Texnik konstruksiyalash VA MODELlashtirishni moddiy sharoitlari


Download 123.45 Kb.
bet1/10
Sana15.06.2023
Hajmi123.45 Kb.
#1482425
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

10-mavzu: TEXNIK KONSTRUKSIYaLASh VA MODELLAShTIRIShNI MODDIY ShAROITLARI

Maqsad: Talabalarda texnik konstruksiyalash va modellashtirishning moddiy sharoitlari hakidagi bilimlarni shakllantirish.







1. Texnik konstruksiyalash va modellashtirish uchun binoga kuyiladigan talablar.

Texnik konstruksiyalash va modellashtirish mashg‘ulotlari uchun o‘quv ustaxonalaridan foydalaniladi. Bu ustaxonalarda mehnat ta’limining har xil tashkiliy shakl va uslublaridan foydalanish: texnik ma’lumotlar berish: tadkikotchilik va mehnat malakalarini shakllantirish ishlarini amalga oshirish: texnik bilimlarni, mehnat usullarini, bajarilgan ishlar sifatini nazorat qilish yestetik did va mehnat madaniyati ko‘nikmalarini, mustaqil ishlash iktidorini shakllantirish: konstruktorlik texnologik xarakterdagi ijodiy masalalarni hal qilish yuksak darajadagi mehnat nizomiga va mehnat muhofazasi talablariga roiya yetish uchun yaxshi sharoitlar mavjud bo‘lishi kerak.
Yuqorida aytilgan vazifalardan kelib chikib o‘quv ustaxonalari quyidagi asosiy sanitariya – gigienik va tashkiliy – metodik talablarga javob berishi lozim:
1. Ustaxona binosi ta’lmiy pedagogik, sanitariya-gigienik va ishlab chiqarish – texnik talablarni kanoatlantirish kerak.
2. O‘quv ustaxonalari texnikaning hozirgi darajasiga, yuksak mehnat madaniyatiga muvofiq jihzolanishi va ular faqat ustaxona praktikumi dasturidagi barcha mavzularni yemas balki texnik ijodkorlikni ham o‘rganish uchun zarur sharoit bilan ta’minlanishi lozim.
3. Turli buyurtmalarni bajarishda pedagogning urganuvchilar bilan olib boradigan umumiy guruhli hamda brigada zvenoli yakka tartibdagi va patokli ishlar uchun ham sharoit yaratilishi zarur.
4. Har bir o‘quvchiga kerakli asbob-uskunalar va moslamalar bilan ta’minlangan alohida ish o‘rni ajratishi lozim.
5. pedagog uchun tegishli jihozlar asboblar, moslamalar bilan ta’minlangan va noldan 250-300 mm kutarilgan namunaviy ish o‘rni tashkil yetish lozim.
6. Ustaxonalarda o‘quvchilar yeng kulay va xavfsiz mehnat qilishi uchun zarur sharoit bo‘lishi shart.
7. O‘quv ustaxonalari hajmli va tekis ko‘rsatmali qo‘llanmalar, shuningdek ta’limning texnik vositalari bilan jihozlanishi zarur.
8. Yordamchi binolar (asbobxona va ombor) o‘quv ustaxonasiga yakin bo‘lishi kerak.
9. Tashkaridagi tovushlar o‘quvchilarning ye’tiborini ishdan alaxsitadigan va mehnat jarayonini buzadigan shovkin-suronlar ustaxonaga kirmasligi lozim. Ustaxonalar o‘quv binosi bilan bir yoki alohida bo‘lishi shuningdek ixtisoslashtirish va aralash tipda buladi.
O‘quv ustaxonasining maydoni aralash 80-90 m ixtisos 70 m2 bo‘lishi kerak.
Tipovoy o‘quv ustaxonalari materiallar, yarim fabrikatlar, tayyorlangan buyumlar saklanadigan yordamchi xonalarga yega buladi.
Bunday xonalar kuruk yogoch poli, tabiiy va majburiy havo almashtirish, normal tabiiy ¼ pol yuziga nisbata dereza (ish o‘rnida chuglanma 100-150 luks), yoritilgan, havosining harorati kishda 14-16 0S va yozda 18 0S dan oshmasligi, nisbiy namlik 60-70 % bo‘lishi kerak. Yoritkich sifatida kunduzgi lampalarda foydalanish ma’kul. Ustaxona devorlari tekis, yorkin rangga shifti ok ranga bo‘yalishi kerak. Yoritkich sifatida kunduzgi lampalardan foydalanish ma’kul.
Ustaxona devorlari tekis, yorkin ranga, shifti ok ranga buyalishi kerak. Manna bularning hammasi xonaning yorugligini oshiradi.
Yog‘ochga yoki metalga ishlov beriladigan har bir ustaxona 12-15 ta ish o‘rniga mo‘ljallanishi, u yerda asosiy jihozlar – duradgorlik yoki slesarlik dastgohlaridan tashqari stanok uskunalarining boshqa turlari (tokarlik, frezalash, kundalang randalash, parmalash, charxlash, kichik gabaritli yelektr payvandlash apparatlari) ham bo‘lishi kerak.
2. Texnik konstruksiyalash va modellashtirishda ish uriniga kuyiladigan talablar.
Ish o‘rni deganda ustaxona maydonining o‘quv ishlab chiqarish va konstruktorlik – texnologik ishlarni bajarish uchun zarur uskunalar (dastgoh, stanok) asboblar, moslamlar maqsadga yeng muvofiq holda joylashtirilgan kismi tushuniladi. Ishlash vaqtida o‘qituvchining gavdasi yeng kulay joylashsa va ortikcha harakatlanmasa bunday ish urini rasional tashkil kilingan hisoblanadi.
Tiskilarning o‘quvchi buyiga mos balandlikda urnatilishi judda katta ahamiyatga yega. Bu talabalarni bajarmaslik mehnat natijalarining pasayishiga, to‘g‘ri mehnat usullarining shakllanishi sekinlashuviga ba’zan kasb kasalligi kelib chiqishiga sabab buladi.
Chilangarlik, duradgorlik dastgohlari ishlov berishga, yigishga doir turli operasiyalarni muvoffakkiyatli bajarish imkonini yaratadigan mustahkam konstruksiyalardan iborat bo‘lishi kerak.
Masalan, bir urinli chilangarlik dastgohining balandligi 800-850 mm (duradgorlik dastgohining balandligi 750-780 mm) bo‘lishi, u yogochdan yasalib, ustiga kalinligi 1,5 – 2 mm tunuka listi koplanishi va parametri buylab 25x25 mmli burchaklik koqilishi kerak. Dastgoh o‘quvchi instruktaj va dam olish vaqtida foydalaniladigan kulay urindikga yozish, yeskizlar to‘zish rasmlar chizish uchun suraladigan plan shitga yega bo‘lishi lozim. Dastgoh ustiga buraladigan qurilmali parallel chilangarlik tiskisi uning chap tomoniga pltkasi, ung tomoniga individual chilangarlik montaj asboblari joylashtiriladigan planshit, oldiga yesa chizma va texnologik kartalar uchun pyupetr moslama hamda buklama himoyalagich tur urnatiladi. Ish va kontrol ulchov asboblari dastgohga muayyan tartibda joylashtirilishi kerak. Masalan, ishlash vaqtida ung kuli bilan ishlanadigan barcha ish asboblari (bolga, yegov, arra, metall kirqiladigan kaychi, klyuchi, otvyorka va boshqalar) tiskining chap tomonida turishi kerak.
Kontrol-ulchov asboblari yesa dastgohning old tomonida, ung chekkasiga yakinrok joylashtiriladi.
Ish o‘rnidagi anna shu tartib butun ta’lim davri mobaynida saklanishi pedagog o‘quvchilardan doimo ish o‘rnini tashkil yetishni talab qilib borish kerak.
3. Texnik konstruksiyalash va modellashtirishda ishlatiladigan metall materiallar
Texnik konstruksiyalash va modellashtirish uchun tegishli materiallar, detallarning hamda yigish birikmalarining ishlash sharoitlarini, ana shu detallar va yigish birikmalariga ta’sir yetadigan kuchlarning xarakterini nazarda tutgan holda tanlanadi. Masalan, texinik konstruksiyalash va modellashtirishda A gruppadagi St – 1, St-4 markali va B gruppadagi BST – 1, BST-4 markali sifati urtacha uglerodli konstruksion pulatlar keng qo‘llaniladi.
Mana shu pulatlar odatda yuzasi turli darajada pardozlangan har xil sortli prokatlar holida kvadrat, list, doira, olti burchak, shviler, tavr, dvutavr, polasa, sim-lenta va hakazolar shaklida chiqariladi.
Latun va bronza kabi (kamyob asosli) kotishmalar vtulka, sirganadigan podshipnik va boshqa ishkaladigan detallar tayyorlashda qo‘llaniladi. Aluminiy asosli kotishmalar (dyuraluminiy va silumin) texnik modellarning turli detallarni tayyorlashda ishlatiladi.
Qishlok xo‘jalik texnikasini, avtotransport va traktorlarni modellashtirish uchun juda ko‘p shkivlar, gildiraklar gusenisa zanjirlari va hakazolar kerak. Ularning zagatovkalarini AL-4, AL-7, AK-4 aluminiy kotishmalardan kuyish mumkin. Metalni yerTIshdan mofel’ pechidan foydalaniladi. Zagatovkalar gips, loy koliplarga yoki tom yopiladigan tunukadan tayyorlangan kokilga qo‘yilishi mumkin. Ichki yonuv dvigatellarining brak kilingan detallari: proshenlar, golovkalari, blok va hakazolar mazkur zagatovkalar uchun xom-ashyo hisoblanadi.

Download 123.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling