Texnik ijodkorlik


Texnik ob'yektlarni konstruktsiyalash


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/58
Sana10.11.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1765070
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   58
Bog'liq
texnik ijodkorlik va dizayn sirtqi 7

 
Texnik ob'yektlarni konstruktsiyalash (modellashtirish) barcha yosh gruppadagi 
o'quvchilar texnik ijodkorligi jarayonida foydalanadigan asosiy metoddir. Bu faqat mehnat 
buyumlarini konstruktsiyalash yoki modellashtirishga doir ijodiy masalani hal qilishga emas, 
balki mazkur ob'ektni texnologik ishlash va tayyorlash zarurligiga ham bog'liqdir. Konstruktorlik 
faoliyatiga texnik bilim va ko'nikmalar, shu faoliyatning ijodiy komponentlari ( fazoviy tasavvur 
va idrok, texnik tafakkur, konstruktorlik zexni),( qo'lni ishlatishdagi) epchillik, mavjud bilimlarni 
ishga solish qobiliyati va boshqalar (ning shakllanishi va rivojlanishi bilan chambarchas bogliq 
jarayon sifatida qarash kerak. Bunda bilimlarni amalda ijodiy qo'llash birinchi o'ringa qo'yiladi. 
Bolalar texnik ijodkorligini tashkil qilishda manipulyator konstruktsiyalash metod - 
ob'ektlarni turli «konstruktorlar» yordamida konstruktsiyalashdan keng foydalaniladi. Bu metod 
1-4 sinf o'quvchilari bilan ishlashda juda muvoffaqiyatli qo'llanadi. Dastlabki bosqichda bu metod 
bolalarni o'zaro aloqa o'rnatishga, detal, uzellar va butun qurilmalarning ishini analiz qilishga 
o'rnatish imkonini beradi. Agar «konstruktorda» bir buyumning turli variantlari konstruktsiyalash 
uchun detallar bo'lsa, o'quvchilar oldiga eng samarali variantni tanlash vazifasini qo'yish mumkin. 
Bu metoddan 5-9 sinflarda ham texnik ob'ektlarni yoki ularning ayrim uzellarini 
modellashtirishda foydalansa bo'ladi. 
Qisqartirilgan ma'lumotli texnik hujjatlarni qo'llash metodlari bolalarda texnik 
tafakkurni o'stiradi. 
O'quvchilarga muayyan elementlari ko'rsatilmagan hujjatlar (chizma, sxema, texnalogik 
karta) berilib, ana shu elementlarni topish tavsiya etiladi. O'quvchi shu elementlarni topgach
buyumni yasashning samarador yo'lini tanlaydi, texnik hujjatga kerakli o'zgartirishlar kiritadi. 
Ijodiy masalani hal qilish usulini mustaqil holda aniqlash, ilgari no'malum bo'lgan, 
ammo loyihalash keyinchalik u yoki bu ob'ektni tayyorlash uchun zarur qonuniyatlarni izlash va 
topish izlanish ijodiy elementlari mavjud vazifalarni hal qilish - texnikadagi ob'ektiv yangilikni 
bilishga qiziqish uyg'otadi, zarur nazariy materialni izlash va o'rganishga undaydi. 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling