Texnik ijodkorlik


Munchoq bilan bezashda amal qilish lozim bo‘lgan texnika xavfsizligi qoidalari


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/58
Sana10.11.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1765070
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58
Bog'liq
texnik ijodkorlik va dizayn sirtqi 7

Munchoq bilan bezashda amal qilish lozim bo‘lgan texnika xavfsizligi qoidalari.
 
1. Umumiy xavfsizlik talablari 


85 
1. Sanchuvchi, kesuvchi asboblar va moslamalar bilan ishlashga xavfsizlik texnikasi qoidalarini va elektr 
moslamalardan foydalanish qoidalarini o‗rgangan o‗smirlarga ruxsat etiladi. 
2. Mashg‗ulotlarda faqat pedagog topshirgan vazifani bajarish kerak. 
3. Ishni bajarishda avval asboblar va moslamalarning sozligiga ishonch hosil qilish kerak. Barcha nosozliklar 
haqida pedagogni xabardor qilish va nosozliklar bartaraf etilmaguncha ishga kirmaslik kerak. 
4. Dazmol va tok o‗tkazadigan buyumlar bilan ishlanadigan, ishlarni faqat pedagog bajarishi kerak. 
5. Tok o‗tkazuvchi buyumlar ishlab turgan paytda uni tozalash, moylash va ta‘mirlashga ruxsat etilmaydi. 
6. Munchoq bilan tikishda ishlatiladigan asbob va anjomlarni ular uchun ajratilgan joylarda saqlash kerak. 
2.Ish jarayonidagi xavfsizlik talablari 
1. Sanchuvchi va kesuvchi ashyolarnining uchini o‗zidan chetga qaratib uzatish, stol ustida uchini o‗zidan 
teskari qaratib joylashtirish kerak. 
2. Sirkul va qaychi bilan ishlashda ularni ochiq holatda qoldirmaslik, uchini yuqoriga qaratib ushlamaslik 
kerak. 
3. Pichoq, bigiz, qaychi va boshqa o‗tkir tig‗li anjomlarning uchini o‗zidan teskari tomonga qaratish kerak. 
4. Mashg‗ulot jarayonida anjomlar bilan ishlash tartibiga rioya etish qattiq talab etiladi. 
5. Igna bilan ishlashda angishvonadan foydalanish kerak. 
6. Tikish paytida zanglagan va qiyshiq ignadan foydalanmaslik zarur. 
7. Igna va to‗g‗nag‗ichni kiyim va tasodifiy narsalarga qadash, mumkin emas. 
8. Igna va to‗g‗nag‗ichni maxsus idishda saqlash lozim. 
9. Igna, ip, turli munchoqlar va tugmalarni og‗izga olish mumkin emas. 
10. Ipni tish bilan uzish mumkin emas. 
11. Tikish paytida qo‗llarni muallaq holatda tutish, to‗g‗ri o‗tirish va tikilayotgan narsani ko‗zga yaqin olib 
kelish mumkin emas. 
12. Qaychini ish paytida tutqichini o‗ziga qaratgan holda o‗ng tomonga tutish kerak. 
13. Qaychi tig‗lari ishlamayotgan paytda doimo berk holatda bo‗lish kerak. 
14. Qaychi tig‗lari o‗tkir qilib charxlangan bo‗lishi kerak. 
15. Qaychini tutqichini oldinga qaratib, tig‗lari yopiq holatda uzatish kerak. 
16. Yura turib kesish, tikish, munchoq bilan tikishda ishlatiladigan anjomlardan foydalanish qat‘iyan man 
etiladi. 
17. Qaychi bilan ishlashda kesish yo‗nalishini va materialni tutib turgan chap qo‗l barmoqlarini kuzatish kerak. 
18. Munchoq bilan tikishda elim, leska, simlar qirrali munchoqlar, biser pistoleti uchun ishlatiladigan elim va 
alebasterdan foydalanishda ehtiyotkorlik talab etiladi. 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling