Texnik konstruksiyalsh va
Download 216.03 Kb.
|
Seminar mashg\'ulotlari 3-semestr
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI Mehnat ta’limi kafedrasi Texnik konstruksiyalsh va modellashtirish fanidan seminar mashg‘ulotni bajarish uchun USLUBIY KO‘RSATMA (3-semestr) 5A112101-Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi Qarshi -202 _ yil K I R I SH O‘zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturi va "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonunga binoan, mamlakatimizda ta’lim standartlari va ko‘p bosqichli ta’lim tizimiga o‘tilishi, pedagogik jarayonni tashkil etishni talab qiladi. Ushbu uslubiy ko‘rsatmaning maqsadi bo‘lajak 5A112101-ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi talabalariga texnik konstruksuyalash va modellashtirish bo‘yicha ta’lim va tarbiya berishning samarali usullarini tashkil etish, bilim, malaka va kunikmalar bilan qurollantirishdan iborat. Seminar mashg‘ulotlari fanga oid shakllantiriladigan bilimlar, har bir seminar mashg‘ulotining maqsadi, ishni bajarishda ishlatiladigan jihozlar, asbob va moslamalar, mashg‘ulotni bajarish ketma-ketligi ko‘rsatilgan yo‘riqlar, har bir mashg‘ulot yuzasidan talabalar bilimini tekshirish uchun nazorat savollari berilgan. Talabalar ishlarni o‘rganishda asosan, yog‘och va metal materiallar turlari bilan tanishishlari, duradgorlik va metallarga ishlov berish asboblari, jihozlar va moslamalari bilan tanishish, ular bilan ishlash va turli konstruksiyali detallarga ishlovi berishlarni, pardozlash ishlarini o’rganish va shu kabilarni bilishlari kerak. Seminar mashg‘ulotlari jarayonida talabalarda sekin asta ijodiy fikrlash faollashtiriladi. Ularda diqqat, fazoviy tasavvur rivojlanadi. Shaklni his qilish, chamalash, harakatlar koordinasiyasi, materiallarga qo‘lda ishlov berish jarayonida turli operatsiyalarni bajarishda marom, suratni his qilish va kuchni ratsional ishlatish hissi takomillashadi. Talabalar seminar mashg‘ulotlarida qulay ish vaziyatalarini egallay bilish, ishlov berishda detallarni to‘g‘ri joylashtirish kabi bir kator ko‘nikmalarni o‘rganishga oid pedagogik mahoratni egallaydilar. 5A112101-ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi mutaxassislari esa maktab o‘quvchilarni ana shunday bilim va ko‘nikmalarni o‘rgatish jarayoni bilan nazariy va metodik jihatdan tayyor bo‘lishlari lozim. 5A112101-ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi uchun texnik konstruksuyalash va modellashtirish fanidan seminar mashg‘ulotlarining ta’lim mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligining 2020 yildagi tasdiqlangan namunaviy o‘quv dasturida belgilangan: Har bir mashg‘ulot o‘qituvchi tomonidan tegishli ko‘rsatmalar berilgandan so‘ng talabalar berilgan topshiriqlarni mustaqil ravishda hisobot tariqasida bajaradi va talaba tomonidan bajarilgan ishlar o‘qituvchi tomonidan baholanadi. Download 216.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling