Texnik termodinamika asoslari


Ishchi jism. Holat parametrlari


Download 83.19 Kb.
bet2/6
Sana04.04.2023
Hajmi83.19 Kb.
#1323621
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1- ma\'ruza (1)

2. Ishchi jism. Holat parametrlari
Termodinamikada ishchi jism sifatida shunday jism qabul qilinadiki, u orqali issiqlik va ish o‘zaro aylanadi.
Masalan, bug‘ turbinalarida ishchi jism suv hisoblanadi, gaz turbinalarida – gaz, sovitish qurilmalarida esa freonlar, ammiak va boshqalar.
Ichki yonuv dvigatellarida benzin bug‘i bilan havo aralashmasi ishchi jism hisoblanadi. Ishchi jism hisobiga issiqlik hosil qilinadi, uzatiladi va ortiqchasi sovitkichga chiqariladi, hamda ma’lum miqdorda ish bajariladi.
Moddalar, odatda, quyidagi uchta asosiy holatning bittasida bo‘ladi: gaz, suyuqlik va qattiq jism ko‘rinishida. Plazma deb ataluvchi ionlangan gazni baozan moddaning to‘rtinchi holatidan iborat deb hisoblaydilar.
Bitta jismni o‘zi turli sharoitlarda turli holatlarda bo‘lishi mumkinligi muqarrardir. Tekshirilayotgan jism berilgan o‘zgarmas sharoitlarda har doim bitta holatdagina bo‘ladi, masalan, suv atmosfera bosimi va 200S temperaturada faqat bug‘ ko‘rinishida bo‘ladi.
Tekshirilayotgan modda holatini aniqlash uchun modda holatining holat parametrlari deb yuritiladigan qulay tavsifnomalari kiritiladi. Moddaning xossasi intensiv va ekstensiv bo‘lishi mumkin. Tizimdagi modda miqdoriga bog‘liq bo‘lmagan xossalar intensiv xossalar deb ataladi (bosim, temperatura va boshqalar).
Modda miqdoriga bog‘liq bo‘lgan xossalar ekstensiv xossalar deb ataladi. Solishtirma, ya’ni modda miqdori birligiga nisbatan olingan ekstensiv xossalar intensiv xossalar maonosiga ega bo‘lib qoladi. Masalan, solishtirma hajm, solishtirma issiqlik sig‘imi va shunga o‘xshashlar intensiv xossalar sifatida tekshiriladi.
Termodinamikaviy tizimlarning holatini belgilovchi intensiv xossalar tizim holatining termodinamikaviy parametrlari deb ataladi. Holat parametrlaridan eng ko‘p tarqalgani jismning absolyut temperaturasi, absolyut bosimi va solishtirma hajmidir.

Temperatura


Eng muhim parametrlardan biri absolyut temperaturadir. Temperatura jismning issiqlik holatini tavsiflaydi. Issiqlikning faqat ko‘proq qizdirilgan jismdan kamroq qizdirilgan jismgagina, ya’ni yuqori temperaturali jismdan past temperaturali jismga o‘tishi tajribadan juda yaxshi ma’lum. SHunday qilib, jismlar temperaturasi bu jismlar orasida issiqlikning o‘z-o‘zidan o‘tishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishni aniqlaydi.
Temperatura, masalan, termometrlar yordamida o‘lchanadi. Temperaturani o‘lchash uchun foydalaniladigan har qanday asbob qatoiy belgilangan temperatura shkalasiga muvofiq graduslarga bo‘lingan bo‘lishi kerak.
Hozir turli temperatura shkalalari – Selpsiy, Farangeyt, Reomyur va Renkin shkalalaridan foydalaniladi. Bu shkalalar orasidagi nisbat 1-1 jadvalda keltirilgan.
Termodinamikaviy tadqiqotlarda 1848 yilda buyuk ingliz olimi Kelpvin taklif etgan shkaladan foydalaniladi. Kelpvin shkalasining noli sifatida ideal gaz molekulalarining tartibsiz harakati to‘xtaydigan temperatura qabul qilingan: bu temperatura absolyut nolg‘ deyiladi. Absolyut nolg‘ Selpsiy shkalasi bo‘yicha – 273,15S temperaturaga muvofiq keladi. Kelpvin shkalasi bo‘yicha hisoblanadigan temperatura doimo musbat bo‘ladi. U absolyut temperatura yoki Kelpvin bo‘yicha temperatura deyiladi va K bilan belgilanadi.

Download 83.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling