Texnik vositalarning rivojlanish tendentsiyalari
Ikkinchi avlod. Transistorli kompyuterlar (1955-1965)
Download 60.65 Kb.
|
Texnik vositalarning rivojlanish tendensiasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi avlod. Integral elektron kompyuterlar (1965-1980)
Ikkinchi avlod. Transistorli kompyuterlar (1955-1965)
Ikkinchi avlod Jon Bardin, Villian Shokli va Uolter Brotteyn Bell Lobaratoriesda 1947 yilda ulanishning tranzistor deb nomlangan yangi elektron uskunasini kashf etdilar.Tranzistorlar quyidagi xossalariga kora vakuum lampalarga nisbatan yaxshiroq elektron uskunasi bolib, chiqdi: 1. Ular ancha pishiq va muomalada lampaga nisbatan sodda edi, chunki ular shishadan emas, germaniyli yarim otkazgichli materialdan qilingan edi. 2. Ular trubkalarga nisbatan ancha ishonchli edi, chunki ular ipga oxshash ishdan chiqadigan hech qanday qismlarga ega emas edi. 3. Ular lampaga nisbatan ancha tez (deyarli on marta tezroq) ishga tushar edi. 4. Ular lampa tomonidan istemol qilinadigan quvvatning deyarli ondan birini istemol qilardi. 5. Ularga lampaga nisbatan ancha kichik edi. 6. Ular ishlab chiqarishda nisbatan arzonroq edilar. 7. Ular vakuum trubkalarga taqqoslaganda ancha kam issiq tarqatar edilar. Ikkinchi avlod kompyuterlari tranzistorlardan foydalanib, tayyorlangan edi. Ular birinchi avlod kompyuterlariga nisbatan ancha quvvatli, ancha ishonchli, arzonroq, kichik va xarorati pastroq edi. Ikkinchi avlod kompyuterlari malumotlarni saqlash texnologiyasida ham ozgarishlarga uchradilar. Ikkinchi avlod kompyuterlarining xotirasi magnitli ozaklardan iborat. Magnit ozaklar ferritdan qilingan uncha katta bolmagan xalqachalar bolib, har qanday yonalishda – soat strelkasi boylab ham yoki unga teskari tomonga ham magnitlanishi mumkin. Erkin murojaat qilinadigan katta xotira (bir necha onlab kilobayt sigimga ega) simlar torlarida terilgan bir qancha magnit ozaklarga ega edi yilda tadqiqotchilar tez va qulay ikkilamchi axborot tashuvchisi sifatida magnit lentasi (tasmasi)ni kiritadilar. Keyinroq, shuningdek magnit disklaridagi axborotlar toplovchi vositalar ishlab chiqildi. Magnitli disklar ikkinchi avlod kompyuterlarida asosiy ikkilamchi axborot tashuvchilar boldilar. Foydalanuvchilar avvalgidek dasturlarni va malumotlarni tayyorlash va kompyuterga kiritish uchun perfokartalardan keng foydalanardilar.
1958 yilda Jek Sent-Kler Kilbi va Robert Noys birinchi integral sxemani ixtiro qildilar. Integral sxema (IS) tranzistor rezistor va kondensatorlarga oxshash kremniyning bitta krestalidan ostirilgan va tarkibi bir biriga simsiz birlashtirilgan bir qancha elektron qismlardan iborat edi. IS texnologiyasi mikroelektronika sifatida ham malum edi, chunki bu sxema juda kichkina (5mm kvadrat kamroq) kremniy yuzasida kop komponentlarni birlashtirigan, uni chip nomi bilan mashxur bolgan (1-rasm, (s)ga qarang). Dastlab integral sxemalar ontadan yigirmatagacha komponentdan iborat bolgan. Bu texnologiya kichik integrasiya darajasi (SSI) deb nomlangan. Keyinroq mikrosxemalar tayyorlash uchun texnologiyada olga siljishlar yuz berishi bilan bitta chipda yuztagacha komponentni integrasiyalash mumkin boldi. Bu texnologiya intergrasimyaning orta darajasi (MSI) sifatida malum edi.Uchinchi avlod EHM mikrosxemalardan foydalanib tayyorlandi. Ularning eng avvalgisi SSI texnologiyasidan keyinroq tayyorlanganlariga esa MSI texnologiyasidan foydalanilgan. Malumotlarni saqlash texnologiyasi sohasidagi birgalikda erishilgan yutuqlar magnit ozak asosida erkin foydalanish mumkin bolgan katta xotira qurishga, shuningdek magnit disklari va tasmalarining katta sigimini yaratishga imkon berdi. Binobarin, uchinchi avlod kompyuterlari, odatda, diskda bir necha megabayt (5 megabaytdan kamroq) operativ xotira va onlab megabayt malumot saqlashga qodir magnit disklarga ega edi. Dasturiy taminot, yuqori darajadagi dasturlash tillarini standartlashtirish, taqsimlangan vaqtli operasion tizimlari, dasturiy taminlashni apparat vositalaridan ajratib qoyish shuningdek mustaqil dasturlash industriyasini yaratish bularning hammasi uchinchi avlod davrida yuz berdi. Osha kunlarda FORTRAN va COBOL yuqori darajali dasturlashtirishning eng ommalashgan tili boldi. Ularni 1966 yilda va 1968 yilda mos holda Amerika milliy standartlar instituti (ANSI) standartlashtirdi, standartlashtirilgan versiyalar esa ANSI FORTARAN va ANISI COBOL deb ataldi. Buning mohiyati shunda ediki, agar dasturchi dasturni yozishda bu standartlarga amal qilsa u bu dasturlarni ANSI FORTARAN yoki ANISI COBOL bilan kompilyatorda har qanday kompyuter ishlata olardi.
Download 60.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling