Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari faniga kirish. Axborot kommunikatsion texnologiyalarining komponentalari


Axborot texnologiyalari taraqqiy etishining asosiy bosqichlari va rivojlanish istiqbollari


Download 15.64 Kb.
bet5/6
Sana19.06.2023
Hajmi15.64 Kb.
#1621343
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Maruza

3. Axborot texnologiyalari taraqqiy etishining asosiy bosqichlari va rivojlanish istiqbollari.

  • 1 – bosqich. XIX asirning 2 – yarmigacha davom etgan. Bu bosqichda «qo’llik» axborot texnologiyalari taraqqiy yetgan. Uning vositasi pero,siyoxdon, kitob. Kommunikatsiya ya’ni aloqa odamdan – odamga yoki pochta orqali xat vositasida amalga oshirilgan.
  • 2 - bosqich. XIX asirning oxiri, unda «mexanik» texnologiya rivoj topgan. Uning asosiy vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat.
  • 3 – bosqich. XX asirning boshlariga mansub bo’lib, «elektromexanik» texnologiyalar bilan farq qiladi. Uning asosiy vositasi sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan. Bu bosqichda axborot texnologiyasining maqsadi ham o’zgardi. Unda asosiy urg’u axborotni tasvirlash shaklidan uning mazmunini shakllantirishga ko’chiliriladi. 
  • 4 – bosqich. XX asir o’rtalariga to’g’ri kelib, «elektron» texnologiyalar qo’llanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyaning asosiy vositasi EHM lar va ularning asosida tashkil yetiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash tizimlaridir.

5 – bosqich. XX asirning oxiriga to’g’ri keladi. Bu bosqichda kompyuter texnologiyalari taraqqiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga mo’ljallangan turli dasturiy vositalarga ega bo’lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu bosqichda kundalik turmush, madaniyat va boshqa sohalarga mo’ljallangan texnik vositalarning o’zgarishi ro’y berdi. Lokal va global kompyuter tarmoqlari ishlatila boshlandi.
6 – bosqich. XXI asirning boshi. Axborotlashgan jamiyat. Hozirgi kunda jamiyatimizni axborotlashtirishga katta etibor qaratilmoqda. Barcha sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalari kirib keldi. Elektron hukumat, elektron hujjat almashuvi, elektron xizmatlar, elekton tijorat va elektron to’lov shular jumlasidandir.
Jamiyatni axborotlashtirish – yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayonidir.
Axborotlashgan jamiyat quyidagi jihatlarda namoyon bo’ladi:
    • texnik qurilmalardan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lish;
    • o’z faoliyatida kompyuter, axborot texnologiyalaridan foydalanish;
    • turli manbalardan axborotni olishni bilish va undan samarali foydalanish;
    • axborotni tahliliy qayta ishlash asoslarini egallash;
    • o’z faoliyatiga taalluqli axborotni bilish va u bilan ishlashni uddalash.

Download 15.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling