Texnik konstruksiyalsh va
SEMINAR MASHG‘ULOTLARNING TEMATIK-KALENDAR REJASI
Download 216.03 Kb.
|
Seminar mashg\'ulotlari 3-semestr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzular mazmuni Ajratilgan soat Бажарилиш муддати
- 1 1 . Seminar mashg‘uloti. Mavzu: Texnik konstruktsiyalash va modellashtirishning moddiy sharoitlari (2 soat ) Ishning maqsadi
- Ishni bajarish tartibi
- Umumiy ma’lumotlar. O`quv binosiga qo`yiladigan talablar.
SEMINAR MASHG‘ULOTLARNING TEMATIK-KALENDAR REJASI
№ 11. Seminar mashg‘uloti. Mavzu: Texnik konstruktsiyalash va modellashtirishning moddiy sharoitlari (2 soat) Ishning maqsadi: Texnik konstruktsiyalash va modellashtirish to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ish, o`quv binosiga qo`yiladigan talablar, texnik loyihalash jarayonini va texnik konstruktsiyalash va modellashtirish mazmunini o‘rganish. Ishni bajarish tartibi: 1. O`quv binosiga qo`yiladigan talablar. 2. Texnik loyihalash jarayoni. 3. Texnik konstruktsiyalash va modellashtirish uchun kerakli materiallar. 4. Olingan natijalar to‘g‘risida yozma hisobot tayyorlash. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: Texnikaviy ijodkorlikka doir mashg`ulotlar o`tkaziladigan binolarga qo’yiladigan talablarni ayting. Konstruksiyalash va modellashtirish ustaxonalaridagi ish o`rinlari qanday bo`lishi zarur? Mashg`ulotlar o`tkazuvchi o`qituvchi yoki to’garak rahbariniig ish o`rniga qo’yiladigan talablarni ayting? O`quv ustaxonalari qanday sanitariya-gigiyena qoidalariga javob berishi lozim? Pardozlash va bo`yash ishlari qanday olib boriladi? Umumiy ma’lumotlar. O`quv binosiga qo`yiladigan talablar. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida texnik loyihalash va modellashtirish mashg`ulotlari uchun ko`pincha o`quv ustaxonalaridan foydalaniladi. Bu ustaxonalarda mehnat ta’limining har xil tashkiliy shakl va metodlaridan foydalanish; texnik ma’lumotlar berish; tadqiqotchilik va mehnat malakalarini shakllantirish ishlarini amalga oshirish; texnik bilimlarni mehnat usullarini, bajarilgan ishlarni sifatini nazorat qilish; estetik did va mehnat madaniyati ko`nikmalarini, mustaqil ishlash iqtidorini shakllantirish; konstruktorlik - texnologik xarakterdagi ijodiy masalalarni hal qilish, yuksak darajadagi mehnat intizomi va mehnat muhofazasi talablariga rioya etish uchun yaxshi sharoitlar mavjud bo`lishi kerak. O`quv ustaxonasining maydoni 80-90 m2 bo`lishi kerak. O`quv ustaxonalari yordamchi xonalarga ega bo`ladi. Ushbu xonalarda: yarimfabrikatlar, tayyorlangan buyumlar saqlanadi. Xonalar albatta quruq, yog`och polli, tabiiy va majburiy ventilyatsiyali, normal tabiiy va sun`iy yoritilgan, havosining harorati qishda 16-18° S, yozda 20° S dan oshmasligi kerak. Ustaxonada devorlari tekis, yorqin rangda shifti oq rangda bo`yalishi kerak. Ustaxonada tovush va vibratsiyani yutuvchi moslamalarni qo`llash hamda mehnatning ratsional usullaridan foydalanish orqali tebranish intensivligini kamaytirib tovush va vibratsiyani pasaytirishga erishish mumkin. Yuqorida aytilgan vazifalardan kelib chiqib o`quv ustaxonalari quyidagi asosiy sanitariya - gigiyenik va tashkiliy - metodik talablarga javob berishi lozim: Ustaxona binosi ta’limiy - pedagogik, sanitariya - gigiyenik va ishlab chiqarish - texnik talablarni qanoatlantirishi kerak. O`quv ustaxonalari texnikaning hozirgi darajasiga, yuksak mehnat madaniyatiga muvofiq jihozlanishi va ular faqat ustaxona amaliyoti dasturidagi barcha mavzularni emas, balki texnik ijodkorlikni ham o`rganish uchun zarur sharoit bilan ta’minlanishi lozim. Turli buyurtmalarni bajarishda pedagogning o`rganuvchilar bilan olib boradigan umumiy guruhli hamda brigada - zvenoli va potokli ishlari uchun ham sharoit yaratilishi zarur. Har bir ta’lim oluvchiga kerakli asbob - uskunalar va moslamalar bilan ta’minlangan alohida ish o`rni ajratilishi lozim. Pedagog uchun tegishli jihozlar, moslamalar bilan ta’minlangan va poldan 250-300 mm ko`tarilgan namunali ish o`rni tashkil etilishi lozim. Ustaxonalarda talabalarga eng qulay va xavfsiz mehnat qilishi uchun zarur sharoit bo`lishi shart. O`quv ustaxonalari hajmli va tekis ko`rsatmali qo`llanmalar, shuningdek, ta’limning texnik vositalari bilan jihozlanishi zarur. Yordamchi binolar (asbobxona va sklad) o`quv ustaxonasiga yaqin bo`lishi kerak. Tashqaridagi tovushlar, talabalarning e’tiborini ishdan chalg`itadigan va mehnat jarayoniga xalaqit beradigan shovqin - suronlar ustaxonaga kirmasligi lozim. Ish o`rni, deganda ustaxona maydonining o`quv ishlab chiqarish va konstruktorlik - texnologik ishlarni bajarishi uchun zarur uskunalar (verstak, stanok), asboblar va moslamalar maqsadga eng muvofiq holda joylashtirilgan qismi tushuniladi. Ishlash vaqtida o`quvchining gavdasi eng qulay joylashsa va ortiqcha harakatlanmasa, bunday ish o`rni ratsional tashkil qilingan hisoblanadi. Download 216.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling