Texnik ijodkorlik


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/58
Sana10.11.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1765070
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   58
Bog'liq
texnik ijodkorlik va dizayn sirtqi 7

Yelim uchun mo'yqalam. Masalan, 2-3 ta mo'yqalamga ega bo'lish kerak. Mo'yqalam applikatsiya 
mazmunining katta-kichikligiga bog'liq. Katta hajmdagi applikatsiyaga uchi enli mo'yqalam, mayda detallarga 
esa, kichik mo'yqalamdan foydalanish maqsadga muvofiq. Ish tugagandan so'ng, mo'yqalamni yaxshilab yuvib, 
artib, quritib, mo'yining tuzilishini saqlash uchun mo'yini yuqoriga qilib qo'yish kerak. 
Mo'yqalam qo'ygich - yelim ishlatishda yelimning ortiqchasi surkalib ketmasligi, stolni iflos qilmasligi uchun 
ishlatiladi. 
Qalam, masalan, tasvir konturini chizish uchun oddiy, M va TM (yumshoq, yarim yumshoq) qalam ishlatiladi. 
Ular yaxshi ochilgan bo'lishi lozim. Kontur chizishda ruchka va kimyoviy qalamni ishlatish, mumkin emas. 
Yelim uchun plastmassa idishlar, sopol taqsimchalar tanlanadi. Ishlatib bo'lingandan so'ng tezda yuvib qo'yish 
kerak. 
Applikatsiya mavzuli yoki qirqilgan dekorativ shakllarni asosiy fonda, turli predmetlar yordamida badiiy 
bezash uchun ishlatiladigan xalq amaliy san'atining birturi. Applikatsiyaning o'ziga xos jihatlari mavjud. 
Applikatsiya mashg'ulotlari bolaning tasviriy malakalarini shakllantirishga va ijodiy qobiliyatlarini o'stirishga 
yordam beradi. Applikatsiya o'z ichiga xayolni, tasvirni, go'zallikni ko'ra olish qobiliyatlarini oladi. 
Applikatsiya mashg'ulotlaridan olgan malakalarini bolalar boshqa faoliyatda ham qo'llashlari mumkin. 
Applikatsiya mashg'ulotlarini to'laqonli o'tkazish uchun material va jihozlarni oldindan tayyorlab qo'yish 
muhimdir. 
Applikatsiyani o'rgatish, material bilan tanishish, turli shakllarni qirqa olish malakalarini egallash, ularni 
ma'lum tartibda joylashtirish, obraz va sujetga mos ravishda yopishtirishni talab qiladi. Applikatsiyani o'rgatish 
bolalarning qabul qilish jarayonini o'stirishga asoslanadi. Shakl, hajm, rang, predmetning o'zaro munosabatlari 
haqidagi taassurotlarni boyitish, bolalarni mashg'ulot vaqtida fikrlash va (taassurot) tasavvurni ishlatishga 
yordam beradi. Ammo har bir yosh guruhlarda applikatsiya mashg'ulotlarida qo'llaniladigan ta'limiy usullar 
o'ziga xos xususiyatga egadir. 
Maktabgacha ta'lim muassasasida o'tkaziladigan applikatsiya mashg'ulotlari bolalarda sezish qobiliyatlarining 
rivojlanishiga ta'sir etib, ularni estetik jihatdan tarbiyalashga va ijodiy faolligini shakllantirishga, shuningdek, 
mehnat ko'nikmalarini shakllantirishga va ularda xarakterning irodaviy xususiyatlarini vujudga kelishiga 
yordam beradi. Applikatsiya mashg'uloti jarayonida bola rang va uning jilosi (ottenkasi) bilan tanishadi, mashq 
qiladi, shakl va predmetning tuzilishini bilishga o'rganadi. Ritm va simmetriya haqidagi tushunchalari kengayib 
borib, qog'oz varag'ida mo'ljallay olishga o'rganadi. Bolalar applikatsiya faoliyatida rang va uning uygunlashuvi 
bilan juda ko'p marta mashq qiladilar, shuning uchun ular ko'plab rang va uning uyg'unlashuvini tezda esda 
saqlab qoladilar va bir-biridan ajrata oladilar. 
Qog‘ozdan applikatsiya nafaqat qiziqarli, balki bolalar rivojlanishi uchun har tomonlama foydali 
hamdir. 
Applikatsiya mashg‘ulotlari kichkintoyda o‘zini baholashni, o‘z imkoniyati va kuchiga ishonishni ham 
oshiradi. Fantaziya va ijod ranglarni idrok qilish, mayda qo‘l motorikasini rivojlantiradi. 
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar applikatsiyaning barcha jarayonlarini o‘zlashtirib olishlari 
lozim. Bu jarayonga tayyorgarlik mashg‘ulotlari sifatida mozaika bilan o‘yinlar kiradi. Ular yordamida 
bolalar tayyor geometrik shakllarni yoyib, ularning o‘ziga xosliklari rangi va joylashish uslubi, naqsh 
yaratish usullari bilan tanishadilar. Applikatsiya jarayonini o‘zlashtirish yopishtirmasdan shunchaki 
qirqish
ga ham o‘rgatadi. Masalan, bolalar qaychidan foydalanishni o‘rganishadi. Qog‘ozni qirqib 
undan o‘yin uchun bilet va do‘kondan narsa olishga pullar, bayram uchun turli rangli bayroqchalar 
tayyorlaydilar. Maktabgacha ta’lim muassasalarida applikatsiya ishlarining tayyor shakllarni 
yopishtirish va shakllarni qirqib yopishtirish kabi turlari ham qo‘llaniladi. Kichkintoylar shakllarni 
bo‘laklab yoki siluet shaklida qirqib olishlari ham mumkin. Shunga ko‘ra, buyumning ko‘rinishini 
alohida bo‘laklardan yaratish oson bo‘ladi. Siluet tasvirlarni qirqish maktabgacha yoshdagi bolalar 
uchun qulay va oson usuldir. Lekin siluet ko‘rinishida katta shakllarni qirqish esa faqat tayyorlov 
guruhlari uchun mo‘ljallangan. 
Applikatsiya bolalarda turli materiallar va ularning o‘ziga xosliklari bilan tanishish, fantaziya, tasavvur, 
ijodiy qobiliyatlar rivojlanishi uchun katta imkoniyatlarga ega. Naqshlarni tayyor geometrik yoki 
o‘simlik shakllaridan tashkil qilish mumkin. Tayyor shakllarni dekorativ ishlarda qo‘llash bolalarga 
naqsh elementlarini ritmik ketma-ketligida tanlashda, diqqatni jamlashda yordam beradi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning applikatsiya mashg‘ulotlarida olgan malakalari kelgusida 
konstruksiyalashtirishda va archa o‘yinchoqlarini yasashida, turli dekorativ bezaklarni qilishda 


66 
ishlatishlari mumkin. Shuni aytib o‘tish kerakki, ba’zida qirqilgan shakllar xonani bezatish uchun 
ishlatilavermaydi. Masalan, qo
g‘oz sochiqlar, to‘rlar tokchalarni bezatish uchun, rang-barang shakllar 
esa oynani bezatish uchun va h.k. Mato, jun va teri qiyqimlari kiyimni bezatishda, panno qilinganda 
ishlatiladi. Ba’zida qirqilgan shakllar fonga butunlay yopishtirilmaydi. Masalan, gulbarglar 
applikatsiyasini ishlashda ularning o‘rtasigina yopishtiriladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar ijodi uchun applikatsiya sodda va oson bo‘lishi kerak. Kichkintoylar 
tayyor berilgan shakllardan kompozitsiya tuzishlarida qiyinchilik tug‘ilmasligi lozim. Shu tarzda 
applikatsiya mashg‘ulotlari bir tomondan tasvirlashdagi faolligi shakllanishiga, boshqa tomondan esa 
bolalarda ijodiy qobiliyatlar rivojlanishiga yordam berishi kerak.
Tasviriy faoliyat bo'yicha maktabgacha ta'lim muassasasi dasturi va maktabda tasviriy san'at dasturi 
bolalarda tevarak-atrofga nisbatan estetik munosabatni tarbiyalash, ijodiy qobiliyat va badiiy tasvirlarni 
rivojlantirishni ko'zda tutadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi mashg'ulotlarida, maktabda muvaffaqiyatli o'qib 
ketishlari uchun zarur bo'lgan vazifalar hal etiladi. Rasm, applikatsiya, loy ishlari jarayonida bolalarda fikr 
yuritishning tahlil, sintez, takrorlash, aniqlashtirish kabi jihatlari shakllanadi. Shuningdek, bu jarayonlarda 
bolalar jamoada ishlashga, o'z harakatini o'rtoqlarining harakatiga bo'ysindirishga o'rganadilar. Bolalar 
bog'chasida tasviriy faoliyat mashg'ulotlari bolalarda, o'quv faoliyatida zarur bo'lgan malaka va ko'nikmalarni 
shakllantiradi. 
Bunday malaka va ko'nikmalarga: topshiriqni tinglash va yodda tutish, ma'lum vaqt orasida bajarish, o'z ishini 
rejalashtirish va baholash, boshlangan ishni oxiriga etkazish, xato va kamchiliklarini topish va uni tuzatish
material, ish qurollari va ish joyini tartibli saqlash va boshqalar kiradi. 
Pedagoglarning olib borgan tekshirishlari shuni ko'rsatadiki, bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiyaning bunday 
tuzimi bolalarni maktabga tayyorlashga katta ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, psixologlardan E.A.Labunskiy va 
boshqalar tomonidan maktab o'quvchilarining tasviriy faoliyatini o'rganish jarayonlari shuni ko'rsatib o'tadiki, 
maktabda tasviriy san'at darslarining tuzilishi, bolalar bog'chasida olgan bilim, malaka va ko'nikmalari asosida, 
ularni hisobga olgan holda tashkil etiladi. 
Maktabgacha ta'lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida bolalar asosan amaliy ish bajaradilar, 
san'at asarlari bilan rasmga qarab hikoya qilish, kitobdagi illustratsiyalarni ko'rib chiqish jarayonida 
tanishadilar. Maktabda tasviriy san'atning turlari - rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik va dekorativ san'at 
asarlari bilan yanada chuqurroq tanishadilar. Maktabgacha ta'lim muassasasida tasviriy faoliyal mashg'ulotlari 
xilma-xildir. Masalan, rasm, mazmunli dekorativ va loy applikatsiya mashg'ulotlari. Maktabgacha ta'lim 
muassasalarida barcha mashg'ulotlarga katta ahamiyat beriladi. Maktabda esa tasviriy san'at darslarida rasm 
(naturaga qarab) mavzu asosida va dekorativ turlari o'tkaziladi. Bunda predmetli rasm bo'yicha naturaga qarab 
rasm chizish o'quv predmeti alohida ahamiyatga ega bo'ladi. Loy applikatsiya, qurish-yasash bo'yicha amaliy 
ishlar maktabda qo'l mexnatiga kiritiladi. Boshlang'ich sinf tasviriy san'at dasturining tahlili shuni ko'rsatadiki, 
predmetli, rasm bo'yicha o'quv vazifalari ancha murakkab tarzda kiritilishidan tashqari, bolalar bog'cha dasturi 
bo'yicha ayrim takrorlash ishlari kiritildi. 1-sinfda bolalar doira, kvadrat, to'rtburchak, oval kabi tuzilishga ega 
bo'lgan predmetlarni aniqlashga o'rganadilar, bog'chada bolalar oldiga qo'yilgan vazifa rasm chizish texnikasini 
egallashdir. Bunga sabab, hamma bolalar bog'chadan maktabga kelmaydilar va shu bois bolalar bilan ishni 
maktabga kelguncha, tayyorlov guruhda olgan bilimlardan boshlash lozim. Mavzu asosida rasm chizish 
maktabgacha ta'lim muassasasida o'tkaziladigan mazmunli rasmning davomi sifatida o'tkaziladi. Bolalar 
tevarak-atrofdagi hodisa va predmetlarni kuzatib, ko'rib chiqadilar, so'ng xotiralariga asoslanib, ularni 
chizadilar. O'quvchilar ob'ektlar o'rtasidagi mazmunli bog'lanishlarda uzoqdagi predmetlarni kichiklashtirib 
tasvirlaydilar. Dekorativ rasm bo'yicha maktabda texnik tartibga doir vazifalar qo'yiladi, ya'ni naqsh tuzilishi 
ketma-ketligida tasviri bilan birgalikda, yordamchi chiziqlardan foydalanish va o'z ixtiyorlari bilan xalq amaliy-
dekorativ san'at elementlaridan foydalanish va san'at haqida o'tkaziladigan dars-suhbat jarayonida o'rganadilar. 
Bolalarni tasviriy san'atga o'rgatish metodlari bolalarning xususiyatlarini hisobga olgan holda olib boriladi. 
Katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar va kichik o'quvchilarning ish xususiyatlari o'rtasida ancha yaqinlik 
bor. Shuning uchun u yoki bularni o'rgatish metodikasi o'rtasida ham ko'p o'xshashlik bor. Maktabda 
o'qituvchining rasmini ba'zi bir elementini ko'rsatish va shu jarayonida tushuntirish tarbiyachining ish usullarini 
ko'rsatib berishga yaqin turadi. Maktabda ishning ketma-ketligi tartibli ko'rinishda bo'ladi. Agar 
tasvirlanayotgan predmetning tuzilishi sodda bo'lsa, tartib tushuntirilgandan so'ng, o'chirib tashlanadi. Agar 
murakkab tuzilishga ega bo'lgan predmet tasvirlansa, o'qituvchining doskada ko'rsatib berishi bilan ketma-ket 
tasvirlanadi. O'qituvchi predmetning umumiy konturini qalamning uchi bilan yengilgina belgilab chiqadi 
hamda uning kengligini, balandligini ham ko'rsatadi. So'ng o'quvchi predmetining xomaki rasmi bilan naturani 
solishtirib, uning qismlarini, shaklini aniqlaydi, tuzatadi. Ish jarayonida ko'rsatish va tahlil qilish uchun rasmlar 


67 
to'plarni, bolalar kitobchalaridagi rangli rasmlar, shuningdek, o'quv xarakteriga ega bo'lgan alohida rasmlardan 
foydalanadi. Rasm bo'yicha o'tkaziladigan har bir dars o'qituvchining suhbatidan va rasmni nimadan boshlash 
kerakligini tushuntirishdan boshlanadi. Ishning amaliy bajarilishiga o'tishda o'qituvchi bolalarning tartibli 
ravishda chizish qoida va yo'llarni eslatib turadi. Katta bog'cha yoshidagi bolalar va kichik maktab 
o'quvchilarining ishiga yoki rasmiga qo'yilgan talablar bir-biriga juda yaqin. Bolalar ishini tahlil qilishda 
diqqatni predmet proportsiyasi, konstniksiyasi, qismlarining bog'liqligi, rang va kompozitsion tuzilishiga tortish 
lozim. Shunday qilib, boshlang'ich sinflarda ta'lim-tarbiya masalalarining muvaffaqiyatli hal etilishi, bolalar 
bog'chasida olib boriladigan tasviriy faoliyati mashg'ulotlari bilan uzviy ravishda olib boriladi. Bolalarni 
maktabga tayyorlash maktabgacha ta'lim muassasasida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasasida 
katta guruhdagi kuzatishlar bo'yicha rasm chizishga katta e'tibor beriladi, chunki bu narsa bolalarni naturaga 
qarab rasm chizishga tayyorlashda dastlabki bosqich hisoblanadi. Bu narsa bolalarda ko'rish xotirasini 
rivojlantiradi, ba'zida predmet bolalarda natura sifatida to'g'ri tasvirga yordam beradi. Bolalar guruhdagi olib 
boriladigan tasviriy faoliyati mashg'ulotlarida, qalamdan, mo'yqalamdan erkin foydalanishga o'z xarakterini va 
qo'l kuchini idora etishga o'rganadilar. 
Tashlandiq materiallardan unumli foydalanish 
Tashlandiq materiallarga esa bo‘shagan qutilar - choy qutisi, gugurt, dorivorlar, poyafzal qutilari,
bo‘shagan ip g‘altaklari, tuxum po‘chog‘i, (butun va maydalangan holda), krem yoki tish pastasinig
bo‘shagan g‘ilofi, telefon simlari, gazlama va ip bo‘lagi, kanop, sut maxsulotlarining idish qopqog‘i
va boshqalar kiradi. Tabiiy va tashlandiq materillar bilan ishlash darslari o‘quvchilarning ijodkorlik va
konstruktorlik qobiliyatini o‘stiradi, oldingi olingan malaka va ko‘nikmalarni mustahkamlaydi,
tejamkorlikka o‘rgatadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bu darslarni o‘zimizning mahalliy va tabiiy
sharoitimizga moslab, ya'ni iqlimi, geografik o‘rni tabiati, xalq amaliy san'ati ishlab chiqarish sanoati
turiga qarab mo‘ljallab o‘tishi lozim. Masalan, qishloq sharoitida somondan, chigitdan, makkajo‘xori
so‘tasidan, xar xil urug‘ va maysalardan, shahar sharoitida esa to‘quvchilik, tikuvchilik, yog‘ochsozlik
ishlab chiqarish sanoatlari korxonasi bor joylarda chiqindi ip bo‘laklaridan, tolalardan, yog‘och va
gazlama bo‘laklaridan, qipiqdan, egiluvchan simlardan foydalanib buyumlar yasashni o‘rgatish mumkin.
Mehnat jarayonida o‘quvchilar oldingi darslarda olingan umummehnat malakalaridan (bukish, qirqish,
biriktirish, bezash) foydalanadilar, o‘z mehnatlarini rejalashtirish, tashkil etish usullarini o‘rganadilar.
Darslarda ayniqsa ertak, hikoya, asar qahramonlarini va personajlarni tasvirlab buyumlar yasash
o‘quvchilarni mustaqil ijod qilishga undaydi. Bu darslarni tabiatshunoslik, o‘qish, tasviriy san‘at, sinfdan
tashqari o‘qish darslari bilan bog‘lab o‘tish tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ertak qahramonlari tasvirlangan
buyumlarni o‘qish darsi uchun ko‘rgazmali qurol sifatida, urug‘ va maysalardan yasalgan apliksiya-
lardan tabiatshunoslik darslarida foydalanish mumkin. Tabiiy materiallarga ishlov berishda, har xil
shakllar hosil qilishda plastilin ham ishlatiladi. 
O‘quvchilarning badiiy ijodiyotini rivojlantirish uchun "Ertaklar olamiga sayohat", "Men sevgan
qahramon", "Men nimaga qodirman" kabi erkin mavzularda dars o‘tish mumkin. O‘quvchi bunda bir-
biriga o‘xshamay-digan har xil qahramonlar bilan tanishadi, har bir o‘quvchi o‘zining mahoratini
namoyish qilish bilan birga o‘zining ichki kechinmalarini ham o‘zi yasagan buyumda namoyon qilib,
ifodalaydi. Tabiiy materiallarni darsdan bo‘sh paytlarda va ekskursiyalarda o‘qituvchi rahbarligida to‘p 
lash mumkin. Mahalliy tabiiy materiallar to‘plashda ular haqida ma'lumot berib, qaysi turga, oilaga
mosligini gapirib, o‘quvchilarning tabiatshunoslik fanidan olgan bilimlari mustahkamlab boriladi.
Masalan chigitdan applikatsiya tayyorlashdan oldin o‘quvchilarga "Paxta - boyligimiz", somon
to‘plashdan oldin "Oltin boshoq", ―Non - rizq-ro‘zimiz" loy bilan ishlashda "Kulolchilik haqida" kabi
mavzularda suhbat o‘tkaziladi. Suhbat jarayonida o‘quvchilarning tabiiy material haqidagi tasavvuri
kengaytirib borib, ularning fizikaviy, mexanik va texnologik xususitlari haqidagi bilimlari kengayib
rivoglainib boradi, har xil tajribalar o‘tkazadilar, buyumlarga estetik bezak beriah va har xil uskunalar
(ombur, arracha, bolg‘acha) bilan ishlash ko‘nikmalari tarkib topa boradi. Badiiy-ijodiy yo‘nalishdagi
mashg‘ulotlarni tashkil qilinishi bolalarni chiroyli, bejirim buyumlarni yasashga o‘rgatishdan tashqari,
ularni mustaqil fikrlashga, o‘z fantaziyasini namoyon qilishga ham undaydi, estetik zavq bag‘ishlaydi,
o‘z ishini va jamoa ishini rejalashtirishga o‘rgatadi. Buyumlarni loyihalarkan, bolalar unga biror bir
yangilik kiritishga, uni uzoq saqlanadigan qilib yasashga, ijodiy izlanishga harakat qiladilar. Mahalliy
sharoitimizdagi tabiiy va tashlachdiq materiallar bilan ishlash darslari tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Qog‘oz va karton gazlama, plastilinni ota-onalar sotib olib bersa, tabiiy va tashlandiq, materiallarni
o‘quvchilarning o‘zi yig‘ishga harakat qiladi, istirohat bog‘ida daryo yoqasida, ko‘chada, dalada,
o‘rmonda, umuman tabiat quchog‘ida yurganda ham, uyda ham o‘qituvchi ko‘rsatmasiga binoan bu


68 
materiallarni to‘plab yuradilar. Tabiiy materiallar yig‘ishda o‘quvchilar diqqatini tabiatni asrashga, daraxt
va butalarni sindirmaslikni, polizlardagi ekinlarni payxon qilmaslikni ogohlantiriladi. 
Tashlandiq materiallarni yig‘ib borish haqida bir necha kun oldin ogohlantiriladi. Yil davomida yig‘ish
uchun o‘qituvchi sinfxonasida maxsus quti qo‘yib "Tashlandiq materiallar uchun" deb yoziladi. 
Bu qutiga o‘quvchilar o‘qituvchi ko‘rsatmasiga binoan bo‘shagan ip g‘altaklari, qutilari, ip va gazlama
bo‘laklari va boshqa tashlandiq ma-teriallarni tashlab qo‘yaveradilar. Natijada o‘quvchilar tejamkorlikka
va tozalikka o‘rganadilar, ta'lim va turmush uchun zarur bo‘lgan buyumlar yasash jarayonida o‘z
mexnatlarining qadr-qimmatini biladilar. Quyida mehnat darslarida mahalliy sharoitdagi tabiiy va
tashlandiq materiallar bilan ishlash, ularga ishlov berish kabi ko‘nikma va malakalarni hosil qilish
usullarini ko‘rsatishga harakat qilamiz. 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling