O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta
maxsus ta’lim vazirligi
Farg’ona politexnika instituti
texnik ta’limda o’qitish texnologiyasi
Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda
o’qitish texnologiyalari
X.A. ERALIYEV
«energetikaning matematik masalalari»
Fani bo’yicha
Ta’lim texnologiyasi
FARG’ONA – 2016
Kirish
«Energetikaning matematik masalalari» fani bo’yicha tuzilgan ushbu namunaviy dastur qo’yilgan DTS talablari asosida tuzilgan. Respublikamizda iqtisodiy islohatlarni yanada chuqurlashtirish hamda bozor munosabatlarining rivojlanishida malakali energetik mutaxassisliklarini tayyorlashga zarurat katta.
Ushbu dastur energetik qurilmalar, ularning ishlash prinsiplari, qonuniyatlari va ularda sodir bo’ladigan jarayonlarning ba’zi bir masalalarning matematik yo’l bilan hal etiladi, EESlar, ularning ishlash jarayonidagi qonunlar va shu qonunlarni energetik masalalarini yechishda qo’llash va tadqiq qilish haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Fanning maqsad va vazifalari
Fanning o‘rganishdan maqsad – talabalarda elektr ta’minoti tizimlarining matematik modellashtirish va tadqiq qilish sohasidagi bilimlarni mukammallash-tirish va boshqa masalalarni mustaqil yechish malakalarini hosil qilish, elektr energetika yo‘nalishiga mos ta’lim standartida talab qilingan bilimlar, ko‘nikmalar va tajribalar darajasini ta’minlashdir.
Fanning asosiy vazifalari – energetik qurilmalar, ularning ishlash prinsiplari, qonuniyatlari va ularda sodir bo‘ladigan jarayonlarning ba’zi bir masalalarining matematik yo‘l bilan hal etilishi, elektr energetika sistemalari, ularning ishlash jarayonidagi qonunlar va shu qonunlarni energetik masalalarini yechishda qo‘llash va tadqiq qilish haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |