Texnik ijodkorlik


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/58
Sana10.11.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1765070
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   58
Bog'liq
texnik ijodkorlik va dizayn sirtqi 7

Ketma-ket to’shash usulida, avval bir stolga mo‘ljallangan to‘shamani to‘la bajarib bo‘lib, keyin 
navbatdagi stollarga birin-ketin to‘shaladi. Bunda gazlama to‘plari oxirigacha to‘shalib bitishi kutilmay, bir 
to‘shamadan ortib qolgan qismi keyingi stolga to‘shash uchun olib qo‘yiladi. Bunday usul bilan to‘shashda 
ikki kishidan iborat to‘shovchilar zvenosi bitta stolda baravar ishlaydi. Ular xar qaysi to‘p gazlamadan mazkur 
ro‘shamaga qancha mo‘ljallangan bo‘lsa, shuncha qavat to‘shaydilar, keyin gazlama to‘pini navbatdagi 
to‘shamada ishlatish uchun olib qo‘yadilar va bir to‘shamani tugallagandan keyingina navbatdagisiga o‘tib 
boradilar.
Avzalligi: 
- bichiqchilik sexi satxidan samarali foydalaniladi
- keyingi stollardagi to‘shamalar tayyor bo‘lishi kutilmay, to‘shab bo‘lingan stoldagi to‘shama 
qirqilaveradi. 
Kamchiligi:
- to‘p o‘ramini ochishni ko‘p marta takrorlashdan bitta to‘pni keyingi to‘shamalarda ishlatish uchun bir 
necha marta olib qo‘yiladi, natijada to‘shash jarayoni ancha cho‘zilib ketadi. 
Parallel to’shash usulida xar qaysi gazlama to‘pi oxirigacha bir nechta stolga bir vaqtda to‘shaladi,
to‘shamalar barcha to‘plar to‘shab bo‘lgandan keyin qirqiladi.
Avzalligi: 
- bir to‘p gazlama butunlay tugaguncha to‘shaladi; 
- qancha gazlama sarf bo‘lishini hisoblash imkoniyati tug‘iladi; 
- hisob xaritasiga binoan to‘shash usuli qisqaradi
- to‘qimachilik nuqsonlari anchagina bo‘lgan gazlama to‘plarini ratsional ishlatish uchun imkoniyat 
paydo bo‘ladi.
Gazlamalarni aralash to‘shash usuli parallel va ketma-ket to‘shash usuling ikki yoki undan ortiq marta 
ketma-ket takrorlanishidan iborat.
Gazlamalarni to‘shash jarayonida quyidagi texnik shartlarga rioya qilinadi: 
1.Gazlamaning guli va tuki yo‘nalishiga e‘tibor berish. 
2. Barcha qavatlarning milklarini to‘shamaning bir tomoniga tekislab, bir – biriga to‘g‘ri keltirish. 
3. Gazlama qavatlarini tartibli joylashtirish. 
4. To‘shama oxirida gazlama uchlari tutashgan joylarda gazlamani uzunasiga aniq perpendikulyar qirqish. 
5. Gazlamadagi yo‘l yo‘l yoki katak gulini to‘shamaning hamma qavatlarida ustma-ust bir biriga to‘g‘ri 
keltirish. 
Bichish ishlarini mexanizasiyalash yuzasidan konstruktorlik buyrolarda va tikuv korxonalarida olib 
borilayotgan ishlardan biri - ko‘p qavatli to‘shash stollarini yaratishdir. Bunda stollarning qavatlari ma‘lum 
tartibda o‘rin almashib turadi. Har bir stolning konstruksiyasi ikkita texnologik zonadan iborat, ya‘ni to‘shash 
va bichish zonalari. Tikuvchilik sanoatida bunday stollarda ikki qavatli mexanizasiyalashtirilgan stol
gazlamani to‘shash va bichishga mo‘ljallangan besh qavatli stol va yeti qavatli ANK agregati ko‘proq 
ishkatiladi. 
Ikki qavatli mexanizasiyalashtirilgan stolning konstruksiyasi gazlamalarni faqat ketma-ket usulda
to‘shashga mo‘ljallangan. Ma‘lumki parallel to‘shash usulida hisob kartasida ko‘rsatilgan to‘shamaning 
hammasi bir vaqtda baravar to‘shaladi. Ikki qavatli to‘shash stolida esa to‘shalib bo‘lingan stol qavatida bo‘sh 
stolga gazlama to‘shab turiladi. 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling