Texnik ijodkorlik


Evristik о‘qitishning yо‘nalishlari


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/58
Sana10.11.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1765070
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   58
Bog'liq
texnik ijodkorlik va dizayn sirtqi 7

 
Evristik о‘qitishning yо‘nalishlari.
Evristik о‗qitishni ba‘zida ijodiy faoliyat bilan bog‗lashadi. Lekin uning asosiy uchta 
yо‗nalishi mavjud: 
1.Evristik faoliyat о‗zida ijodiy ta‘limiy mahsulot yetishtirish jarayonlarini qamrab oladi. 
2.Evristik faoliyatni tashkil qiluvchi bilish jarayonlari ijod qilishdagi eng zaruriy jarayon 
hisoblanadi. 
3. Evristik faoliyatda tashkiliy, metodologik, psixologik va boshqa jarayonlar ijodiy va 
bilish faoliyatini ta‘minlaydi. 
Evristik о‗qitishda uning asosiy maqsadi о‗quvchining о‗z-о‗zini ijodiy ta‘minlash 
hisoblanadi. Bu jarayon quyidagicha amalga oshiriladi. 
О‘quvchi loyihalash uchun vazifa oladi. Ammo unga vazifa haqida tayyor bilim berilmaydi. 
О‗quvchi vazifani bajarish uchun turli kо‗rinishdagi loyihalar, gipotezalar tuzadi. Keyin 
о‗qituvchi bilan vazifaning asliga solishtiriladi. Aslining javobi ishlanmasi bilan о‗quvchining 
loyihasi muhokama qilish yо‗li bilan tо‗g‗ri bajarilgan loyiha aniqlanadi. Natijada о‗quvchi 
о‗zining faoliyat imkoniyatini qayta kо‗rib chiqadi va uning shaxsiy qarashida о‗zgarish rо‗y 
beradi. Bu о‗zgarishlar о‗quvchining sezgisida, bilimida, iqtidorida, tajribasi kabilarda namoyon 
bо‗ladi. 
Agar о‗quvchi muhokama natijasidan qoniqmagan bо‗lsa, u hammasini qayta ishlab 
chiqadi, toki qoniqarli natijaga erishmaguncha.
Evristik о‘qitish ochiq vazifa asosiga quriladi. Barcha о‗rganilayotgan mavzu elementlari 
ochiq shakldagi vazifada ifodalanishi mumkin. Masalan, valda aylanma harakat davrida vtulka 
teshigi (hamda valning о‗zi ham) yemirilib ketishini oldini oladigan moslama loyihalansin. Yoki 
mashina va mexanizmdagi biror detal qо‗pol hamda og‗ir qilib ishlangan bо‗lib, u detal ish 
jarayonida mashina ish unumini pasayishiga sabab bо‗layotgan bо‗lsa, uni dizayn asosida qayta 
loyihalansin kabi masalalarning yechimini loyihalashda о‗quvchi о‗z rejasini tuzib chiqadi. 
Evristik о‗qitishda tayyor bilimlarni о‗zlashtirish darajasini emas, ularga о‗quvchining 
qanchalik ijodiy yondoshganligi nazorat qilinadi. О‗quvchining shaxsiy sifatini rivojlanishi, uning 
о‗rganayotgan sohasi bо‗yicha ijodiy yutuqlari hamda ta‘lim standartlaridan qanchalik olg‗a о‗tib 
borayotganligi tekshirilib, unga baho beriladi. 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling