Texnik ijodkorlik


Konseptual model ko'rinishi


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/58
Sana10.11.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1765070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
texnik ijodkorlik va dizayn sirtqi 7

Konseptual model ko'rinishi 
Sabab-oqibat ko'rinishdagi modellardan, ko'pincha, ob‘yekt xolatini tushuntirish va 
bashoratlashda foydalaniladi. Mazkur modellar asosan quyidagilarga yo'naltirilgan bo'ladi: 

tadqiq qilinayotgan ob‘yektning tashkil etuvchi elementlar orasidagi asosiy bog'liqliklarni 
aniqlash; 

bir omilni (biror bir xususiyatni) o'zgarishi model komponentlari holatiga ta'sirini 
aniqlash; 

yaxlit holda model qanday ishlashi hamda model tadqiqotchini qiziqtiruvchi parametrlarni 
o'zgarishini (dinamikasini) to'laqonli (mos, adekvat) ifodalab bera olishini tushunish. 
Formal (rasmiy) model deb konseptual modelni bir yoki bir necha formal tillar (masalan, 
matematik nazariya tillari, algoritmlash tillari va shunga o'xshash) orqali ifodalashga aytiladi. 
Gumanitar fanlarda modellashtirish jarayoni, ko'p hollarda, ob‘yektni konseptual modelini 
qurish bilan yakunlanadi. 
Tabiiy fanlarda esa, odatda, formal modelni qurishga muvofaq bo'linadi. Shunday qilib
kognitiv, tarkibiy va formal modellar modellashtirishning 3 ta o'zaro bog'langan bosqichini 
tashkil qiladi (quyidagi chizma). 
Modellashtirish bosqichlarining o'zaro ta'siri modelning potensiallik xossasi bilan 
bog'langan. Ixtiyoriy modelni yaratish tadqiq qilinayotgan ob‘yekt haqida yangi bilimlarni paydo 
bo'lishi bilan bog'liq bo'lib, modellashtirish ob‘yekti bo'yicha qarash va konsepsiyalarni 
aniqlashtirish va qayta baholashga olib keladi. 
Mazkur holat o'z navbatida mos tarkibiy va kognitiv modellarni qayta ko'rib chiqishga olib 
keladi hamda modellashtirishni barcha bosqichlarini spiral rivojlanishini ta'minlab beradi. 
Yuqorida aytib o'tilgandek, matematik modellashtirish belgili modellashtirishning bir 
ko'rinishi bo'lib xisoblanadi. 
Matematik model deganda ob‘yektni kirish qiymatlariga mos chiqish parametrlarini 
qiymatlarini aniqlab beruvchi ixtiyoriy operator tushuniladi, ya'ni 
A:X→Y, X Ω
X, 
Y Ω
X
Ma'lumki, matematik modellashtirish moddiy modellashtirishga nisbatan quyidagicha 
ustunlikga (afzallikga) ega: 

tejamkor; 

gipotetik (xayoliy), ya'ni tabiatda joriy qilinmagan ob‘yektlarni, modellashtirish 
imkoniyati (loyihalashning turli bosqichlarida); 


28 

natural holda joriy qilish murakkab yoki xavfli bo'lgan rejimlarni joriy qilish imkoniyati

vaqt masshtabini o'zgartirish imkoniyati; 

kengqamrovli tahlilning soddaligi; 

bashoratlash sababli umumiy qonuniyatlarni aniqlay olish imkoniyatini kattaligi; 

olib borilayotgan ish texnik va dasturiy ta'minotining universalligi. 
Informatsion model - bu (mazmun mohiyati bo'yicha) ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi 
orqali joriy qilingan avtomatlashtirilgan ma'lumotnomalardir (spravochnik). Bunday modellar 
yordamida ma'lumotlar bazasida mavjud bizga kerakli bo'lgan barcha axborotlarni olish 
imkoniyatiga ega bo'lamiz (albatta, kirish parametrlarining qiymatlariga mos ravishda). Biroq 
bunday modellar yordamida ma'lumotlar bazasida mavjud bo'lmagan yangi bilimlarni hosil qilib 
bo'lmaydi. Shu sababli bunday modellar potensiali nolga teng bo'lgan model bo'lib xisoblanadi. 
Ammo mazkur modellar biror bir, xattoki oddiy bo'lsin, matematik modellar bilan birgalikda 
yangi qonuniyatlarni ochib berishi mumkin bo'lib, tadqiq qilinayotgan jarayonni rivojlanishini 
bashorat qilib berishi imkonini yaratadi. 
Umuman olganda, informatsion modelda kirish-chiqish parametrlar sifatida matematik 
ob‘yektlarni, ma'lumotni qidirish protsedurasini esa qandaydir operator ko'rinishida ifodalash 
mumkin bo'lgani uchun ularni matematik modelni maxsus ko'rinishi deb hisoblash mumkin. 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling