Texnik ijodkorlik va dizayn fanidan


Ixtiro tushunchasi. Uning kashfiyotdan farqi


Download 0.56 Mb.
bet18/47
Sana23.12.2022
Hajmi0.56 Mb.
#1046218
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47
Bog'liq
1.15.2020Техник ижод. ва диз.

2. Ixtiro tushunchasi. Uning kashfiyotdan farqi.
Ixtiro – bu xalq xo‘jaligini barcha tarmoqlarida texnik yechimlari bilan ijobiy natijaga ega bo‘lgan yangilik hisoblanadi. Kashfiyot – ob’ektiv borliqni xossalari, hodisa va qonuniy bog‘liqlarni aniqlash, ixtiro esa oldin ma’lum bo‘lmagan texnik vazifalarni yechishga qaratilgan. Kashfiyot va ixtiro o‘rtasida dialektik o‘zaro bog‘liqlik bor. Ko‘p hollarda ixtiro kashfiyot natijasida olingan ilmiy bilimlarni rivojlantiradi. Masalan: N.G.Basov, A.M.Proxorov va Tounsonlarning kvant jarayonining qo‘llashga asoslangan elektromagnit to‘lqinlarni ko‘paytirish bo‘yicha qilgan kashfiyotlari xalq xo‘jaligida amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘p ixtirolarni yaratishga sabab bo‘ladi.
Ilmiy-texnik hamda pedagogik-psixologik adabiyotlarda ixtirochilik hamda ixtirochilik ijodkorligiga ko‘plab ta’riflar keltirilgan. Jumladan, I.I.Kichkin ixtirochilikni ilmiy g‘oyalarining texnik yechimlarga ijodiy tadbiqi, ilmiy texnika taraqqiyoti sur’atlarini belgilovchi asosiy ko‘rsatkich, yangi texnika va texnologiyalar yaratilishining mezoni hamda uning yuqori ilmiy-texnik darajasini ta’minlovchi omil deb hisoblaydi. M.A.Vachevskiy "ixtiro qilish"ni "qo‘yilgan masalani yechish uchun eskilaridan tubdan farq qiluvchi, odatdagi mantiqiy fikrlash yo‘li bilan yetishib bo‘lmaydigan yangi samarali texnik yechimni taklif qilish" deb ta’riflaydi. Bizning fikrimizcha ixtirochilikni tegishli idoralar tomonidan patentlar bilan tasdiqlanadigan yangi texnik yechimni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ijodiy faoliyat turi, ixtirochilik ijodkorligini esa bu jarayonning shaxsdagi zehnlilik, topqirlik, mustaqil va tanqidiy fikrlash kabi ijodkorlik sifatlari bilan bog‘liq umumiy tavsifi deyish mumkin.
Kashfiyot va ixtirolarning ilmiy-texnik taraqqiyotga ta’siri. Ixtironi tan olish uchun u oldingilaridan texnik yechimlari, ijobiy samarasi, tuzilishidagi yangiligi bilan farqlanishi kerak. Ixtironing ob’ektiv bo‘lishi mumkin: yangi qurilma, yangi metod, yangi maxsulot, yangi maqsadlarda eski metod, qurilmalarni qo‘llash va boshqalar.
Ixtiro – umumjahon ahamiyatiga ega bo‘lib, talabnoma bergunga qadar uning mohiyati oldin respublikamizda va yer yuzida ham ochilmagan bo‘lishi shart. Muallifga ixtironi tan olinganligi haqida hujjat beriladi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling