Qurilmalardagi, metall ishlash uskunalardagi, pribor va apparatlardagi kam -
ko'stlarni izlab topish va tuzatish - bu metod ijodiy masalalar yoki topshiriqlar, xayoliy
eksperiment va boshqalar bilan o'zaro bog'langan holda qo'llanadi. Bu xil ishlar xarakterini
aniqlashda o'quvchilarning ijodiy tasavvuri rivojlanadi, sinash metodi bo'yicha sodir bo'ladigan
unumsiz harakatlar va holatlardan qochish imkonini beruvchi faoliyat usuli shakllanadi.
O'quvchilar faoliyatining bu usulini o'zlashtirib olishlari uchun maxsus priborlar, trinajerlar,
izlash programmalari va shu kabilarni ishlab chiqish hamda tayyorlash bilan bog'lik mashqlar
sistemasi kerak.
Xal qilishning yagona varianti mavjud sharoitlarda masalalarni fikran xal qilish eng
qulay - mashqdir. Maqsadga nomuvofiq va nooptimal variantlarni atayin chiqarib tashlash izlash
va buning sabablarini aniq tushunib olish mashqlari ham muhimdir.
3-RASM
O'quvchilar ijodiy tafakkurini o'stirish, ma'ruzalar, suhbatlar, ilmiy maqolalarni o'qish,
mustaqil bajarilgan tadqiqotlar hodisa xisobot yozish, o'quvchilarni ilmiy muammolarni jamoa
bo'lib muhokama qilishga jalb etish, izlanish faoliyati munosabati bilan axborotlar almashish katta
ahamiyatga ega.
Shu metodlarini tanlashda har bir o'quvchining texnik tafakkurini, ijodiy qobiliyatlarini
qanchalik rivojlanishiga yaxshi tasavvur qilishi va oldingi ijodiy ish tajribasini hisobga olishi
kerak.
Buning uchun o'quvchilar ijodiy tayyorgarliklarining besh darajasini aks ettiruvchi
shkaladan foydalanish qulaydir:
1- daraja. O'quvchilar buyumni uning shaklini takomillashtirish yoki detallarni ratsional
joylashtirish va xakozo, maqsadida chizmaga, sxemaga qisman o'zgartirishlar kiritib, berilgan
hujjatlar bo'yicha tayyorlay oladilar.
56
Do'stlaringiz bilan baham: |