Texnik ijodkorlik


QUROQ TIKISH TEXNIKASINI O’RGANISH


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/58
Sana10.11.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1765070
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   58
Bog'liq
texnik ijodkorlik va dizayn sirtqi 7

19.QUROQ TIKISH TEXNIKASINI O’RGANISH 
Quroq- bu bitta buyumda rangi va fakturasi turlicha bo`lgan gazlama qoldiqlarini birlashtirishdir. 
Bu usul bilan yostiq jildlari, ko‘rpa, divan va stul uchun g`iloflar, gilamchalar shuningdek kiyimlar
uchun bezak va to`ldiruvchi detallar tayyorlash mumkin. Quroq texnologiyasida istalgan gazlamadan
ham yangi , ham avval ishlatilgan gazlamadan foydalanish nazarda tutiladi . Yangi gazlamani ishlatishdan
avval 
dekatrovka ( ipak va jun gazlamalarini kirishmaydigan qilish uchun bug‘ yoki qaynoq suv bilan
ishlov berish usuli ) bug‘lash lozim chunki bitta buyumda ikki xil gazlama ishlatilishi natijasida buyum
yuvilgandan so`ng o`z ko`rinishini o`zgartirishi mumkin. 
Avval ishlatilgan gazlama bo`laklarini esa kraxmallash va dazmollash kerak. Paxta tolali gazlama
qoldiqlarini ishlash uchun qulay hisoblanadi , ulardan ushlagich , salfetkalar ,choynak uchun isitgichlar
ko`rpa, gilamcha, yostiq jildlari va hatto kiyimlar ham tayyorlash mumkin .Matoli gazlamalar yumshoq
va egiluvchan bo`ladi ,ularni pannolar tayyorlash uchun ishlatiladi . Shoyi gazlamalarni kraxmallangandan
keyin huddi paxta tolali gazlama qoldiqlaridan tayyorlanadigan buyumlarda ishlatish mumkin . Lekin ular
uzoqqa bormaydi . Agar tayyorlanayotgan buyum uchun turli fakturali gazlama bo`laklarini birlashtirish
shart bo`lmasa uni bir turdagi gazlamadan tayyorlangani yaxshi bo`ladi . 


80 
Ko`p hollarda sidirg`a gazlama bilan turli fakturadagi gazlamalarni birlashtirish yaxshi natijalarni
beradi.
Tikilgan gazlama qoldiqlarining pishiqligini ortirish maqsadida ularning asosga
biriktirish kerak . Asos bo`lib vatin , sintepon yoki qalin zich gazlama xizmat qiladi . Kiyimlarning
qiytiqlaridan bezashda turli xil tesmalar ham qo`llanadi . Ko`pincha naqsh gullari bir xil shaklli va
o`lchami alohida elementlardan iborat bo`ladi . Bichishda qulay bo`lishi uchun karton yoki qattiq 
qog`ozdan shablonlar tayyorlanadi , kartonda kerakli elementni ( kvadrat , uchburchak , oltiburchak ) 
Chok haqqisiz chizib olinadi , so‘ngra hamma tomonidan 0, 5-0,7 santimetr chok haqqini qoldirib 
ikkinchi chiziqni o`tkazamiz, shundan so`ng ichki va tashqi kontur chiziqlari bo`yicha ehtiyotkorlik bilan
qirqiladi . Gazlama bo`ladigan kerakli elementni bichish uchun gazlamaning teskari tomoniga shablonni
qo`yib ham ichki va tashqi , konturlarini qalam bilan chiziladi . Tashqi konturi bo`ylab qirqiladi ichki
konturi bo`ylab esa ikkita detal birlashtirib tikiladi . Qalin gazlamalar yonma yon qo`yilib tutashtirma
chokda tikiladi ,bunig uchun avval detallar chetlarini 2 ta tog`ri chokda so`ngra ikkala detalni egallagan 
holda ularni ― zig-zak ― chokda tikiladi bu holda element uchun chok haqqi qoldirmay bichiladi. 
Quroq texnikasida hamma geometrik naqshlarni uchta guruhga ajratish mumkin . 
1) Uchburchaklar 
2) Amerikancha kvadrat 
3) spiral 
Quroqchilik san‘ati tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsak, bu texnikaning
ildizlarini sharqda topish mumkin . Masalan Yegipetda , ya‘ni Kair shahrining
chekka qishloqlarida bu usul bilan 3000 yil avval tikilgan buyumlar topilgan edi . Quroq tikish
texnikasi bilan yer yuzining barcha burchaklarida ham shug`ullanib kelishgan . Keyinchalik o`rta
ta‘minlangan oilalarda uylar bezatilib va ro`zg`orda mahsulotlar tayyorlanib asta –sekin dunyo bo`ylab
hamma xalqlar orasida tarqalib ketgan va amaliy san‘atga aylangan . 


81 
Bunday bajarilgan ishlar Angliya , Amerika ,Shvesariya, Germaniya , Shvesiya va Avstraliya
muzeylarida joy topgan. O‘rta Osiyoda ham bu san‘at keng rivojlangan. 
Bu san‘at xalq orasida keng tarqalgan . 
Bu san‘at usulida tikilgan buyumlar yuqori didni , go`zallikni , tadbirkorlikni , mehnatsevarlikni
talab qiladi . Bizda bu tikish usuli quroq deb ataladi .Milliy quroqchilik san‘ati bu o`lmas san‘atlardan 
biri. 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling