Texnik vositalarning rivojlanish tendentsiyalari
To'rtinchi avlod. Katta (va juda katta) integral mikrosxemalardagi kompyuterlar (1980- ...)
Download 60.65 Kb.
|
Texnik vositalarning rivojlanish tendensiasi
To'rtinchi avlod. Katta (va juda katta) integral mikrosxemalardagi kompyuterlar (1980- ...)
1965 yildan keyin kremniy chiplarga joylangan elektron kompyuterlarning ortacha miqdori har yili ikki martadan ortib boradi. Bu taraqqiyot keng kolamli integrasiyalanish (LSI) davriga olib keldi, bunda bitta chipda dan ortiq elektron komponentning integrasiyalashuvi mumkin boldi, keyin yirik kolamli integrasiya (VLSI)davri keldi, bunda bitta chipda bir millionga yaqin elektron komponentlarni integrasiyalash mumkin. Bu taraqqiyot esa keskin rivojlanishga mikroprosessor arifmetik mantiqiy va nazorat funksiyalarini, hamma kompyuterlar faoliyatining asosiy turlarini bajarish uchun zarur boladigan hamma sxemalarni bitta chipda saqlaydi yilda Apple Computer Inc. kompanyaisidan Apple II va Radio Shack dan Tandy Corporation bolimining TRS-80 modeli etakchi shaxsiy kompyuterlar boldilar. Tortinchi avlodda magnit ozakdagi yarim otkazguvli malumot yiguvchilar ornini katta xajmdagi qisqa murojaat vaqtiga ega bolganlari bilan almashdi. Qattiq disklar arzon, xajmi kichik va quvvati yuqori bolib qoldi. Magnit tasmalarga qoshimcha ravishda qayishqok disklar dasturlarni va malumotlarni bir kompyuter tizimidan boshqasiga otkazishda portativ tashuvchi sifatida ommalashdi. Beshinchi avlod (1989-hozirga qadar) Elektron komponentlarni yanada miniatyuralashtirish (kichiklashtirish) tendensiyasi, mikroprosessorli chiplar quvvatining keskin ortishi, shuningdek, tezkor xotira va qattiq diskning otkazish qobiliyatining oshishini beshinchi avlod davrida davom etdi. BIS texnologichsi beshinchi avlodda SBIS (Ultra-Large-Sckale Integration) texnologiyasiga aylandi, natijada on million elektron komponentlarga ega mikroprosessorli chiplar ishlar chiqarila boshlandi. Aslida, mikroprosessorlar tezligi va tezkor xotira va qattiq disk olchami deyarli har on sakkiz oyda ikki martaga kopaymoqda edi. Natijada uchinchi va tortinchi avlod tizimining katta meeynfreymlarida topilgan kopgina funksiyalar beshinchi avlod mikroprosessori arxitekturasining bir qismi bolib qoldi. Oxir oqibat bu arzon narxlaridagi ota kuchli va qulay kompyuterlarga va meynfreymlar uchun ananaviy katta tizimlarning tugashiga yol ochdi. Oxirgi vaqtlarda prosessorlar ishlab chiqaruvchilar ancha kuchli (tez) bir yadroli prosessorli chiplar orniga kop yadroli prosessor chiplari tayyorlay boshladilar.
2. Shaxsiy kompyuterning tuzilishi Boshqaruv qurilmasi deb ataluvchi maxsus qurilma hozir qanday operator bajarilishi va undan keyin qaysi operator bajarilishi ustidan nazorat o`rnatadi va uning bajarilishini ta'minlaydi. Amal (arifmetik- mantiqiy) esa protsessor deb ataluvchi qurilmada bajariladi. Programma ishlash natijasi to`g`ridan-to`g`ri ekranda yoki tashqi qurilma (chop qiluvchi mexanizm, grafik chizuvchi qurilma, video qurilma va boshqalar) deb ataluvchi qurilmada ko`rilishi mumkin. Odatda kompyuter ikki qismdan: Hardware (kompyuterni tashkil etuvchilari - kompyuterning qattiq qismlari) va Software (kompyuterning programma ta'minoti - kompyuterning yumshoq qismlaridan) tashkil topgan deyiladi. Shaxsiy kompyuter asosan uch qismdan iborat boladi: tizimli blok; klaviatura; monitor. SHKlar portativ variantda ham ishlab chiqariladi, odatda «bloknot» (noutbuk) korinishida ham boladi. Hamma asosiy bloklar joylashadigan bosh qism - tizimli blok hisoblanadi. Uning tarkibiga quyidagi apparat vositalari kiradi: - SHK ishini boshqaradigan elektron chizma (mikroprotsessor, tezkor xotira, qurilmalar kontrolleri va hokazo); - SHKning elektron sxemalariga uzatiladigan past quvvatli doimiy tok tarmogiga tokni ozgartirib beradigan elektr manbai; - disketalarga yozish va ulardagi malumotlarni oqish uchun foydalani-ladigan egiluvchan magnit disklari uchun yiguvchilar - diskovodlar va yana boshqa qoshimcha qurilmalar. Qoshimcha qurilmalar tarkibiga ichki va tashqi moslamalar va kontrollerlar qoshilgan. SHKlar quyidagi tarkibiy qismlardan iboratdir: MP - mikroprotsessor bloki; I - interfeys qurilmasi - uning asosiy vazifasi magistral kanali va ulanuvchi qurilmalarning axborot shakllari boyicha muvofiqlashtirish. OXQ - operativ xotira qurilmasi SHKga kiritilayotgan axborotlarni qabul qilib olish, qisqa muddat davomida xotirlab turish va ularni joy- joyiga tarqatish; DXQ - doimiy xotira qurilmasi. Ushbu xotira SHK ishlab chiqarilayotgan davrda malumotnoma korinishidagi tez-tez ishlatib turiladigan axborotlar, ADPlari, ilovalar va axborotlar bilan toldiriladi. TXQ - tashqi xotira qurilmasi, boshqacha nomi qattiq diskli xotira - vinchester deb ham ataladi. Uzoq vaqt saqlanadigan va kerakli vaqtlarda ishlatiladigan axborotlarning hammasi TXQ - vinchesterda saqlanadi. Klaviatura - SHKga axborotlarni va buyruqlarni klavishalar orqali kiritish uchun xizmat qiladi. Printer - SHKdan chiqariladigan axborotlarni qogozga chop etib chiqarish uchun moljallangan. Monitor - displey ekrani bolib, unda SHKda bajarilayotgan ishlar, buyruqlar, axborotlar, ular bilan vizual tanishish va kerak bolsa, ozgartirishlar kiritish uchun xizmat qiladi. Boshqaruv, adreslar va malumotlar shinalari magistral shinalar bolib, mikroprotsessor bilan ulanuvchi qurilmalarni ulash va mos ravishda buyruq va axborotlarni qurilmalar va MP orasida ayirboshlash uchun xizmat qiladi... 3.Malumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalari. Malumotlarni kiritish qurilmalari: Skaner - bu malumotlarni qogozli hujjatdan bevosita SHKga kiritish qurilmasidir. Matnlar, sxemalar, rasmlar, grafiklar, fotografiyalar va boshqa grafik axborotlarni kiritish mumkin. Skaner nusxa kochirish apparatiga oxshab, qogozli HUJJATNING tasviri nusxasini qogozda emas, balki elektron korinishda yaratadi tasvirning elektron nusxasi yaratiladi. Skanerlar hujjatlarni qayta ishlash elektron tizimining muhim bogini va istalgan «elektron stol»ning kerakli elementidir. Oz faoliyatining natijalarini fayllarga yozib va malumotlarni qogozli hujjatlardan SHKga obrazlarni avtomatik anglash tizimi orqali skaner yordamida kiritib, qogozsiz ish yuritish tizimini yaratishga amaliy qadam qoyish mumkin. Skanerlar juda xilma-xildir va ularni bir qator belgilari boyicha tasniflash mumkin. Skanerlar oq-qora va rangli boladi. Oq-qora skanerlar shtrixli va nimrangli tasvirlarni oqishi mumkin. Shtrixli tasvirlar nim ranglarni, yoki boshqacha aytganda, kul rang darajalarini uzatmaydi.
Monitorlar. Monitorlar (displeylar) matnli va grafikli (chizmali) axborotlarni ekranga chiqaradi. Monitor, xuddi televizor kabi kineskop (elektron-nurli trubka) yordamida tasvirni shakllantiradi. Monitorlar tasvirni yuqori darajada aniq qilib korsatadi, u videokontrollerdan tayyor holda videosignal oladi. Monitorlar quyidagicha boladilar: rangli va monoxromli. Rangli monitorlarda tasvir qizil, yashil va kok rangdagi lyuminoforning yaltiroq nuqtalari bilan aks ettiriladi. Mono-xromli monitorlarda bir xil rangdagi lyuminofor nuqtalari bilan aks ettiriladi; monitorlar turli olchamda, kopincha, 14 dan 21 dyuymgacha boladi; turli xil masofali. Masofa uzunligi, kopincha, monitor sifatini va u korsatayotgan tasvirning aniq-ravshanligini bildiradi. Masofa qancha qisqa bolsa, sifat shuncha yuqori boladi. Videokontrollerdan monitorga uzatiladigan videosignal tasvirni rangli nuqtalarning togri burchakli toriga oxshash ravishda tasvirlaydi. Nuqtalarning gorizontal va vertikal boyicha soni - monitor imkoniyatini bildiradi. Videokontrollerlar - bu kompyuterning videosignalni shakllantirishni taminlaydigan elektron chizmasidir. U kompyuterning tizimli shinasi yechiladigan joyga qoyiladigan maxsus plata shaklida bajarilishi mumkin, biroq tizimli plata tartibiga ham kirishi mumkin. Videokontrollerlar matnli tartibda ishlagani kabi, grafikli tartibda ham ishlashi mumkin. Rangli monitorlarRangli monitorlar sifatida quyidagilar ishlatiladi: kompozitli rangli monitorlar va televizorlar, ular rangni ham, grafikani ham taminlaydi, lekin ancha past otkazish qobiliyatiga egadir; rangli RGB monitorlar grafikani ham, rangni ham yuqori otkazish qobiliyatiga ega bolgan eng yuqori sifatlidir (RGB qizil-yashil-xavo rang, bu rangli xabarlarning har biri uchun ozining simi ishlatiladi, kompozitlida esa uchchala rang signali bitta sim boylab boradi); RGBmonitorlar rangli grafikli nazoratchi bilan birgalikda ishlaydi. Uch turdagi videomonitorlar: CD (Color Display), ECD (Enhanced CD) va PGS (Professional Giafics System) keng qollaniladigan SHKning rangli monitorlari standartini aniqlaydi. Download 60.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling