Texnik ijodkorlik va dizayn fanidan


Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyasi


Download 0.56 Mb.
bet39/47
Sana23.12.2022
Hajmi0.56 Mb.
#1046218
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47
Bog'liq
1.15.2020Техник ижод. ва диз.

5. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyasi.
Ma’lumki, har bir ta’limot o‘zining nazariy hamda amaliy asoslariga ega bo‘ladi. Pedagogik texnologiya borasidagi ilk g‘oyalar ilgari surilgan davrlardayoq uning nazariy asoslari bilan birga uni amaliyotga tatbiq qilishning umumiy asoslari ham yaratila boshlangan. Pedagogik texnologiya nazariy va amaliy asoslarini uning maqsadi, mazmuni, vazifalari, tamoyillari, ob’ektiv hamda sub’ektiv omillari, ob’ekti, asosiy tushunchalari, mezonlari va boshqalar tashkil etadi.
Pedagogik texnologiyaning umumiy mohiyati xususida so‘z yuritish uchun avvalo, ushbu tushunchaning tub ma’nosini anglash talab etiladi. Bugungi kunda pedagogik texnologiya tushunchasining ko‘plab ta’riflari mavjud bo‘lib, bu borada yagona fikrga kelinmagan. Shu sababli har bir o‘qituvchi o‘rgangan adabiyotlar va amaliy tajribasi asosida o‘zi uchun eng maqbul deb hisoblagan ta’rifni qabul qilishi, yoki ulardan kelib chiqqan holda o‘z ta’rifini shakllantirishi mumkin.
Bizning fikrimizga ko‘ra, pedagog olim V.P.Bespalko tomonidan berilgan ta’rif boshqalariga nisbatan maqbulroq hisoblanadi. Ushbu ta’rifga ko‘ra «Pedagogik texnologiya amaliyotga tadbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasidir». Muallifning fikriga ko‘ra pedagogik texnologiya tushunchasi ta’limning har bir bosqichida joriy qilinishi lozim bo‘lgan yuqori darajadagi aniqlikni ko‘zda tutadi, shu sababli uni «pedagogik texnologiya = ta’limdagi aniqlik» ko‘rinishida ifodalash mumkin. Zero, pedagogik texnologiya ta’lim maqsadini belgilashdan, toki uning natijasini aniqlashgacha bo‘lgan barcha jarayonlarning aniq belgilash hamda o‘lchash asosida tashkil qilishni talab qiladi va bu aniqliksiz pedagogik texnologiya ham o‘z mohiyatini yo‘qotadi.
Shu o‘rinda yuqorida pedagogik texnologiya berilgan ta’rifda so‘z yutirilgan pedagogik tizim tushunchasini aniqlashtirib o‘tish lozim deb hisoblaymiz. V.P.Bespalkoning fikriga ko‘ra, pedagogik tizim deganda ma’lum sifatlarga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirishga nisbatan aniq maqsadli, tashkillashtirilgan pedagogik ta’sir ko‘rsatish uchun talab etiladigan, bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan metod, vosita va jarayonlar majmuasi tushuniladi. Pedagogik tizimni pedagogik texnologiyaning asosi ekanligini e’tirof etgan holda uning quyidagi elementlardan iborat ekanligini qayd etish lozim: talaba, ta’lim-tarbiyaning maqsadi, mazmuni, o‘quv jarayoni, o‘qituvchi yoki ta’lim vositalari va ta’lim-tarbiyaning tashkiliy shakllari.
Yuqoridagi mulohazalar asosida, ta’lim maqsadini aniq belgilab olish muhim ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risidagi fikrlarga tayanib ushbu masalani ham aniqlashtirib o‘tmoqchimiz. Pedagogik texnologiya -ta’lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy mazmuni, ya’ni, ilgaridan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yahlit tizim asosida, bosqichma-bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo‘lida muayyan metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarishni ifodalaydi. Ta’lim maqsadini belgilashda 1-shaklda keltirilgan ta’lim oluvchilar o‘zlashtirish darajalariga tayanib ish ko‘rish lozim bo‘ladi.





Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling