Texnik nivelirlash jumalini ishlash. Ishdan maqsad
Trassa bog‘lovchi nuqtalarining mutloq balandlik belgisini hisoblash
Download 195.91 Kb.
|
YMK-4 Musajonov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Egri chiziq elementlarini hamda bosh nuqtalarining piket o‘rnini hisoblash
- Bo‘ylama va ko‘ndalang kesim tuzish Ishdan maqsad
- Bo‘ylama kesimni loyihalash
- Ish belgilarini hisoblash
- Ko‘ndalang kesimlarni tuzish
5. Trassa bog‘lovchi nuqtalarining mutloq balandlik belgisini hisoblash.
Ikta ketma-ket joylashga stansiyada turib nivelirlangan tarssa nuqtalari bog‘lovchi nuqtalar deb ataladi. Bog‘lovchi nuqtalar balandlik belgilari (Nn), nisbiy balandliklarga tuzatma (δh) larni qo‘shib turib quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: Hn= Hn-1 + (hn-1 + δh ) Masalan: HPK0=NRn17+(hn-1 + δh ) = 100,000m.+(1275mm.+1mm.) = 101,276m. Topilgan balandlik belgilari (H) nivelirlash jurnalining 11 – ustuniga har bir bog‘lovchi nuqtaning qatoriga yoziladi. Xar bir betda bog‘lovchi nuqtalarning balandlik belgisi hisoblab bo‘lingandan keyin betma-bet tekshirish amalga oshiriladi. Natija 3- punkdagi betma-bet tekshirish natijasi bilan bir hil bo‘lishi kerak. Mutloq balandlik belgilarini hisoblashda oxirgi reperning (NR 19 = 112,371m.) berilgan balandlik belgisi kelib chiqishi kerak. Ayrim stansiyalarda bir nechta oraliq nuqtalar nivelirlangan. (masalan, V, X va XVIII stansiyalarda). Bunda bir stansiyadagi xamma oraliq nuqtalar balandlik belgisini hisoblash uchun bitta asbob gorizonti topiladi va shu asbob gorizontidan xar bir oraliq sanoq ayriladi. Masalan:
∑=48109 ∑=6408 ∑=7990∑=23964∑=3995∑=11982 Egri chiziq elementlarini hamda bosh nuqtalarining piket o‘rnini hisoblash Burilish burchagining berilgan qiymati Ө=28º01′ va radius R= 450m qiymatlari bo‘yicha quyidagi formulalarga yoki maxsus “Doiraviy egri chiziqlarni rejalash jadvallari” ga asoslanib egri chiziqning tangensi (T), uzunligi (K), bissektrissasi (B) va domerlari (D) topiladi. Egri chiziq elementlarini hisoblash formulalari: Jadvaldan bu elementlar burilish burchagi Ө va R qiymatlari bo‘yicha topiladi. Masalan, agar Ө=28º01′ bo‘lsa [4] jadvalni 46-betidan T= 249,48; K=488,98; D=9,98; B=30,65 topiladi. Ular R=1000m uchun berilgan, topshiriqda esa R=500m deb ko‘rsatilgan. Shuning uchun elementlarni berilgan radiusga to‘g‘rilab hisoblash zarur. T=249,48*0,45=112.26m; K=488,98*0,45=220.04m; D= 9.98*0,45=4.49m; B=30,65 *0,45=13.31m Egri chiziq bosh (EB) va oxirgi (EO) nuqtalari piket o‘rni, burilish uchi piket o‘rni PK 5 + 00,00m orqali topiladi. Masalan: Tekshirish BU PK = 5+00,00 EB PK= 3+87,74 – + T = 1+ 12,26 2T = 2+24,52 _______________________ ________________________ EB PK = 3+87,74 =6+12,26 + – K = 2+20,04 D = 0+4.49 _______________________ _______________________ EOpk = 6+07,78 EOpk =6+07,77 Hisoblangan EOPK va tekshirishdagi qiymatlarining farqi 0,01m dan oshmasligi kYerak. Boshlang‘ich yo‘nalishining berilgan azimuti (A0=500º00′) va burilish burchagi (Ө=28º19′) bo‘yicha trassaning keyingi to‘g‘ri yo‘nalishini azimuti hisoblanadi. Egri chiziqdan keyingi trassaning yo‘nalishi azimuti A1 quyidagi formulalar bilan topiladi: agar Ө o‘ng bo‘lsa, A1= A0 + Өo‘ng; agar Ө chap bo‘lsa, A1= A0 – Өchap. Masalan: topshiriqda berilgan A0 =500º00′, Өo‘ng= Ө=28º01′ Shuning uchun A1= A0 + Өo‘ng = 202º00′+28º01′ = 230º01′. Bo‘ylama va ko‘ndalang kesim tuzish Ishdan maqsad: Bo‘ylama va ko‘ndalang kesimlarini tuzishni, loyihalash ishlarini o‘rganish. Bo‘ylama kesim tuzish Bo‘ylama va ko‘ndalang kesim 60x30sm. o‘lchamga ega millimetrli qog‘ozda tuziladi. Trassaning bo‘ylama kesimi 2 xil miqyosda: gorizontal 1 : 10000, vertikal 1: 1000 da chiziladi. Buylama kesim tuzish tartibi: 1. Millimetr qog‘ozni chap tarafida qog‘ozning o‘rtasidan gorizontal chiziq o‘tkaziladi. Undan pastda kesim to‘riga tegishli ma’lumotlar kiritiladigan gorizontal qatorlar majmuasi chiziladi. Qatorlar o‘lchami va nomlari 1-rasmda ko‘rsatilgan. 2. Nivelirlash jurnalida berilgan ma’lumotlarga asosan “Masofalar” qatoriga 1: 10000 miqyosda trassa piketlari (PK 0, PK 1 va x.k.) va oraliq (+40, +50, PK 3, +62 va h.k.) nuqtalar o‘rni tik chiziqlar bilan belgilanadi. Har bir piket chizig‘ining tagiga uning raqami (nomer): 0, 1,2 va x.k lar yozib qo‘yiladi. Piketlar va oraliq nuqtalar orasidagi masofa ko‘rsatiladi. Bu masofalarning yig‘indisi 100m ni tashkil etishi kerak. Bo‘ylama kesimga “X” nuqtalar va PK 14+50 dagi ko‘ndalang kesim nuqtalari (o‘ngga +8, +20 chapga +4, +14,+20) kiritilmaydi. “Yer belgilari” qatoriga nivelirlash jurnalidan (11-ustun) piket va oraliq nuqtalarining tegishli mutloq balandlik belgilar 0,01m. gacha yaxlitlab ko‘chiriladi. 3.To‘rning eng yuqori gorizontal chizig‘i (shartli sath yuzasi) dan 6-10sm. ko‘tarilib, tik chiziq bo‘yicha 1:1000 miqyosda jurnalidagi mutloq balandliklarga ko‘ra 10m gacha yaxlitlangan balandliklar belgisi xar 1sm da yozib chiqiladi (130,140,150 va h.k.) Nivelirlash jurnalining “Yer belgilari” qatoridagi mutloq balandlik belgilari bo‘yicha PK va oraliq (+) nuqtalarining tik chiziq (ordinata)lardagi o‘rni belgilanadi. Ordinatalar uchi to‘g‘ri siniq chiziqlar bilan tutashtiriladi. Bu hosil bo‘lgan siniq chiziq trassaning bo‘ylama kesimi bo‘ladi. 4.“Yer qatlami” qatoriga geologik qidiruv ishlari natijasida olingan yerning ustki qatlami tarkibi yoziladi (qumlik, loy, tosh va h.k.). 5. Tafsilotlar” qatoriga piketlash daftarchasidan trassa yoni tafsilotlari tushiriladi, qator o‘rtasi bo‘ylab uzunasiga trassa o‘q chizig‘i chizilib, burilish uchlari piket o‘rni (BU1PK)ga ko‘ra tegishli tomonga qaratilgan (chap, o‘ng) mil (strelka) lar bilan ko‘rsatiladi 6. “Trassa tarhi” qatorida yana trassa o‘q chizig‘i o‘tkaziladi hamda “Trassa egri va to‘g‘ri chiziqlari jadvali”da hisoblab topilgan trassaning hamma egri chiziqlari (EBpk, EOpk) piket o‘rni qiymatlariga ko‘ra egri chiziqlar oval chiziq bilan belgilanadi. Agar burilish o‘ng tarafga bo‘lsa, oval pastdan, agar chap tarafga bo‘lsa - yuqoridan chiziladi. Egri chiziqning bosh va oxirgi nuqtasidan “Masofalar”gacha tik chiziq ko‘tarilib ikki tarafida piketlargacha bo‘lgan masofa beriladi. Trassaning to‘g‘ri chiziqli uchastkalarining azimutlari (A0 va A1) xamda uzunliklari trassa boshidan egri chiziq boshigacha (d1) va egri chiziq oxiridan trassa oxirigacha (d2) trassa o‘qi chizig‘ining usti va tagida ko‘rsatiladi. 7. “Kilometrlar” qatorida PKO dan boshlab xar 10- piketda 5mm li yarmi bo‘yalgan doirachalar ( ) shaklida kilometr belgilari qo‘yiladi va km raqami yoziladi. 8. Chizma yuqorisida bo‘ylama kesim nomi va qo‘llanilgan miqyoslar qiymati yoziladi. Bo‘ylama kesimni loyihalash Yerning mavdjud bo‘lgan kesimini poezdlarni yurishiga imkon tug‘dirish uchun tekislash zarur, chunki keskin baland-pastliklardan u yurolmaydi. Loyihaviy chiziq o‘tkazishda qator qoidalarga rioya qilish kerak (asosiy nishablik qiymati, egri chiziq radiusi va yoy uzunligining eng kichik yo‘l qo‘yarli qiymatlari, tuproq olish va solish hajmlarining tengligi va h.k.). Berilgan hisob-chizma ishida shu qoidalarning ayrimlariga asoslangan holda loyihaviy chiziq o‘tkaziladi, xususan: tuproq ishlari hajmining tengligi, rahbar tomonidan belgilangan loyihaviy nishablikning chegarasidan chiqmasligi, bir hil nishablikdagi loyihaviy chiziq qismi 250m dan kam bo‘lmasligi. Loyihaviy chiziq siniq chiziq shaklida yer kesimi o‘rtasidan shunday o‘tkaziladiki, ko‘z bilan chamalab qaraganda butun trassa bo‘ylab “tuproq olish” va “tuproq solish” lar hajmi teng bo‘lsin. Loyihaviy chiziqni sinish nuqtalari iloji boricha piketlarga to‘g‘ri kelishi kerak. Qarama-qarshi ishorali loyihaviy chiziqning qismlari tutashgan joylarida gorizontal qilib o‘tqazish kerak. Loyihaviy chiziqning bir xil nishablikli uchastkasi “Loyihaviy nishabliklar” qatorida vertikal chiziq bilan chegaralanadi va shu qismida tegishli diagonal yoki gorizontal chiziqlar bilan ifodalanadi. Agar nishablik manfiy bo‘lsa, diagonal chapdagi yuqori burchakdan o‘ngdagi pastki burchak tomon o‘tkaziladi, agar musbat bo‘lsa, aksincha, diagonal pastdan yuqoriga bo‘ladi. Loyihaviy chiziqning gorizontal qismida, nishabliklar qatoridagi tegishli uchastkasida gorizontal chiziq o‘tkaziladi. Loyihaviy nishablik quyidagi formula bo‘yicha hisoblab topiladi: il = bu yerda Hox va Hb - balandliklar shkalasi bo‘yicha grafik yo‘l bilan aniqlanadigan loyihaviy chiziqning shu qismini boshi va oxirini loyihaviy balandlik belgilari; d - loyhaviy chiziqning shu qismini uzunligi, masofalar qatori bo‘yicha 10m gacha yahlitlab olinadi. Diagonallarning va gorizontal chiziqning tepasiga nishabliklarni qiymati ‰ (promillya) o‘lchamida, masalan, i = 0,012 bo‘lsa, 12‰ yoki 12 deb yoziladi, pastiga esa d masofalar (rasm 1 da d = 700m, 400m, 900m) yoziladi; “Loyihaviy belgilar” qatorida boshlang‘ich PKO ning loyihaviy belgisi rahbar tomonidan berilishi eki balandliklar shkalasidan grafik usulda olinishi mumkin. Trassadagi qolgan nuqtalarning loyihaviy belgilari qo‘yidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: bu yerda - hisoblanayotgandan oldingi nuqtaning loyihaviy belgisi; - hisoblanayotgan nuqta joylashgan loyihaviy chiziq qismining nishabligi; d loyhaviy belgilari ma’lum va aniqlanadigan nuqtalar orasidagi masofa (“Masofalar” qatoridan olinadi). Oraliq (+) nuqtalarni loyihaviy balandliklarini hisoblashda ulardan oldin joylashgan piketdan shu nuqtagacha bo‘lgan masofa formuladagi d - ning o‘rniga qo‘yiladi. Hisoblangan loyihaviy belgilar 0,01m gacha yaxlitlanib, bo‘ylama kesim to‘ridagi “Loyihaviy belgilar” qatoriga yoziladi. Ish belgilarini hisoblash Trassaning barcha nuqtalari uchun (ko‘ndalang kesim nuqtalaridan tashqari) ish belgilari (trassaning har bir nuqtasida tuproq olish balandligini va tuproq solish chuqurligini ko‘rsatadilar). Ular bir nuqtaning yer belgisi bilan loyihaviy belgisi orasidagi farqqa teng, ya’ni Musbat ishorali ish belgilari bo‘ylama kesimda o‘tkazilgan loyihaviy chiziq pastidan, manfiy ishoralilari esa tepasidan yoziladi. Loyihaviy va yer chiziqlari kesishgan nuqtalar nol ishlari nuqtasi deyiladi va ulardagi ish belgilari 0 ga teng. Ko‘ndalang kesimlarni tuzish Ko‘ndalang kesimlarning gorizontal va vyertikal masshtablari bir xil bo‘ladi. Masshtablar 1 : 50, 1 : 100, 1 : 200 yoki 1 : 500 deb tanlanishi mumkin. Ko‘ndalang kesim to‘ri faqat ikkita qatordan iborat bo‘ladi: “Masofalar” va “ yer belgilari”. “Masofalar” qatorida trassa o‘qi bilan kesishgan joyidan chap va o‘ngga olingan masofalar (masalan, rasm 2 da chap +12, chap+20, o‘ng +8, o‘ng+20) ordinatalar bilan belgilanadi. “Yer belgilari” qatoriga ko‘ndalang kesim nuqtalarining balandlik belgilari nivelirlash jurnalidan 0,01m gacha yaxlitlab ko‘chiriladi. So‘ng to‘rdan 10-12sm yuqoriga ko‘tarilib, shu belgilar bo‘yicha nuqtalarning qo‘yiladi va ular to‘g‘ri chiziqlar bilan tutashtirilib, yer kesimi hosil qilinadi. Ko‘ndalang kesim tepasida “PK 14+50.00 dagi ko‘ndalang kesim”, hamda miqiyos qiymati “M 1:200” yoziladi. Download 195.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling