17- mavzu. Bir urug‘ pallali o‘simliklar sinfining umumiy tasnifi. Reja


Download 21.61 Kb.
bet1/4
Sana02.01.2023
Hajmi21.61 Kb.
#1074987
  1   2   3   4

17- mavzu. Bir urug‘ pallali o‘simliklar sinfining umumiy tasnifi.
Reja
1. Bir pallalilar sinfiga qisqacha tasnif.
2. Sparjadoshlar oilasiga tasnif.
3. May marvaridguli
4. Dorivor sarsabil
5. qiyoqdoshlar oilasiga tasnif.
6. Falladoshlar oilasiga tasnif.
7. Makkajo‘xori o‘simligi
8. Suli o‘simligi
Tayancha atamalar: Bir urug‘pallali (lolasimon) o‘simliklar sinfi. Ularning umumiy tavsifi va sinfchalarga (bulduruqo‘tkabilar, lolakabilar, palmakabilar) bo‘linishi jihatlarining o‘ziga xos xususiyatlari. Ular evolyusiyasining asosiy yo‘nalishlari. Ikki urug‘ pallalilar bilan uzaro bog‘liqligi. Biosfera va inson faoliyatida tutgan o‘rni.
Bulduruqo‘tkabilar sinfchasi. Bulduruqnamolar qabilasi. Bulduruqdoshlar oilasi: tavsifi, vakillari. Yashilgulnamolar qabilasi. G‘ichchakdoshlar va yashilguldoshlar oilalari: tavsifi, vakillari.
Sparjalar oilasi - Asparagaceae
Bu oilaga 23 avlod, 230 tur o‘simlik mansub bo‘lib, oila vakillari yaxshi rivojlangan ildizpoyali, ko‘p yillik o‘t o‘simlik.
Poyalari tik o‘suvchi, ba’zan shakli o‘zgargan kaladodiylaribo‘lib, barg vazifasi ni bajaradi. To‘pgullar sochoq, gulqo‘rg‘oni birikib o‘sgan. Mevasi rezavor.
Sparja avlodi (Asparagus) ning 120 turi bor. Shundan o‘rta Osiyoda 24, respublikamizda 7 turi uchraydi. Bu avlodning vakillari chala buta o‘simliklardir. Barglari mayda, pardasimon tangachaga aylangan. Gullari ayrim jinsli. Bir yoki ikki uyli o‘simlik. Gulqo‘rg‘oni qo‘ng‘iroqsimon 6 ta bargchasi birikib o‘sgan. Mevasi sharsimon xo‘l meva.
May marvaridguli - Sonvallaria majalis L. 
Marvaridgul o‘simligi Kavkaz va Uzoq Sharq o‘rmonlarida tarqalgan. Ildizpoyali o‘t o‘simlik. Poyasi shoxlanmaydi, barglari yoysimon tomirlangan, oddiy. Gullari unchalik katta emas, xushbo‘y oq gullar, tojbargli bir tomonlama shingilga to‘rlangan.
Gul formulasi R(6) A(3+3) G(3)
Mevasi qizil rangda, rezavor meva. Urug‘i endospermli. Marvaridgul barglaridan yurak glikozidlari olinadi, shuningdek saponinlar ham to‘planadi. Tibbiyotda yurak kasalliklarini davolashda keng ishlatiladi. Gullaridan olingan efir moylari parfyumeriyada qo‘llaniladi.

Download 21.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling