Elektron ta`lim platformasini yaratishdan maqsad quyidagicha:
- Tibbiyot sohasida tahsil olayotgan talabalarning amaliyot jarayonlarini soddalashtirish va kerakli haqiqiy bilim va ko`nikmalar hosil qilishlarini ta`minlash, shuningdek ularning bilimlarini baholab borish.
- Tibbiyot oliy ta`lim muassasalarining faoliyat jarayonlarini boshqarishni takomillashtirish.
- Tibbiyot sohasidagi har qanday foydalanuvchiga o`z bilim va ko`nikmalarini baholash va oshirishlari uchun vaqtni tejash va ortiqcha urinishlarsiz haqiqiy tajriba amaliyoti uchun imkoniyat yaratib berish.
3. ELEKTRON TA`LIM PLATFORMASIGA QO`YILADIGAN TALABLAR.
3.1. ETP mustaqil amaliyot va ko`nikmalarni oshirish bilan birga tibbiyot oliygohlarining darslari materiallari saqlanadigan va talabalar online ta`lim olishlari mumkin bo`lgan platforma bo`lishi lozim.
3.2. Ishlab chiqiladigan axborot tizimi:
texnik topshiriqda ko`zda tutilgan barcha vazifalarni bajarishi;
kelajakda tizimning funksional imkoniyatlari ko`paytirilib, tizim takomillashtirilib borilishi mumkinligi ko`zda tutilgan bo`lishi;
umumiy ma`lumotlar bazasi bilan ishlaydigan bir qancha alohida modullar shaklida yaratilib, har bir modulni alohida takomillashtirish yoki qo`shimcha modullar qo`shish imkoniyati ko`zda tutilgan bo`lishi;
kelajakda boshqa axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi mumkinligi ko`zda tutilgan bo`lishi;
texnik vositalar va malakali texnik xizmat ko`rsatishni optimal darajada talab qilishi;
foydalanuvchilar uchun qulay interfeysga ega bo`lishi;
ma`lumotlarning ishonchli saqlanishini ta`minlash;
ma`lumotlarning qulay va tushunarli ko`rinishlarda aks ettirilishini ta`minlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |