Massivlar(sonli massivlar va Satrli massivlar)
Massivlar - bitta o'zgaruvchida bir xil turdagi ko'p qiymatlarni saqlash uchun ishlatiladi.
Misol uchun sizda birgalikda saqlamoqchi bo'lgan tadbirlar ro'yhati yoki konstavar buyumlari ro'yhati, ranglar ro'yhati bo'lishi mumkin. Siz ularni alohida o'zgaruvchilarda saqlashingiz mumkin ammo ularni har biri uchun ko'p o'zgaruvchilar yaratishingiz kerak va ular birgalikda bog'lanmaydi.
Bunday holatda, php massivlar qo'l keladi. Massivlar bitta o'zgaruvchida bir yoki undan ortiq qiymatlarni saqlay oladi. Shuningdek, biz ularni(qiymatlarni) foreach sikli orqali har xil joyga joylashtirishimiz, harakatlantirishimiz mumkin bo'ladi.Massiv yaratish - PHP da biz massivlarni array() funksiyasi orqali yaratishimiz mumkin bo'ladi.
Sintaksis:
/*
bu funksiya bir necha vergul bilan
ajratilgan qiymatlarni massiv yaratish uchun
kiruvchi ma'lumotlar sifatida qabul qiladi.
*/
array();
?>
PHP da massivlarning 3 xil turi mavjud bo'lib, ular quyidagicha:
Indekslangan massiv: Bu sonli indeksli massiv.
Birlashgan massiv: Bu indeks sifatida nomlangan kalit. Kalit sonli va matnli ko'rinishda bo'lishi mumkin.
Ko'p o'lchamli massiv: Bu bir yoki undan ko'p massivlarni ichiga olgan massiv.
Namuna -
Keling, bir massivni qanday yaratilishini namuna sifatida sizni tushunishingizda yordam berish uchun olamiz.
/*
moshina nomlari yozilgan massiv
*/
$moshinalar= array("Captiva", "Malibu", "Jiguli");
?> Biz massivdagi ma'lumotni olishimiz uchun, indeks sonlardan foydalanamiz yoki foreach sikli orqali massivdagi elementni o'qish uchun foydalanamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |