17- mavzu. Bir urug‘ pallali o‘simliklar sinfining umumiy tasnifi. Reja
Dorivor sarsabil - Asparagus acutifolius L
Download 21.61 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiyoqgullilar tartibi - Cyperales. Hiloldoshlar oilasi - Cyperaceae
Dorivor sarsabil - Asparagus acutifolius L.
Sarsabil - bo‘yi 150 sm gacha boradigan ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik. Ildizpoyasi yo‘g‘on bir talay ildizlar chiqaradi. Poyalari to‘g‘ri o‘sib, ko‘p shoxlanadi, tuksiz. Barglari reduksiyalanib pardasimon kichik - kichik tangachalarga aylangan. Gullari mayda , yashil - sariq rangda, uzun - uzun bandli. Mevasi diametri 5 mm gacha boradigan olti urug‘li dumaloq rezovor meva. Urug‘lari ikki tomondan qisilib kelgan, dumaloq shaklda. May iyulda gullaydi, iyun oxirlari - iyulda mevalari yetila boshlaydi. Tojikiston Kavkaz va Farbiy Sibirda dasht - qirlar, butazorlar orasida o‘sadi. o‘rta Osiyoda ko‘p joylarda ekiladi ham Uning ildizpoyasi bilan ildizlari va yosh novdalari dorivorlik xususiyatiga ega bu organlar o‘z tarkibida asparagin va saponin moddalarini saqlaydi. Yetilgan mevalarida 36% gacha qand moddalari, kapsantin bilan fizamin urug‘larida 16% yog‘li moy topilgan. Tibbiyotda sarsabil siydik haydovchi, yurak ishini yaxshilovchi, o‘thaydovchi vosita sifatida ishlatiladi. Qiyoqgullilar tartibi - Cyperales. Hiloldoshlar oilasi - Cyperaceae Bu oilaga 120 taga yaqin avlod va 5600 taga yaqin tur kiradi. o‘zbekiston florasida 16 avlod 90 turi uchraydi. Yer yuzining hamma xududlarida, asosan botqoqliklarda o‘simlik qoplamini hosil qiladi. Bu oilaga kiradigan o‘simliklarning ko‘pchiligi ko‘p yillik, ildizpoyali, poyasining uzunligi 4 m gacha yetish mumkin. Ularning poyalari 3 qirrali, silindrsimon. Barglari ko‘pchiligi 3 qator bo‘lib joylashgan, ularning ko‘pi poyaning pastidan chiqadi. Barglari poyani mahkam o‘rab olgan va ko‘pincha chetlari qo‘shilib o‘sadigan qin va ingichka plastinkaga bo‘linadi. Barg qini barg plastinkasiga aylangan joyida poyani o‘rab turadigan tilcha bo‘ladi. Gullari mayda, ko‘rimsiz, ikki jinsli yoki bir jinsli yoki bir jinsli bo‘lib, shamol yordamida changlanadi. Ular boshoqsimon simoz to‘pgullar hosil qiladi. To‘pgullar o‘z navbatida boshchasimon, soyabonsimon, supirgisimon murakkab to‘pgullar bo‘lib bir biriga qo‘shiladi. Gullarning gulqo‘rg‘oni 6 ta pardacha yoki tangacha ko‘rinishida yoki 1-6 ta yoki bir talay qilchalar ko‘rinishida bo‘ladi. Yo bo‘lmasa butunlay reduksiyalanib ketadi, bu hollarda gullari yalang‘och bo‘lib qoladi. Changdonlar asosi bilan otaliklar ipiga birlashgan. Onaligi 1 ta, unda bir uyali ustki tuguncha va 2 ta yoki 1 ta ustunchalari hamda tumshuqchalari bor, tugunchasi 3 ta gaho 2 ta meva bargchadan yuzaga keladi. Urug‘kurtagi 1 ta anatrop mevasi - yong‘oqcha hamda urug‘idagi embrioni unsimon endosperm bilan o‘ralgan. qiyoqlarning amaliy ahamiyatlari juda kam. Ular xashak bo‘ladigan o‘tlar sifatida ko‘pchiligi dag‘al bemaza xashak beradi, tarkibida fosfor va kalsiy kam bo‘ladi. qiyoqgullilarning eng ko‘p tarqalgan avlodlari quyidagilardir: Rang avlodi (Carex) - bu avlodga 2000 ga yaqin tur kiradi. o‘zbekistonda 43 turi uchraydi. Bu avlod vakillari ildizpoyali ko‘p yillik bo‘lib, nam va botqoq yerda, soy va ariq bo‘ylarida, cho‘l hamda baland tog‘larda o‘sib, qalin o‘tzorlar hosil qiladi. qum rangi (C. arenaria) - ko‘chma qumlar harakatini to‘xtatish va yem - xashak uchun ekiladi. Salomalaykum avlodi (Cyperus) Bu avlodning 14 turi o‘rta Osiyoda, 8 turi o‘zbekistonda uchraydi. Ular sernam va botqoq yerlarda o‘sadi. Tugunakli salomalaykum (C. rotundus) havfli begona o‘t hisoblanadi, dalada juda tez ko‘payadi, ko‘p yillik o‘t o‘simlik, ildizpoyasi 2 xil 1) pastga qarab o‘sgan ildizpoyasi, uning uchiga qo‘ng‘ir rangdagi tugunakchasi va 2) gorizontal o‘sgan ildizpoyalari bor. qiyoq avlodi (Scirpus) o‘rta Osiyda bu avlodning 19, o‘zbekistonda 11 turi uchraydi. Zax va botqoq joylarda, ko‘l va soy qirg‘oqlarida qo‘l qiyog‘i (S. fcustris), qirg‘oq qiyog‘i (S.littarales) turlari o‘sadi. Hilolnamolar (Cyperales) qabilasi Hiloldoshlar oilasi Bu oilaga 100 ta turkumga mansub 4000 tadan ortiq tur kiradi. Ular yer yuzida keng tarqalgan kup yillik o‘tlar-san iborat. O‘zbekistonda 16 ta turkumga oid 90 ta turi o‘sadi. Oilaga ko‘p yillik ildizpoyali o‘tlar kiradi. Barglari ingichka, qattiq. Gullari mayda, ko‘rimsiz, ikki jinsli yoki bir jinsli, boshokchalarda joylashgan Gulqurg‘oni 6 ta yoki 3 ta tangachadan iborat. changchisi 3 ta, shamol yordamida changlanadi. Mevasi 3 qirrali yong‘oqcha. Bu oilaga O‘zbekistonda keng tarkalgan rang (Sagex), Salomalaykum (Cyrerus) kabi turkumlar kiradi. Oila vakillari yem-xashak o‘simlik sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Papirus deb ataladigan qog‘oz tayyorlanadigan o‘simlik ham shu oilaga kiradi. Bug‘doynamolar (Poales) qabilasi Download 21.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling