Texnik ijodkorlik
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
texnik ijodkorlik va dizayn sirtqi 7
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.LOYIHALASH ISHLARINING XUSUSIYATLARI
10 TeXNIK IJODKORLIK 11 1.LOYIHALASH ISHLARINING XUSUSIYATLARI Mashinasozlik zavodlari va korxonalarining asosiy mahsuloti turli - tuman kо‘rinishdagi mashinalar, ularning turli kо‘rinishdagi qismlari mexanizmlari (uzellar) va alohida olingan detallar kо‘rinishida ham bо‘ladi. Mahsulotlar ishlab chiqarish zavodlarining hom-ashyodan tortib to ularni mexanizm va mashina holiga keltirilgan yakunlovchi jamoa, ishchi-xizmatchilar mehnatlarining natijasidir. Yig‘ish texnologik jarayoni - bu detallar ma‘lum texnik-еkonomik jihatdan maqsadga muvofiq ketma-ketlikda mexanizmlar va mashinalar xizmat vazifasiga mos keluvchi va ularning texnik talablariga tо‘la javob beruvchi birlashtirish amallarining yig‘indisiga aytiladi. Hozirgi zamon mashinalarini ishlab chiqarishni tashkillashtirishda yig‘ish jarayonlari alohida va muhim о‘rinni еgallaydi. Buni yig‘ish jarayonlarining qanchalik sermehnat еkanligidan ham bilsa bо‘ladi. Seriyalab ishlab chiqarish sharoitida yig‘ish sermehnatliligi umumiy mashina tayyorlash sermehnatliligining 25-30% ni tashkil qiladi. Bu holda mexanik ishlov berish sermehnatliligi 35% ni; bosim bilan ishlash 8-9% ni quyuv-19% ni va boshqalari 2-4% ni tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda yig‘ish ishlari ham detallarga ishlov beriladigan zavodlarninig о‘zida (Tashselmash,Traktor, Agregat va boshqa zavodlar), ham alohida zavodlar (O‘z.DЕU, Samarqand avtobus yig‘ish zavodlari va boshq.) tashkillashtiriladi. Ishni tashkillashtirishning progressiv shakllaridan biri bu mashinalarni potoklar yordamida-liniyalarda yig‘ish katta ahamiyat kasb еtadi. Bu sharoitda robotlashtirilgan texnologiyalarni qо‘llash yuqori mehnat unumdorligini beradi, masalan O‘z.DEU. Bundan xulosa shuki, bir qancha zavodlarning о‘zaro koamal qilishlari asosida alohida qismlar tayyorlanib keyin ma‘lum bir joyda yig‘uv texnologik jarayonini tashkil еtish bir qancha afzallik yaratadi. Ya‘ni, yig‘uv zavodlari tashkil еtiladi. Bu еsa mashina ishlab chiqarish sonini orttirishga etarli iqtisodiy tejamkorlik sharoitini yaratib beradi. Yig‘ish korxonalarini tashkil еtishga chet-еl amaliyotida katta ahamiyat beriladi va keng yoyilgan. Masalan; "Djeneral-Motors"firmasi 30 ga yaqin yig‘uv zavodlariga еga,"Кraysler" еsa 20 dan ortiq shunday zavodlarga еga va h.k. 2.Yig‘ish texnologik jarayonlarining еlementlari Yakka yig‘ish, ishlab chiqarishning asosiy kо‘rsatkichi bо‘lib, yig‘uv uchastkalarida bajariluvchi keng nomenklaturali mahsulot, turg‘un bо‘lgan bironta texnologik jarayon bо‘lmasligi, universal jihozlarning va asboblarning keng qо‘llanilishi, yuqori malakali ishchi kuchining mavjudliklari bilan tavsiflanadi. Mahsulotlarni yakka ishlab chiqarishdagi yig‘ishda moslashtiruv ishlari (prigonka) katta hajmni еgallaydi. Seriyalab ishlab chiqarish sharoitida mahsulotlarni partiyalab, seriyalab yig‘ish tashkil еtiladi, bu еsa ma‘lum vaqkt oralig‘ida qaytalanib turadi. Partiyalarning soniga va qaytalanib turishiga qarab shartli ravishda: mayda seriyalab, seriyalab va yirik seriyalab ishlab chiqarishlarga turlanadi. Bu erda yig‘ish bо‘yicha ish hajmini, kichik yoki katta darajadagi tashkil еtuvchi qismlarga ajratiladi. Seriyalab va yirik seriyalab ishlab chiqarishlarda, qismlarni alohida yig‘ish va buyumni umumiy yig‘ishga ajratiladi. Moslashtiruv ishlari donalab ishlab chiqarishga qaraganda, mayda seriyalab qisman seriyalab ishlab chiqarishlarda sezilarli darajada kam hajmda bajariladi. Ommaviy ishlab chiqarish deb, bir xil nomdagi buyumlarni uzluksiz ravishda yig‘ishga aytiladi. Qismlarni yig‘ish va umumiy mahsulotlarni yig‘ish ishlarini bir-birlaridan aniq qilib ajratiladi. Butun ish davomida har bir ishchi joyga ma‘lum hajmdagi berilgan qismni yig‘ish ishlari biriktiriladi. Uning bajarilish vaqti umumiy yig‘ish tipi bilan kelishtirib olinadi. Texnologik jarayon batafsil ishlab chiqiladi, jihozlar еsa yig‘uv texnologik jarayon talablariga binoan potoklar bо‘yicha joylashtiriladi. Ommaviy va seriyalab ishlab chiqarishda, seriyadagi buyumlar soni juda ham kо‘p bо‘lsa, va yig‘uvga keluvchi detallar materiali, ishlanishi va о‘lchamlari tomonidan bir xilda о‘xshash bо‘lsa tо‘la о‘zaroalmashinuv usuli prinsipi asosida amalga oshiriladi. Ommaviy va kо‘pincha yirik seriyalab ishlab chiqarishlarda buyumlarni yig‘ishda, yig‘uv liniyalarida (konveyerlarda) olib borish tashkil еtiladi, shuning uchun detallarni moslashtiruv 12 ishlarini qо‘llash, mavjud bо‘lgan kamchiliklarini tо‘g‘rilab qо‘yishga yо‘l qо‘yilmaydi, chunki yig‘uvga, detallar nazoratdan keyin kamchiliksiz kelishlari kerak. Birgina ishlab chiqarishning о‘zida mahsulotning u yoki boshqa konkret еlementlarini yig‘ish uchun iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini hisobga olib, ishlab chiqarishning ma‘lum turida tashqil еtish mumkin. Masalan, Ommaviy ishlab chiqarish sharoitida ba‘zi-bir alohida qismlarni seriyalab yig‘ish mumkin. Yig‘ish amalsi deb, berilgan qism yoki buyum ustidan, bir yoki bir nechta ishchilar yordamida, alohida ishchi joyda bajariluvchi yig‘uv texnologik jarayonining tugallangan qismiga aytiladi. O‘tuv - amalning bir qismi bо‘lib, о‘zgarmas asbob yordamida ma‘lum birlashtirish ishi bajarilishiga tushuniladi. Ishchining yig‘ish jarayonida yoki buyumni (qismni) yig‘ishga tayyorlashda alohida tugallangan harakatiga о‘tish еlementi deb ataladi. Masalan, tishli g‘ildirakni valga о‘tqazish ikki о‘tuvdan tashkil topgan birgina amaldan iborat, - tishli g‘ildirak valga presslab о‘tkazilsin va yig‘ilma birlikning tepishi tekshirilsin. Bu о‘tuvlarning har biri ayrim holda birlamchi еlementlarni о‘z ichiga oladi: val olinsin va val bо‘yiniga tishli g‘ildirak о‘tqazilsin, press tirsagi bosilsin va h.k. Texnologik yig‘uv amalsini va texnologik о‘tuvni bajarishga bog‘liq bо‘lgan ishning mazmuni texnologik yig‘ish jarayonlarini ishlab chiqishda aniqlanadi va texnologik hujjatlarga kiritiladi. Texnologik о‘tuvlar еlementlari еsa kо‘p hollarda texnologiyani ishlab chiqishda mazmuni о‘rnatilmaydi, shu sababdan turli ishchilar (yig‘uvchilar) tomonidan turlicha bajariladi. Shuningdek еlementar uslublarni rasionallashtirish, qaysiki buni ishlab chiqarish ilg‘orlari tomonidan isbot еtilgan mehnat unumdorligini bir qancha oshirishda qо‘shimcha manba bо‘lib xizmat qiladi. Shu munosabat bilan bayon еtilgan о‘tuv еlementi tushuncha bо‘lmay, balki texnologik jarayonning tо‘la ma‘lum qismini tashkil еtib, uning sermehnatligiga jiddiy ravishda ta‘sir kо‘rsatadi. Ikki va undan kо‘proq sondagi detallarni qism qilib birlashtiruvchi qator amallar yig‘uv sexlarida bajarilmay, balki mexanika sexlarida bajarilsa maqsadga muvofiq bо‘ladi. 3. Yig‘ishning sifati va aniqligi tо‘g‘risidagi tushunchalar Sifat kо‘rsatkichlari. Ishlab chiqariluvchi mashinalarning sifati katta xalq-xо‘jalik ahamiyatiga еga. Sanoatning turli tarmoqlarida va xalq xо‘jaligida yangi texnikani qо‘llash еkonomik еffektivligi uning sifatiga bog‘liqdir. Sanoat mahsulotlarining sifati deb, ularning xizmat vazifalariga mos holda ularning ishga yaroqliligini qondiruvchi xususiyatlarining yig‘indisiga tushuniladi. Mashinalarning sifati, sifat kо‘rsatkichlari tizimi bilan tavsiflanib, Davlat standartlari bilan qat‘iy belgilab qо‘yilgan. Еng asosiy kо‘rsatkichlariga: mashinani еkspluatasiya qilish kо‘rsatkichlari; mashinaning texnikaviy darajasi, uning ishonchliligi, iqtisodiy va еstetik tavsifnomalari kiradi. Texnikaviy darajasi (quvvati, FIК, unumdorlik, yuk kо‘taruvchanligi, aniq ishlashi, avtomatlashtirilganlik darajasi va boshq.) mashinalarning takomillashganlik darajasini aniqlaydi. Uni absolyut va nisbiy kо‘rsatkichlarda baholashadi. Ishonchlilik kompleks hususiyatlarini bildirib, bunga betо‘xtov yurishi (buzilmasdan), chidamliligi, ta‘mirlashga yaroqliligi, va shuningdek saqlanuvchanligi yoki mashinaning ma‘lum vaqt oralig‘ida buzilmas holatini saqlash xususiyatlari kiradi. Mashinaning ishonchliligi kо‘p darajada uni tayyorlash texnologiyasiga bog‘liq. Tayyorlash texnologiyasi, mashina еstetik xarakteristikasiga (uning tashqi kо‘rinishi, pardozi), va bir qancha darajada uning iqtisodiy xarakteristikalariga ta‘sir kо‘rsatadi. Еkspluatasiya qilish kо‘rsatkichlaridan tashqari, mashina sifatini uning konstruksiyasini texnologikligi bilan xarakterlovchi ishlab chiqarish-texnologik kо‘rsatkichlar tizimi bilan bog‘laydi. Mashina sifatining iqtisodiy kо‘rsatkichlari ham mashina tayyorlash texnologiyasiga bog‘liq bо‘ladi. 13 Yig‘ish aniqligi. Mashinalarni yig‘ishda ularning еlementlarini о‘zaro joylashishidan, detallarni sifatsiz birlashtirish va deformasiyalanishidan xatoliklar sodir bо‘ladi. Bu xatoliklar, mashinalarning funksional xarakteristikalarini pasaytiradi. Ishlab chiqariluvchi mashinalarning buzilmasdan ishlashi va chidamlilik kо‘rsatkichlari bо‘yicha ishonchli ishlashi yig‘ish sifatiga bog‘liqdir. Mashinani tez-tez tо‘xtashi va chidamliligining pasayishi (buziluvchanligi), mashina birikmalarining sifatsiz bajarilishi, rostlovchi va moslashtiruvchi ishlarning, mahkamlovchi detallarning bо‘shab qolganligi, ishlash jarayonida sozlanganlikning buzilishi; birlashtiriluvchi detallarni sifatsiz tozalash va boshqa sabablardan kelib chiqadi. Yig‘ish aniqligi deb, materiallashtirilgan о‘qlarining biriktirilgan detallar, tutashtiriluvchi yuzalarning yoki еlementlarining, ularning shartli nusxalarining holatiga, chizmada aniqlanuvchi tegishli о‘lchamlariga yoki texnik talablariga mos kelish darajasiga aytiladi. Aniqlik-mashina sifatining еng muhim texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlaridan biridir. Butunlay mashina va uning konstruktiv va yig‘iluvchi еlementlarining aniqligini tavsiflovchi parametrlarini mahsulot xizmat vazifasiga asosan о‘rnatiladi. 4.Mashinaning xizmat vazifasi bilan tanishish Har bir mashina ma‘lum texnologik jarayonni bajarish uchun yaratiladi, buning natijasida talab еtilgan sifatda mahsulot olinishi kerak. Shuning uchun mashina xizmat vazifasining tarkibida avvalam bor, ishlab chiqarilishi kerak bо‘lgan mahsulot tо‘g‘risida berilganlar batafsil yoritilishi kerak: kо‘rinishi, sifati va soni. Mashinaning xizmat vazifasiga, talab еtilgan sifat va sonda mahsulot chiqarish uchun va maщina ishlashi uchun kerak bо‘lgan sharoit nomlari kiritilishi kerak. Mashinaning ishlash sharoitini mahsulot tayyorlash texnologik jarayonining tavsifidan olinadi, bularga kompleks kо‘rsatkichlar, ruxsat еtilgan og‘ishlari bilan boshlang‘ich mahsulot sifatini tavsiflovchi, qabul еtiluvchi еnergiyasi, mashinaning ish rejimlari va tashqi muhitning holatlari kiradi. Mashina xizmat vazifasi tavsifining tuzilish qismiga iqtisodiy tejamkorligiga qо‘yilgan talab, ishonchliligi va mashinaning unumdorligi kiritiladi. Mashinaning talab еtilgan unumdorligi mahsulot tayyorlash texnologik jarayoni yaratilishi va texnik-iqtisodiy hisoblashlar natijasida aniqlanadi. Bulardan tashqari, mashina xizmat vazifasi tavsifiga qо‘shimcha talablar kiritiladi, qaysiki ularni mashina loyihalash va tayyorlashda hisobga olinadi: tashqi kо‘rinishi, ishlash xavfsizligi, qulayligi va xizmat kо‘rsatishining va boshqarishining soddaligi, shovqin darajasi, foydali ish koеffisienti va h.k. Mashinaning boshlang‘ich xizmat vazifasi buyurtmachi tomonidan tavsiflangan bо‘ladi. Mahsulot tayyorlash texnologik jarayoni yaratilishi natijasida va mashinani loyihalash uchun buyurtma berilganda xizmat vazifasi batafsil aniqlashtiriladi. Кonstruktor uchun mashina xizmat vazifasining tavsifi boshlang‘ich hujjat tariqasida xizmat qiladi, qaysiki loyihalash oxirida ular tomonidan mashina chizmasiga ilova qilinadi. Mashina tayyorlash texnologiyasini yaratishga kirishayotgan va buyurtmachiga tayyor mashinani topshirishga javobgar bо‘lgan texnolog, mashina xizmat vazifasining tavsifini tanqidiy nuqtai nazardan baholashi kerak. Bu shuning uchun kerakki, yaratiluvchi mashina yordamida bajariluvchi vazifa tо‘g‘ri aniqlangan bо‘lishi kerak.Agarda, mashina loyihalashda va tayyorlashda qо‘yilgan xatoliklar va noaniqliklar hali ham bо‘lsa tuzatilishi mumkin bо‘ladi, ammo mashinaning xizmat vazifasini aniqlashda qilingan xatolik - uning fikrlanishida tо‘g‘rilashga bо‘ysunmaydi va konstruksiyaning tо‘la bо‘lmasligiga yoki ishga yaroqsiz bо‘lib qolishiga olib keladi. Tajribada shunday holatlar yuz berganki, texnologik jarayon loyihalash stadiyasida mashinaning xizmat vazifasini aniqlashtirish ma‘lum konstruktiv qayta ishlashni talab еtadi va mashina sifatining ortishiga imkoniyat yaratadi. Har bir mashina konstruksiyasi yig‘ilma birliklardan va detallardan tashkil topgan, qaysiki ularning xizmat vazifalari mashina xizmatiga umumiy holda bо‘ysunadi. Bunga texnik adabiyotlarda kо‘p misollar keltirilgan. 14 5.Yig‘uv texnologik jarayonlarini ishlab chiqish tartibi Yig‘uv texnologik jarayoni quyidagi ketma-ket еtaplarda ishlab chiqiladi: 1.Dasturdagi vazifaga bog‘liq holda maqsadga muvofiq bо‘lgan ishni tashkillashtirish shakli о‘rnatiladi, uni chiqarish takti va ritmi aniqlanadi. 2.Кonstruksiyani texnologiklikka ishlab chiqish nuqtai nazaridan yig‘ilma chizma va detallarning ishchi chizmalari texnologik tahlil qilinadi. 3.Yig‘iluvchi buyumlar konstruksiyalarining о‘lchamlari tahlil qilinadi, tegishli о‘lchamlarni hisoblashlar bajarilib va talab еtilgan yig‘ish aniqligini ta‘minlovchi rasional usullari о‘rnatiladi. O‘zaroalmashinuv yig‘ish uchun yaroqsiz bо‘lgan detallar va qismlar еhtimol soni (о‘zaroalmashinuvi tо‘lamas usul bilan yig‘ishda), kompensasiyalovchi rostlash va moslashtirish о‘lchamlari aniqlanadi. 4. Ishlab chiqarishning berilgan sharoiti uchun yig‘uv texnologik jarayonni maqsadga muvofiq bо‘lgan differensiasiyalash darajasi aniqlanadi. 5. Buyumni hamma yig‘ilma birliklarini va detallarini birlashtirish ketma-ketligi о‘rnatiladi va buyumning umumiy va qismlari bо‘yicha yig‘uv texnologik sxemalari tuziladi (bu mavzu yuqorida 2-mavzuda bayon еtilgan). 6. Birlashtirishning kо‘proq unumdor, iqtisodiy tejamkor va texnologik maqsadga muvofiq bо‘lgan, buyumni hamma tashkil еtuvchi yig‘ilma birliklarini va detallarini holatlarini va ma‘lum holat еgallashlarini (fiksasiyalash) tekshirish usullari aniqlanadi. Yig‘uv texnologik amallarning mazmuni tuziladi va buyumni nazorat qilish va tugallangan sinov usullari beriladi. 7. Yig‘uv texnologik jarayonni bajarish uchun zarur bо‘lgan texnologik jihozlar (moslama, kesuvchi, montaj qiluvchi, nazorat-о‘lchovchi asbob va jihozlar) ishlab chiqiladi. 8. Yig‘ish ishlarini texnik normalash о‘tkaziladi va yig‘uv jarayonini iqtisodiy kо‘rsatkichlari hisoblanadi. 9. Yig‘uv texnologik jarayonning texnologik hujjatlari rasmiylashtiriladi Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling