Texnik moyli o'simliklarning xalq xo'jaligidagi ahamiyati reja
Download 31.84 Kb.
|
TEXNIK MOYLI O
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biologik xususiyatlari.
- O‘g‘itlash.
Botanik xususiyatlari. Maxsar murakkabguldoshlar-Asteraceae oilasiga, Carthamus tinctorius D. avlodi va turiga mansubdir. Bir yillik o‘tsimon o‘simlik. Ildizi o‘q ildiz, yaxshi rivojlangan, uzunligi 1,5-2 m ga yetadi. Poyasi tik o‘sadi, dag‘al, oq rangda, sershox, tuksiz, balandligi 40-100 sm bo‘ladi. Poyasi pastdan yoki yarmidan boshlab shoxlaydi. Bargi bandsiz, tuksiz, cho‘zinchoq, ponasimon, cheti tishchali yoki tekis, tikanli yoki tikansiz bo‘ladi. Barglar yuqoriga borib maydalashib borib, to‘pgulning tashqi barg o‘ramasiga aylanadi. Gulto‘plami-savatcha, diametri 2-3 sm. Bitta o‘simlikda 10 dan 40-50 gacha savatcha hosil bo‘ladi. Savatchasi ko‘p gulli. O‘rtacha bitta savatchada 30-70 ta gul bo‘ladi. Guli ikki jinsli, naysimon, beshta gultojibargdan iborat bo‘lib, sariq, zarg‘aldoq, qizil ranglarda bo‘ladi. Chetdan changlanadi, hasharotlar orqali changlanadi. Mevasi-urug‘, kungaboqarning urug‘iga o‘xshaydi. 1000 ta urug‘ining og‘irligi 25-50 g.
Biologik xususiyatlari. Issiqsevar o‘simlik, ayniqsa gullash va yetilish fazasida issiqlikni ko‘p talab qiladi. Turli tuproqlarda o‘sadi, hatto sho‘rlangan tuproqlarda ham o‘sadi. Lekin uning uchun eng yaxshi tuproq qoratuproq va boshqa unumdor tuproqlardir. Maxsarning urug‘i 3-50 C unib chiqadi, maysasi 3-50 C sovuqqa chidaydi, optimal harorat 22-250 C hisoblanadi. Maxsarning o‘suv davri 90-150 kundan iborat. Lalmi yerlarda Milutinskiy-114 navi ekilmoqda. Asosiy o‘tmishdoshlar -kuzgi don ekinlari, don-dukkakli ekinlar, texnika ekinlaridan bo‘shagan yerlarga ekiladi. Maxsar erta bahorda don ekinlari bilan bir vaqtda ekiladi. Uni kuzda ham ekish mumkin, ammo hosildorlik kamayadi. Ekish usuli keng-qatorlab, qator orasi 45-60 sm, ekish chuqurligi bahorda 4-6 sm, kuzda 5-7 sm ni tashkil etadi. Ekish meyori bahorda ekilganda 6-8 kg, kuzda 8-10 kg. O‘g‘itlash. Ekinlarni parvarishlashda-borona qilinadi, qator orasiga ishlov beriladi, 2-4 marta sug‘oriladi, sug‘orish meyori-600-800 kub.m.ga. O‘g‘itlash meyori: azot-50-100 kg, fosfor 100-150 kg, kaliy 50-70 kg sof modda hisobida solinadi. Maxsar to‘la yetilganda don kombaynlar yordamida yig‘ib olinadi. Download 31.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling