2-Elektron shtangensirkul.
Metrologik ko‘rsatkichlari
Shkala – o‘lchanadigan kattaliklar qatoriga mos keluvchi raqamlar yoki boshqa simvol qo‘yilgan belgilar yig‘indisidan iborat bo‘lib, hisob qurilmasining bir qismidir. Shkalaning ikkita qo‘shni belgisi orasidagi masofa shkala darajasi deb ataladi.
O‘lchash asbobning asosiy metrologak ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
shkalaning ikkita uchni belgilari orasidaga farqni bildiruvchi shkala darajasining qiymati;
shkalaning eng qisqa belgilari o‘rtasidan o‘tuvchi faraz qilinadigan chiziq bo‘ylab o‘lchanadigan, shkalaning ikkita yonma-yon belgilari orasidagi masofani bildiruvchi shkala darajasining uzunligi;
shkalada o‘lchanadigan kattalikning eng katta va eng kichik qiymatlarini bildiruvchi shkalaning boshlang‘ich va oxirgi qiymatlari;
shkalaning boshlang‘ich va oxirga qiymatlari bilan cheklangan shkala qiymatlarining oralig‘ini bildiruvchi ko‘rsatish diapazoni;
o‘lchash vositalarining ro‘yhat etilgan xatoliklari normalangan o‘lchanadigan kattaliklar qiymatlarini bildiruvchi o‘lchash diapazoni;
o‘lchash diapazonining eng katta va eng kichik qiymatlarini bildiruvchi o‘lchash chegarasi;
o‘lchash uskunasi ko‘rsatadigan signal o‘zgarishining uni keltirib chiqaruvchi o‘lchanadigan kattalik o‘zgarishiga nisbatini bildiruvchi uzatish nisbati (bu atama chiziqli o‘lchashlar uchun mo‘ljallangan uskunalar uchun qabul qilingan).
1-jadval.
№
|
1- o‘lcham
|
2- o‘lcham
|
3- o‘lcham
|
O‘lchamlarning o‘rtacha qiymati
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |