Texnik ijodkorlik va dizayn fanidan


Sanoat mulki sub’ektining muallifi


Download 0.56 Mb.
bet21/47
Sana23.12.2022
Hajmi0.56 Mb.
#1046218
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47
Bog'liq
1.15.2020Техник ижод. ва диз.

Sanoat mulki sub’ektining muallifi. Sanoat mulki ob’ektini shaxsiy ijodiy mehnati bilan yaratgan jismoniy shaxs bu ob’ektning muallifi deb e’tirof etiladi.
Basharti, sanoat mulkining ob’ekti bir necha jismoniy shaxsning birgalikda ijodiy mehnati asosida yaratilgan bo‘lib, ular o‘rtasida tuzilgan shartnomada o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ularning barchasi bu ob’ektning teng huquqli muallifi deb e’tirof etiladi.
Mualliflik huquqiy begonalashtirilmaydigan shaxsiy huquq bo‘lib, qonun bilan muhofaza qilinadi.
Patent egasi. Sanoat mulkining ob’ektiga patent va dastlabki patent yoki guvohnoma quyidagilarga beriladi:

  • sanoat mulki ob’ektining muallifiga yoki uning merosxo‘riga:

  • muallif yoki uning huquqiy vorisi tomonidan patent, dastlabki patent yoki guvohnomaga oid talabnomada yoki sanoat mulki ob’ekti Patent idorasida ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar topshirilgan arizada ko‘rsatilgan jismoniy va yuridik shaxslarga (ular roziligi sharti bilan):

  • mazkur modda nazarda tutulgan hollarda ish beruvchiga.

Xizmatchi o‘z xizmat vazifasini, ish beruvchidan olgan aniq bir topshiriqni bajarish bilan bog‘liq tarzda yoki korxonaning ixtisosiga doir texnik bilimlar yordamida yaratgan sanoat mulki huquqiga ish beruvchiga ega bo‘ladi. Sanoat mulki ob’ektiga bo‘lgan huquqni o‘zgacha o‘tkazash muallif va ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan rasmiylashtiriladi.
Basharti ish beruvchi sanoat mulki ob’ekti yaratilganligi haqida muallif ma’lum qilgan sanadan e’tiboran to‘rt oy mobaynida Patent idorasiga talabnoma topshirmasa, talabnoma topshirish huquqini o‘zga shaxsga o‘tkazmasa, muallif talabnoma topshirish va patent, dastlabki patent yoki guvohnomani o‘z nomiga olish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda ish beruvchi sanoat mulkining tegishli ob’ektidan o‘z korxonasida patent egasiga shartnomada belgilanadigan tovon pulini to‘lagan holda foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.
Ish beruvchi tomonidan sanoat mulki ob’ekti maxfiy saqlanadigan bo‘lsa, u muallifga mutanosib miqdorda haq to‘lash shart, haq miqdori shartnoma asosida belgilanib, mutlaq litsenziyaning bozor narxidan kam bo‘lmasligi lozim.
Patent egasi patent, dastlabki patent yoki guvohnoma bilan muxofaza qilinadigan sanoat mulki ob’ektidan foydalanib huquqini har qanday jismoniy yoki yuridik shaxsga berish mumkin.
Sanoat mulki ob’ektiga oid patent, dastlabki patent yoki guvohnoma, shuningdek uni olish huquqi meros bo‘yicha o‘tadi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling