21-modda. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning texnik reglamentlarni ishlab chiqish uchun qo‘llanilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Texnik reglamentlarni ishlab chiqishda mahsulotlar va xizmatlarning xavfsizlik mezonlarini belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi milliy va xalqaro normativ hujjatlardan foydalaniladi.
(21-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Texnik reglamentlarda daliliy baza sifatida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning matnlari to‘liq yoki qisman keltiriladi.
22-modda. Texnik reglamentlarga rioya etish
Texnik reglamentlarga rioya etish barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
Texnik reglamentlar amalga kiritilgach, standartlashtirish bo‘yicha ularda ko‘rsatilgan mahsulotlar va xizmatlarga doir ilgari qabul qilingan tegishli normativ hujjatlar majburiylik xususiyatini yo‘qotadi hamda belgilangan tartibda qo‘llanilishda ixtiyoriylik kasb etadi.
(22-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
23-modda. Texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati
Texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlarining va davlat boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
24-modda. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ishlarni moliyalashtirish
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ishlarni moliyalashtirish respublika budjeti va yuridik shaxslarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Respublika budjeti mablag‘lari hisobidan quyidagilar moliyalashtiriladi:
umumiy texnik reglamentlarni ishlab chiqish;
umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ekspertizadan o‘tkazish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini yuritish;
texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha xalqaro tashkilotlardagi a’zoligi bilan bog‘liq xarajatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |