Texnik ijodkorlik


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/58
Sana10.11.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1765070
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58
Bog'liq
texnik ijodkorlik va dizayn sirtqi 7

Gipotezani ilgari surish. Qurilayotgan tizim yangi elementlarini yoki ishlashni yangi 
sharoitlarini aks ettiruvchi parametrlar bo'yicha daliliy ma'lumotlarni yig'ish 
imkoniyati mavjud bo'lmaydi. Bunday parametrlar uchun bo'lishi ularni qabul qilishi mumkin 
bo'lgan qiymatlari haqida qandaydir gipotezalar ilgari suriladi. Biror bir gipotezani ilgari surishda 
shu narsaga e'tibor qaratish lozimki, gipotezani yaratilayotgan tizimni yoki tizimga ta'sir etuvchi 
yangi tashqi ta'sirlarni yaxshi tassavur qila oladigan mutaxassis-ekspertlar berishlari zarur. Agar 
bunday gipotezani ekspertlar guruhi (ayniqsa, bir-biriga bog'liq bo'lmagan ekspertlar guruhi 
bo'lsa) orqali olish imkoni mavjud bo'lsa, u holda yanada yaxshiroq muvofaqqiyatga erishish 
mumkin bo'ladi. Buning natijasida gipotezani sub‘yektga bog'liqlik darajasi ancha kamayadi. 


30 
Biror bir gipotezani ilgari surishda qurmoqchi bo'layotgan tizimga o'xshash yoki uning 
prototiplarini tahlili natijalari orqali ba'zi bir ma'lumotlarga ega bo'lish mumkin bo'ladi. 
Boshlang'ich ma'lumotlarni yig'ish va qayta ishlash ularni klassifikatsiya qilish bilan 
yakunlanadi. Ma'lumotlarni quyidagicha klassifikatsiya qilish mumkin: 

ichki va tashqi; 

o'zgarmas va o'zgaruvchi; 

uzliksiz va diskret; 

chiziqli va chiziqsiz; 

statsionar va nostatsionar

determinirlangan va stoxastik. 
Buning natijasida modellashtirish mobaynida tadqiqiotchi foydalanishi mumkin bo'lgan 
miqdoriy parametr o'zgaruvchilarini o'zgarish chegaralarini, diskret qiymatli o'zgaruvchilarni 
qabul qilishi mumkin bo'lgan qiymatlarni aniqlash imkoniyati tug'iladi. 
3. Umumlashgan matematik model 
Umumlashgan matematik model. Matematik model yaratishning asosini konseptual model va 
boshlang'ich miqdoriy ma'lumotlar tashkil qiladi. Matematik model yaratilayotganda asosiy ikkita 
maqsadga erishish ko'zda tutiladi: 1) tizim tuzilmasi va ishlash tamoyilini bir qiymatli tushunish 
uchun formallashgan tasnifni berish; 2) tizim ishlash jarayonini shunday ko'rinishda ifodalashga 
xarakat qilish lozimki, uni analitik tadqiq qilish imkoniyati mavjud bo'lsin. 
Matematik model yaratishning yagona metodikasini ishlab chiqishning imkoniyati mavjud 
emas. Bunga sabab tizim sinflarining turli tumanligi bo'lib xisoblanadi. Masalan, yuqorida keltirib 
o'tganimizdek, tizimlar: statik yoki dinamik; tuzilmaviy yoki dasturiy boshqaruvga ega; o'zgarmas 
yoki o'zgaruvchan tuzilmali; o'zgarmas (qat'iy) yoki almashinuvchi (qayishqoq) dasturiy 
boshqaruvga ega bo'lishi mumkin. Kiruvchi ta'sirlar va tizimning ichki holatlari xarakterlari 
bo'yicha qaraydigan bo'lsak, u holda: uzliksiz yoki diskret; chiziqli yoki chiziqsiz; statsionar yoki 
nostatsionar; determinirlangan yoki stoxastik tizimlarga ajraladi. 
Tizimning ma'lum bir sinflari uchun tizimning ishlashini tasniflab beruvchi formallashgan 
sxemalar va matematik usullar ishlab chiqilgan, ba'zi bir holatlarda esa, xattoki, analitik 
tadqiqotlarni ham bajarish imkoniyatlari mavjud. 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling