Texnik moyli o'simliklarning xalq xo'jaligidagi ahamiyati reja


Kungaboqar Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati


Download 31.84 Kb.
bet2/8
Sana06.05.2023
Hajmi31.84 Kb.
#1434216
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TEXNIK MOYLI O

Kungaboqar
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Moyli o‘simliklar ichida kungaboqar ekiladigan maydon va umumiy hosildorligi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Urug‘ida yog‘ning miqdori yuqori bo‘lib 52-57% tashkil etadi. Uning yog‘i och sariq rangli, yaxshi sifatli, oson hazm bo‘ladi. Yog‘i oziq-ovqat sanoatining hamma sohalarida: margarin, non, shirin kulchalar tayyorlashda, konserva ishlab chiqarishda, lak-bo‘yoq sanoatida, sovun pishirishda, linoleum, klyonka olishda qo‘llaniladi. Kungaboqarning kunjarasidan hayvonlar uchun oziq tayyorlanadi. Kungaboqar poyasi qog‘oz ishlab chiqarish uchun xomashyo hisoblanadi. Poyasi yoqilganada qoladigan kul tarkibida 35% ga yaqin kaliy oksid bo‘ladi. Undan sovun pishirishda, shisha sanoatida va boshqa sohalarda ishlatiladigan potash olinadi. Gullash davrida silos tayyorlanadi. Poyasi o‘tin sifatida ishlatiladi. Kungaboqar urug‘ini tarkibida 29-60% moy va 16% oqsil bo‘ladi. Moyidagi 62% gacha biologik aktiv lipoya kislotasi, A, D, YE, K vitaminlari uning sifatini oshiradi.
Kungaboqar donli ekinlarga qaraganda yosh ekin hisoblanadi. Uning vatani Shimoliy Amerikaning Janubiy g‘arbiy hududlaridir. Yevropaga ispanlar XVI asrda olib kelishgan. Rossiyada XVIII asrda Ukrainada dekorativ ekin sifatida ekila boshlangan. Kungaboqardan dunyoda birinchi bo‘lib 1829 yilda Rossiyada krepostnoy dehqon D.S. Bokorev yog‘ ajratib olgan (qo‘lda siqib olish bilan), 1965 yilda esa Rossiyada yog‘ zavodi qurilgan. Shunday qilib, kungaboqarni ikkinchi vatani Rossiya bo‘lib qolgan. Amerikada XX asrning 20 yillarida eka boshlashgan, urug‘ini Rossiyadan olib borishgan.
Dunyoda 9,4 mln.ga yerga ekiladi. Hosildorligi 14 sga teng ilg‘or xo‘jaliklar 29 s dan hosil yetishtirishgan.

Botanik xususiyatlari. Kungaboqar (Helanthus annus L) bir yillik o‘simlik bo‘lib astradoshlar (Asteraceae) oilasiga mansub. Ikki turga bo‘linadi: madaniy kungaboqar (H.Cultus Wenzl.) va yovvoiyi kungaboqar (H.Ruderalis Wenzl). Madaniy kungaboqar yana 2 turga bo‘linadi: madaniy kungaboqarga va dekorativ kungaboqarga.
Madaniy kungaboqarning ildiz sistemasi o‘q ildiz bo‘lib, uzunligi 2,5-4 m bo‘lib, yoniga 1,0-1,2 m ga taraladi. Poyasi silindrsimon bo‘lib, ichi oq po‘kak massa bilan to‘lgan bo‘ladi, ustki qismi qattiq tuklar bilan qoplangan bo‘lib, uzunligi 0,6-2 mm ni tashkil etadi. Silosli sortlari 2,5-4,5 m bo‘ladi. Bargi yuraksimon-oval shaklida bo‘ladi. Pastki 3-4 par barglari suprotiv, keyingilari ketma-ket joylashgan. Barglar soni har xil bo‘ladi, tez pishar navlarda 15-25 ta, kech pishar navlarda 25-35 ta bo‘ladi. To‘pguli ko‘p gulli savatchadan iborat. Savatchaning diametri har xil (10-20 sm, 35-40 sm) bo‘ladi. Gulli ikki jinsli. Bitta savatchaning gullashi 7-10 kun davom etadi. Kungaboqar tipik chetdan changlanuvchi o‘simlik. Changlanishi asalarilar yordamida, kamroq shamol bilan boradi. Kungaboqar dalalariga asalari uyalari olib kelinsa changlanish yaxshi boradi. Mevasi-to‘rt qirrali pista, ayrim navlarida urug‘ida pansir yoki qalqon bor. Bu nav zararlanmaydi.bo‘ladi. Urug‘ining rangi qora, kulrang, oq. 1000 ta urug‘ining massasi 45 dan 125 g gacha bo‘ladi.



Download 31.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling