Texnik ijodkorlik va dizayn fanidan


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 0.56 Mb.
bet16/47
Sana23.12.2022
Hajmi0.56 Mb.
#1046218
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47
Bog'liq
1.15.2020Техник ижод. ва диз.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

  1. Texnika ijodkorligini amalga oshirishda keng foydalaniluvchi usullarni sanab bering.

  2. Texnik ijodkorlik faoliyatini bajarish asosiy bosqichlarining mazmunini tushuntirib bering.

  3. O‘quvchilarning ijodiy faoliyatga tayyogarlik besh darajasini ko‘rsatuvchi me’yoriy-ilmiy jihatlar.



1. Ijodiy masalalarni yechishning adekvat metodlari necha guruhga bo‘linadi?

  1. 3 guruhga

  2. *2 guruhga

  3. 4 guruhga

  4. 5 guruhga

2. Agar buyumning chuqurligi eni va balandligidan nihoyatda katta bo‘lsa, bunday tuzilish qanday nomlanadi?

  1. Frontal

  2. *Fazoviy

  3. Gorizontal

  4. Vertikal

  5. Ob’ekt

3. Yangi texnik ob’ektni yaratish jareni nechta bosqichdan iborat?

  1. 5 ta bosqichdan iborat

  2. 6 ta bosqichdan iborat

  3. *7 ta bosqichdan iborat

  4. 8 ta bosiqchdan iborat



7-8-9-mavzu. Kashfiyot, ixtiro, ratsionalizatorlik va patent axboroti. Kashfiyot tushunchasi, kashfiyot turlari, kashfiyot tushunchasining me’yoriy sifatlari (2 soat ma’ruza, 2 soat laboratoriya ishi).


Reja:
1. Kashfiyot tushunchasi.
2. Ixtiro tushunchasi. Uning kashfiyotdan farqi.
3. Ratsionalizatorlik taklifi tushunchasi.
4. Patent hujjatlari. Patent axboroti.
5. O‘zbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi.
6. Ixtirochilik g‘oyasini ishlab chiqishda bilimlar banki bo‘limlaridan foydalanish.
1. Kashfiyot tushunchasi.
Ilmiy texnika ijodkorlikni rivojlantirishda fundamental tadqiqotlar asosiy o‘rinni egallaydi. Aynan ular orqali istiqbolli ilmiy yechimlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘luvchi ilmiy potensialni yuzaga keltiradi. Ko‘p holatlarda fundamental tadqiqotlar, uning yakuniy natijalari ilmiy kashfiyot bilan yakunlanadi.
Kashfiyot – tushunchasi ikki xil: huquqiy va ommalashgan ma’noda ishlatiladi. Ommalashgan tushunchada kashfiyot ilm-fanda katta nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadigan ilmiy yangilik sifatida tushuniladi. «Kashfiyot qilish xuquqi» O‘zbekiston Respublikasi asosiy qomusi bo‘lgan konstitutsiyada kafolatlangan bo‘lib, Nizomga muvofiq kashfiyot deganda tabiat va jamiyatni ilmiy bilish jarayonida erishilgan yangi ilmiy yutuq tushuniladi.
Kashfiyot - moddiy dunyoning ilgari ma’lum bo‘lmagan ob’ektiv mavjud qonuniyatlar, xossalari va xodisalarni aniqlanishi bilan tavsiflanib, u insoniyatning bilish darajasini tubdan o‘zgartiruvchi ta’sirga ega bo‘ladi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling