Texnik jarayonlarni modellashtirish va ularni yechish usullari
Texnologik jarayonni loyihalashni avtomatlashtirish
Download 464.47 Kb.
|
Texnik jarayonlarni modellashtirish va ularni yechish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
4.Texnologik jarayonni loyihalashni avtomatlashtirish.
EHM lar yordami bilan katta texnologik masalalarni yechish mumkin. Standart detallarni yasashning namunalashtirilgan texnologik jarayonlarini loyihalash, texnologik loyihalash uchun me’yorlarni ishlab chiqarish shular jumlasidan. EHM yordamida zagotovka yasash usulini tanlash, ishlov qatlami va aniqligini, kesish rejimi va vaqt me’yorini hisoblash mumkin. Shuning uchun kesib ishlash va yig`uvga tegishli texnologik jarayonlarni loyihalash asosiy texnologik masalalardan biri hisoblanadi. EHMdan texnologik uskunalar majmuasini avtomat ravishda boshqarish vositasi sifatida foydalanish ham mumkin. EHM yordamida texnologik jarayonlar loyihalash ishidan oldin loyihalanayotgan jarayonning matematik modelini ishlab chiqish kerak. matematik model analitik yoki tajribaviy ifodalar, jadvallar ko`rinishiga ega bo`ladi. Murakkab hodisalarni aniq matematik formulalar bilan ifoda qilish qiyin, shuning uchun ularni taxminiy ifodalar bilan aks ettiriladi. 5. Xulosa Xulosa qilib aytganda texnologik loyihalash algoritmini va unga tegishli EHM dasturini dastlabki ko`rinishda ishlab chiqish eng qiyin masala hisoblanadi. Algoritm, bu-qo`yilgan masalani yechish uchun ma’lum bir tartibda bajariladigan amallar tizimidir. Dastur shu algoritmni biror til bilan ifoda etishdir. Uni EHM boshqaruvchi signallarga aylantiradigan buyruqlar majmuasi, deb ham tushunish mumkin. Detallar zagotovkasiga ishlov berish texnologik yo`nalishlari namunalashtirilgan texnologik jarayonlar asosida ishlab chiqiladi. Dastlabki ma’lumotlar sifatida detal konstruktsiyasi va uni tayyorlashning texnik shartlari, zagotovka ko`rinishi, mahsulot hajmi, uskunalar va texnologik jihozlar haqidagi ma’lumotlar ishlatiladi. Bunda detalga qabul qilingan klassifikatorga binoan yondoshiladi. EHM ni texnologik jarayonlar loyihalash uchun qo`llanganda qiyinchilik 10-15 marta, tannarx 2-4 marta kamayadi. Detalning umumiy tannarxi 50-70% kamayadi. Yakka foydalaniladigan zamonaviy kompьyuterlardan texnologik jarayonlarni loyihalashda foydalanilsa, nafaqat sermehnatlilik va tannarx kamayadi, balki bo`lajak detalning yuqori sifatiga va aniqligiga ham hissa qo`shiladi. 6.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: F.P. Gurin, V.D. Klepikov, V.V. Reyn. Avtomobilsozlik texnologiyasi. I-II kitob. Toshkent, 2001. T.Abdusattorov, O.V.Lebedev, V.Sh.Axmedov. «Transport mashinasozligi texnologiyasi», ToshTYMI, Toshkent, 2003. F.P.Gurin, M.F.Gurin, «Texnologiya avtomobilestroyeniya», 1986, 246 str. S.M.Qodirov, O.V.Lebedev, A.M.Xakimov, pod obщyey redaktsiyey K.M.Siddiknazarova, «Vosstanovleniye detaley avtomobilya», Toshkent, O`qituvchi, 1995, 272 str. 6. Download 464.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling