Texnik ijodkorlik


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/58
Sana10.11.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1765070
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58
Bog'liq
texnik ijodkorlik va dizayn sirtqi 7

To’shamani tamg’alash. Detallarning to‘g‘ri komplektlanishi uchun bo‘rda yoki qalamda yozilgan
talonlar osib yoki yopishtirib, detallar tamg‘alanadi yoki belgilanadi. 
Gazlamalarni bichish. Bu jarayon ikki bosqichda avalga oshiriladi: 
1. EZM-3, EZDM-3 ko‘chma bichish mashinasida to‘shamani qismlarga bo‘lish va yirik detallarni qisman 
qirqib olish; 
2. To‘shamaning alohida qisnlaridan chizma chiziqlariga muvofiq yoki andozalarga muvofiq RL-4 lentali 
bichish mashinasida detallarni qirqib olish va h.k. bunda to‘shamaning bo‘lingan qismlarini statsionar lentali 
mashinaga to‘shama stoli ustida surib, yoki aravachalarda tashib o‘tkaziladi. To‘shamadagi qavatlar bir-biriga 
nisbatan surilib qolmasligi uchun to‘shama qisqichlar bilan puxtalab qo‘yiladi. Bichilgan detallar sifati nazorat 
andazalari ustiga to‘shamaning ustki, o‘rtadagi va ostki qatlamlarini qo‘yib ko‘rib tekshiriladi.


76 
3 - rasm 
4 - rasm 
Ko’chma bichsh mashinalari: 
RL-4 lentali bichish mashinasi 
a-EZM-3 vertikal pichoqli 
b-EZDM-3 disk pichoqli 
Hozirgi kunda katta tikuv korxonalarida detallarni bichish maxsus dasturlar bo‘yicha EHM yordamida 
amalga oshiriladi. Gazlamalarni to‘shash ham maxsus ikkita to‘shash va bichish zonasiga ajratilgan stollarda 
to‘shaladi. To‘shama to‘shash zonasida bajarilgandan so‘ng bichish zonasiga havo bosimi yordamida 
o‘tkaziladi. To‘shamaning ustiga plyonka yopiladi va havo yordamida stolga surib qo‘yiladi va plyonka 
tagidagi havo surib olinib, to‘shama qavatlarini bir – biriga nisbatan siljimaslikka keltiriladi. Bichish 
golovkasining uchi to‘shamaning ma‘lum nuqtasiga o‘rnatiladi. Dastur bo‘yicha pichoqli bichish golofkasi 
detal shaklida trayektoriya bo‘ylab harakat natijasida detallar bichiladi. Detallarga razmer va rostlar bo‘rlama 
namunasi bo‘yicha qo‘lda yozib qo‘yiladi. 
Bichiqlar razmer va rostlar bo‘yicha komplektlanadi va sifati tekshiriladi. Detallar bog‘lamining ustki, 
o‘rtadari va ostki qavatlaridagi detallar sifati nazorat andazalar yordamida tekshiriladi. Tikish vaqtida detallar 
adashib ketmasligi maqsadida nomerlanadi. Detalarni nomerlash qo‘lda yoki mashinada bajarilishi mumkin. 
Qo‘da bo‘r yoki qalam yordamida nomer qo‘yiladi. 68 kl mashinasida nomer yozilgan qog‘oz taloni tikiladi. 
Bundan tashqari ―Meto‖ mashinasida buyoq yordamida nomer qo‘yilishi mumkin. 
Detallar komplekti bog‘lanib bichiqlar omboriga joylanadi. Har bir boq‘lam komplekt uchun yo‘l varag‘i 5 
ta nusxada to‘lg‘iziladi va detallar bog‘lamida biriktiriladi. Yo‘l varag‘ida buyum nomi, artikuli, razmer va 
rosti, bog‘lamdagi buyum soni yoziladi. Bundan tashqari bu sexda yorliqlar, kal‘kulyatsion talonlar nashr 
etiladi va bog‘lam komplektiga biriktiriladi. 

 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling