Texnik ijodkorlik


Modelni korrektirovka qilish (to'g'rilash)


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/58
Sana10.11.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1765070
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58
Bog'liq
texnik ijodkorlik va dizayn sirtqi 7

Modelni korrektirovka qilish (to'g'rilash). Agar modelni adekvatligini tekshirish 
mobaynida tizim bilan model orasida ruxsat etilmagan omutanosibliklar aniqlanib qolguday 
bo'lsa, u holda modelni to'g'rilash zarurati paydo bo'ladi. Model korrektirovka qilinayotganda 
quyidagi ko'rinishdagi o'zgarishlar bo'lishi mumkin: 

global; 

lokal; 

parametrik. 
Agar konseptual yoki matematik modelda uslubiy xatolik mavjud bo'lsa, u holda modelga 
global o'zgartirishlar kiritish zarurati paydo bo'ladi. Bunday xatoliklarni yo'qotish natijasida yangi 
model hosil bo'ladi. Lokal ko'rinishdagi o'zgarishlarda esa ba'zi bir parametr yoki algoritmlarni 
aniqlashtiriladi. Ular quyidagicha amalga oshiriladi, masalan, tizim komponentalari va tashqi 
ta'sirlarni yaxshiroq tasniflab beruvchi boshqa modellar bilan almashtirish orqali. Lokal 
o'zgarishlar matematik modelni qisman o'zgartirsada, lekin ba'zi holatlarda dasturiy modelni 
yangilash zarurati paydo bo'ladi. Iloji boricha bunday ko'rinishdagi o'zgarishlarni qilmaslik 
uchun, modellashtirishni maqsadiga erishishda lozim bo'ladigan darajadan ko'ra ko'proq darajada 
detallashtirish (bo'laklash) (tizimni) tavsiya etiladi. 
Parametrik o'zgarishlarga esa kalibrli deb atalmish, ba'zi bir maxsus parametrlarni 
o'zgartirishlar kiradi. 
Modelni korrektirovka qilish strategiyasi quyidagicha bo'lishi lozim: birinchi navbatda global 
o'zgarishlar, ikkinchi navbatda lokal o'zgarishlar va nixoyat oxirgisi parametrik o'zgarishlar. 


32 
Modelni adekvatligini tekshirish va uni korrektirovka qilish bosqichi modelni yaroqlili sohasi 
aniqlash va fiksatsiya qilish bilan yakunlanadi. Yaroqlili sohasi deganda shunday shartlar to'plami 
nazarda tutiladiki, agar mazkur shartlar o'rinli bo'lsa, u holda modellashtirishning natijasi ruxsat 
etilgan oraliqda, ya'ni natijalar tadqiqotchini qanoatlantiradi. 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling