Texnik jarayonlarni modellashtirish va ularni yechish usullari


Texnologik jarayonlarni namunalashtirish


Download 464.47 Kb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi464.47 Kb.
#1615465
1   2   3   4
Bog'liq
Texnik jarayonlarni modellashtirish va ularni yechish usullari

3. Texnologik jarayonlarni namunalashtirish.
Turli avtomobil va traktor zavodlarida bir hil yoki shakli va o`lchamlari bilan bir-biriga yaqin turadigan detallarni yasash uchun har-xil texnologik jarayonlarni qo`llash natijasida bu detallar sermehnatliligi ham bir biridan jiddiy farqlanadi. Buning sabablari-qo`llanadigan uskunalar, texnologik jihozlar, mahsulot hajmining turli-tumanligidadir.
Turli-tumanlikni bartaraf etish uchun texnologik jarayonlarni loyihalashga tegishli umumiy tamoyillarni ishlab chiqish va asoslash hamda detallarning tasnifi asosida namunaviy jarayonlarni ishlab chiqish lozim.
Umum qabul qilingan tasniflagichga binoan hamma mashinasozlik detallari ikki sinfga bo`linadi. 1-aylanish jismiga oid detallar (val, vtulkalar, disklar, tsilindrlar..), 2- aylanish jismiga oid bo`lmagan detallar (korpuslar, plitalar, richaglar..) kiradi. Har qaysi sinf, o`z navbatida, detalning konstruktiv xususiyatiga qarab sinfchalarga, so`ngra guruh va guruhchalarga bo`linadi.
Texnologik jarayonlarni namunalashtirish-muayyan sinfdagi hamma detallarni tayyorlashga oid bo`lgan jarayonlarni yaratish tushiniladi. Bu jarayonlar turli ishlab chiqarish sharoitlarida istalgan detalni yasashning optimal texnologik jarayonini ishlab chiqishga asos bo`lishi ham kerak.
Texnologik jarayonga turli omillar ta’sir o`tkazadi: detal konstruktsiyasi (o`lchamlar, shakl, ishlov aniqligi), umumiy miqdori va zagotovka yasash usuli.
Detal o`lchamlari zaruriy uskunalarning tavsifiga va texnologik jarayonga jiddiy ta’sir o`tkazadi. Detallarning shakli bir xil bo`lsa ham, o`lchamlari bilan keskin farqlqilsa, texnologik jarayonlar bir-biriga o`xshamaydi (masalan, detalning tirsakli vali bilan kompressorni huddi shunday vali). Dvigatel tirsakli valining o`zak va shatun bo`yini yirik maxsus va ixtisoslashtirilgan tokarlik stanogida yo`niladi, kompressor valining bo`yinlari esa, oddiy tokarlik yoki ko`p keskichli stanokda moslamalar yordamida yo`niladi. Korpus detallar (tsilindrlar bloki, suv nasosi korpusi..) ham turli uskunalarda bajariladi.
Oqimli ishlab chiqarish sharoitlarida turli oqimli qatorlar (yakka, juftlangan, guruh) bir xil o`lchamli va bir sinf, bir-birinikiga o`xshagan texnologik jarayonga ega bo`lgan detallar uchun yaratiladi.

Download 464.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling