqlni peshlash, o‘z ustida ishlash, hikmatlarni bilish, kamtarlik, ma’rifatli bo‘lish kabi fazilatlarga faqat mehnat qilish va bilim olish, o‘qib – o‘rganish, hayotni kuzatish orqali erishish mumkin.
O‘quvchilar texnik ijodkorligining pedagogik va psixologik xususiyatlari. Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida ijodiy mehnat bashariyatni olg‘a xarakatlantiruvchi asosiy omil bo‘lib kelgan. Shunday ekan, yosh avlodni ijodiy mehnatga o‘rgatish, uni o‘z zamonasining eng ilg‘or bilimlari bilan qurollantirish barcha davrlarda hamma xalqlar uchun eng dolzarb vazifa hisoblangan.

Texnik ijodkorlikni tashkil qilishda, ikki o‘zaro bog‘liq vazifani e’tiborga olish lozim. Ularning birinchisi, talabalarning ijodkorlik faoliyatida mustaqil fikrlashini rivojlantirish, bilimlarni egallashdagi intiluvchanligi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirilishi bilan, ikkinchisi, o‘zlashtirilgan bilimlarni ta’limda va amaliy faoliyatda mustaqil qo‘llay olishga o‘rgatish bilan belgilanadi.


Texnik ijodkorlik talabalar egallayotgan bilimlarining mustahkamligi va mukammalligini ta’minlash, ularda faol va mustaqil fikrlovchi shaxs xislatlarini shakllantirish, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi faoliyat turi hisoblanadi. Bu holat, ayniqsa, bo‘lajak mehnat va kasb ta’limi o‘qituvchilarining fan asoslarini o‘zlashtirishida, keyinchalik bu jarayonga bevosita rahbarlik qilishda oshirishida, ijodiy ish shakllarini ishlab chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijodkorlikka bo‘lgan ehtiyoj psixofiziologik jihatdan qaralganda, bir nechta bosqichlarda amalga oshadi. Bulardan birinchisi havas - ehtiyojning eng sodda shakli bo‘lib, inson tomonidan ongli boshqariladi. Ikkinchisi, nisbatan yuqoriroq rivojlanish bosqichi bo‘lgan xohish ham inson tomonidan ongli boshqarilib, u shaxsning ma’lum buyum yoki hodisaga nisbatan munosabatlari majmuasini ifodalaydi. Uchinchisi, eng murakkab bosqich bo‘lgan qiziqish, xohish va u bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchalar asosida yuzaga keladi. Qiziqish hayotdagi tashqi ta’sirlar, shaxs faoliyati hamda ta’lim-tarbiya jarayoni ta’sirida shakllanib boradi. Bu holatlar psixologik omillar - diqqat, idrok, tushuncha, xotira, fikrlash, sezgi va iroda xislatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, shaxsning shakllanishida alohida muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 170.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling