Texnik jarayonlarni modellashtirish va ularni yechish usullari


Download 464.47 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi464.47 Kb.
#1615465
  1   2   3   4
Bog'liq
Texnik jarayonlarni modellashtirish va ularni yechish usullari

Andijon Mashinasozlik instituti Transport logistika yo‘nalishi 2-kurs 80-21 guruh talabasi eshqobilov alining Axborot texnologiyalari va jarayonlarini matematik modellashtirish fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI


TEXNIK JARAYONLARNI MODELLASHTIRISH VA ULARNI YECHISH USULLARI
Reja:
 
 
1. Texnologik jarayonlarni ishlab chiqish tartibi.
2. Texnologik jarayon variantlarining texnik-iqtisodiy tahlili.
3. Texnologik jarayonlarni namunalashtirish.
4. Texnologik jarayonni loyihalashni avtomatlashtirish.
5. Xulosa
6. Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati
1.Texnologik jarayonlarni ishlab chiqish tartibi.
Zagotovkalarga kesib ishlov berishning texnologik jarayonlarini ishlab chiqish kompleks masala bo`lib, uni muayyan sharoitlarda hal qilish uchun zagotovkani tayyor detalga aylantirishning optimal variantini topish lozim, ayni paytda texnik talablarga javob beradigan sifat va aniqlik bajarilishi zarur. Buning uchun quyidagi dastlabki ma’lumotlar va materiallar kerak: detalning ishchi chizmasi va shu detal ishtirok etgan yig`ma birlikning chizmasi; zagotovkaning ishchi chizmasi, detallarni tayyorlash dasturi; ishlab chiqilgan texnologik jarayonni bajarish sharoitlari (mavjud korxona, istiqbol va h.k.); kesuv va o`lchov asboblariga taalluqli GOSTlar va normalar; moslamalarning normalari va alьbomlari; uskunalarning texnologik tavsiflari; me’yorlar, qo`llanmalar va yo`riqnomalar (qo`shimcha qatlamlarni hisoblash, kesish sharoitlarini tanlash va h.k.).
Detalni yasash texnologik jarayonni ma’lum bir tartibda ishlab chiqiladi. Detalning ishchi chizmasini va detal ishtirok etgan yig`ma birlikning umumiy chizmasini o`rganish va tanqidiy tahlil qilish bilan texnologik jarayonni ishlab chiqish boshlanadi. Detalning vazifalari va ish sharoitlari ham o`rganiladi. Xatolar va kamchiliklar (o`lchamlarni va aniqlikni noto`g`ri ko`rsatish, g`adir-budurlik, shakllar va yuzalar bo`yicha noto`g`ri talablar va h.k.) topilsa, darhol to`g`rilash kerak.
Zagotovkani yasash usulini tayyorlov tsexining (quyish, ta’mirlash va b.) texnologiyasi belgilaydi. U zagotovka materialiga, miqdorriga binoan ish tutadi. Mexanik ishlov texnologiyasining variantini tanlash va tuzish zagotovka turiga bog`liq.
Texnologik jarayon xomaki, nozik va pardoz amallarga bo`linadi. Amallar shunday shakllanadiki, natijada har birining qiyinligi mahsulotni chiqarish taktiga (oqimli qatorda mahsulotni tayyorlab chiqarish vaqti) teng yoki karrali nisbatda bo`lsin. Uskunalardan foydalanish koeffitsiyentini oshirish maqsadida amalning stanok vaqti chiqarish taktiga teng yoki karrali nisbatda bo`lishiga intilish lozim.
Texnologik jarayon bir yoki ko`p o`tishli va ko`p vazinli amallardan tashkil topadi. Bir o`tishli amalda bir yoki bir necha bir xil kesuvchi asbob bilan ishlov beriladi. Masalan, bir teshikni birvarakayiga ikki tomondan parmalash, valning tsilindr yuzasini bir necha keskich bilan qirish, bir dasta valning ko`ndalang yuzini frezalvsh bir o`tishli amalga misol bo`ladi. Ko`p o`tishli amalda bir yoki bir necha detalning yuzasiga bir yoki bir necha asbob bilan yoinki bir necha detalga turli asboblar bilan (revolver stanoklarda ishlov, nusxa ko`chiruvchi yarim avtomatlarda kesish va h.k.) ishlov beriladi. Ko`p pozitsiyali yoki agregatli stanoklarga asoslangan ko`p vaziyatli amallar ham shunga kiradi. Amallarni shakllantirishda bir yo`la ko`p stanokni boshqarish yoki kasb o`rindoshligi imkoniyatini ham ko`zlash muhim. Yuqori unumli stanoklarni (yarim avtomatlar, avtomatlar, avtomatik qatorlar) shunday tanlash kerakki, ular amallarni bir joyda jamlashga, vaziyat va o`tishlarni bir vaqtda bajarishga imkoniyat yaratsin.
Yupqa qatlamni olish bilan bog`liq bo`lgan xomaki ishlovni, yuqori aniqlikni bo`lmasa ham katta unumdorlikni ta’minlaydigan stanoklarda bajarish kerak. nozik ishlov beradigan amallar yuqori aniqlikni ta’minlaydigan stanoklarda, pardozlash amallari-pretsizion (yuqori darajada aniqlik beradigan) stanoklarda bajariladi.
Texnologik jarayonning tarkibiga mavjud korxonadagi sharoitlar va yangidan loyihalanayotgan zavoddagi bo`lajak sharoitlar jiddiy ta’sir o`tkazadi. Mavjud korxonada ishsiz turgan yoki qo`shimcha ish berish mumkin bo`lgan uskunalar ham texnologik jarayonni shakllantiradi. Bu holda jarayonni ko`p miqdorrdagi detallarga loyihalash uskunalar sonini mahsulot chiqarish koeffitsiyentiga oddiygina ko`paytirishdan iborat bo`lib qolmasdan, texnologik va tashkiliy yechimlar hisobiga amalga oshirilishi zarur. Yangi qurilayotgan zavod uchun texnologik jarayon ishlab chiqishda uskunalar detallarni arzon tayyorlash nuqtai-nazaridan tanlanadi.
Shunday qilib, texnologik amalni loyihalashda quyidagi ma’lumotlarga ega bo`lish kerak: zagotovkaga ishlov berish yo`nalishi (marshruti), uni asoslash va qotirish sxemasi, ko`rilayotgan texnologik amal ta’minlaydigan ishlov aniqligi va yuza g`adir-budurligi, oldingi amallarda erishilgan aniqliklar va g`adir-budurliklar, qo`yimlar. Agar texnologik amal oqimi qatoriga mo`ljallanayotgan bo`lsa, yuqoridagilardan tashqari, ishning sur’atini ham oldindan bilish kerak.

Download 464.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling