Texnik ijodkorlik va dizayn fanidan


Ratsionalizatorlik taklifi tushunchasi


Download 0.56 Mb.
bet19/47
Sana23.12.2022
Hajmi0.56 Mb.
#1046218
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47
Bog'liq
1.15.2020Техник ижод. ва диз.

3. Ratsionalizatorlik taklifi tushunchasi.
Ratsionalizatorlik takliflari – bu xalq xo‘jaligining tarmoqlarida yangi va foydali texnik vazifalarni yechishga, ya’ni mahsulotning loyihasini ishlab chiqarish texnologiyasini, foydalanilmayotgan texnikani yoki materiallarning xossasini o‘zgartirishga qaratilgan bo‘ladi. Ratsionalizatorlik ko‘p qirrali muammo bo‘lib, ko‘proq iqtisodiy masalalarni xal etishga qaratilgan. Ratsionalizatorlik fikrlar ma’lum talabalarga javob berishi kerak: birinchidan, texnik yechimga ega bo‘lishi, ikkinchidan, yangilik bo‘lishi uchinchidan foydali bo‘lishi kerak.
Ratsionalizatorlik fikrlar maxsus blankada ariza sifatida beriladi. Ratsionalizatorlik fikrlar qaysi korxonaga tegishli bo‘lsa shu korxonaning Ixtirochi va ratsionalizatorlar jamiyatiga ariza beriladi. Agarda fikrlar boshqa korxonalarga tegishli bo‘lsa vazirlikka beriladi va ro‘yxatga olinadi.
4. Patent hujjatlari. Patent axboroti.
Ilmiy-texnik taraqqiyotning o‘sishi ko‘p va murakkab bilimlar va axborotlarga bog‘liq. Xalq xo‘jaligining barcha sohalari bo‘yicha har yil yangiliklar soni birqancha ko‘payadi. Zarur bo‘lgan axborotlarni yig‘ish juda murakkab ish. Shuning uchun xozirgi kunda tabiatni bilishga oid bilimlardan tashqari, bu bilimlardan insonning o‘zi foydalanishi katta ahamiyatga ega. Hozirgi davrda kashf etilgan yangiliklar bo‘yicha axborotlar saqlash, ishlov berish va xodimlarga yetkazish yo‘llari qidirilmoqda, har bir davlatda ilmiy-texnik axborotlar bo‘yicha maxsus tashkilotlar tuzilgan ularning vazifasi fan, texnika va ishlab chiqarishni rivojlantirishga omil bo‘lib xisoblanadi.
Patent hujjatlari – bu shunday hujjatlar yig‘indisi bo‘lib, unda: ilmiy-texnik tajribalar va loyiha konstruktorlik ishlanmalarning mazmuni kashf qilinganligi, foydali modeli hamda kashfiyotchining huquqini himoya qiluvchi ma’lumotlar bo‘lishi kerak. Shu bilan birgalikda model, maket, korxona masulotini ro‘yxatga olinganligi haqida guvohnomalar va mualliflik diplomlari bo‘lishi kerak. Patent axboroti deganda patent hujjatlaridan foydalanish va ishlov berish tushuniladi. Patent hujjatlar ilmiy-texnik yutuqlarning oxirgi 100-200 yilligi patent fondlarida saqlanadi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling