Texnik konstruksiyalash VA MODELlashtirishni moddiy sharoitlari


Download 123.45 Kb.
bet2/10
Sana15.06.2023
Hajmi123.45 Kb.
#1482425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4. Texnik konstruksiyalash va modellashtirishda ishlatiladigan metallmas materiallar.
Texnik konstruksiyalash va modellashtirishda metallarda tashqari, metallmas materiallar ham ishlatiladi. Modellar va texnik qurilmalarni yasashda anna shunday materiallardan yogoch keng qo‘llaniladi. Chunki u oson ishlanadi, dastlabki berilgan shaklini uzok vaqt saklaydi va ancha mustahkam buladi.
Kemalar va samolyotlarning modellarini, katta kuch tushmaydigan detallarini lipa terak va tog terak yogochlaridan tayyorlash mumkin. Bu yogochlar yengil bo‘lib yumshok bo‘lgan va ingichka tolalidir. Shuning uchun ularga asboblar bilan ishlov va jilov berish oson.
Qaragay mexanik jihatdan yukori darajada mustahkam bo‘lib, kesuvchi asboblar bilan yaxshi ishlandi. Aviamodelchilik va kemamodelchiligida yupka katlamli (tolalarning oraligi 1 mmgacha) va to‘g‘ri katlamli karagaydan foydalaniladi. Undan planer va samolyot modellarining fyuzelyajlari uchun reykalar, kanot va stabilizatorlarning zixlari, lonjeronlari, paraklar va hakazolar tayyorlanadi.
Aviomodelchilik va kema modelchiligida yupka bambuk ham ko‘p ishlatiladi. U juda mustahkam tashki katlamga yega bo‘lib, tolalarining buylamasiga yaxshi yoriladi, randa bilan tekislanadi, yegov bilan ishlanadi. Unda tayyorlangan reykalar yaltirok tomonning orkasidan alangada isTIlsa yaxshi buqiladi. Uzagining diametri 30-60 mmli va devorning kalinligi 3-5 mm bambukni ishlatish kulay. Bambuk reykalar bilan ishlashda xavfsizlik texnikasi koidalariga roiya qilish kerak.
5. Texnik konstruksiyalash va modellashtirishda ishlatiladigan moslamalar.
Texnik konstruksiyalash va modellashtirishda faner ham yogoch plitalarni qo‘llash keng tus olgan bunday plitalar kayin, tog terak yoki karagaydan tayyorlangan, uch, besh yoki ko‘p katlamli fanerdan iborat bo‘lib ularni 1,5 mmda 18 mmgacha kalinlikda, yeni 725 mmdan 1525 mmgacha, buyi 1220 mmdan 2440 mmgacha ulchashda ishlab chiqariladi. Plyonka koplangan bezakli faner turtta DF-1, DF-2, DF-3,DF-4 markalar bilan tayyorlanadi.
Yog‘och tolali plitalar DVP mustahkamligiga karab: yumshok (M-4, M-12 va M-20) yarim kattik (PT-100), kattik (T – 350, T-400) va uta kattik (ST-500) plitalarga bulinadi. Texnik konstruksiyalash va modellashtirishda qo‘llaniladigan (PT-1, PS-1, PT-3 va PS-3) markali yogoch kipik plitalarning DSP buyi 1800 mmdan 3660 mgacha, yeni 1220 mmdan 1830 mmgacha va kalinligi 10 mmdan 25 mmgacha buladi.
Texnik konstruksiyalash va modellashtirish ishlarida modellarning korpuslarini, aviomodellarning yelementlari va hakazolarni tayyorlash uchun yozuv, Chizma kogozlaridan hamda kortonlardan foydalaniladi.
Texnik konstruksiyalash va modellashtirishda o‘zining mustahkamligi jihatdan kolishmaydigan har xil plastmassalar ham keng qo‘llaniladi. Shunday plastmassalardan biri (kalingi 0,8 mmdag 24 mmgacha yaltirok rangsiz list kurinishida chiqariladigan sol, ST-1) organiq oyna bo‘lib, uni samolyotlar, avtomashinalar modellarining fanerlarini, kabinalarini, kemalarning rubkasini va hakazolar yasashda ishlatiladi. Organiq oynadan tayyorlangan detallarni yopishtirish uchun yeritkich yoki yelimlar, benzol aseton va dxloretan qo‘llaniladi.
Qalinligi 0,2 mmdan 5 mmgacha qilib och jigar rang listlar kurinishida chiqariladigan getinaksdan past chastotali diaelektrik har xil korpus detallari tagliklar va hakazolar o‘rnida foydalaniladi. Getinaks detallarni D-9, BF-2 yelimlar bilan yopishtirish mumkin.
A markali seluyuloid kalinligi 0,3 mmdan 5 mmgacha bo‘lgan yaltirok yoki turli ranglardagi listlar kurinishda ishlab chiqariladi. Ulardan modellarni pardozlashda va mayda detallarni va bashnyalarni, kabenalarni, shuningdek har xil mashina modellarini yoritkich faralarini shtambovkalashda foydalaniladi. Selluloid detallar aseton yoki AK-20 yelimi bilan yopishtiriladi.
Texnik konstruksiyalash va modellashtirishda PS-1, PS-4, PXV-1, FF markalari bilan ok rangli plitalar kurinishida tayyorlanadigan penoplast ham keng urin olgan. Uni samolyotning fyuzilyaji, stabilizatori, kemalar korpusi va hakazolarni tayyorlashda ishlatiladi. Penoplastdan yasalgan detallarni BF – 2, BF-4 yelimlar bilan, FF markali penoplastni yesa 88 nomerli yelim bilan yopishtirilishi mumkin.
Yukorida aytilgan materiallardan tashqari tekistolit, viniplast, polistrol, kapron, polietilen va hakazolar ishlatiladi. Sintetik yelimlarni ishlatishda yehtiyot choralariga jiddiy roiya qilish kerak.

Download 123.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling