Texnik g`oyani shakllantirish
Ideal model (sxema)
Konstruksiyalash
Tajriba nusxasini yaratish va naturaviy sinash
Texnik xujjatlarni rasmiylashtirish (yozma, chizmali)
Rasm II. Yangi texnik obektni yaratishda o‘quvchilar konstruktorlik-topkirlik faoliyatining asosiy bosqichlari.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Texnik konstruksiyalash va modellashtirish jarayoni bosqichlarini sanab bering.
2. Modellashtirishning bajarish ketma-ketligini ayting.
3. Yangi texnik qurilmani yaratish bosqichlarini sanang.
Tayanch iboralar:
Metod – muayyan maqsadga yerishish, konkret vazifani bajarish usuli, borliqni amaliy yoki nazariy o‘zlashtirish (bilish) usullari yoki jarayonlar majmui.
Shaxs xususiyatlari – turli xil sharoitlarda takrorlanuvchi, ma’lum darajadagi turg‘unlikka yega bo‘lgan individ faoliyatining ko‘rinishi.
Ijodkorlik – inson faoliyatining shunday turiki, uning natijasida yangi moddiy ma’naviy boyliklar yaratiladi.
Intuisiya – bu subekt tomonidan o‘ziga fikran qo‘yiladigan savol va muammolarga anglanmagan holatda yuzaga keluvchi javoblar.
Intellekti – aql-zakovatli, qobiliyati, salohiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |