«texnika» fakulteti «qurilish» kafedrasi «tasdiqlayman»
Texnika fakulteti dekani: dots. Qurbonov.M.Q
Download 0.6 Mb.
|
1 Laboratoriya ishi Metrologiya standartlashtirish, sertifikatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qurilishda metrologiya
- Qurilish materiallarini standartlashtirish
Texnika fakulteti dekani: dots. Qurbonov.M.Q.
KIRISH Metrologiya, standartlashtirish, sertifikatsiyalash va sifat nazorati fani bo‘yicha uslubiy qo’llanmada hayotimizning barcha jabhalarida, xalq xo‘jaligining, sanoatning barcha tarmoqlari uchun o’ta zarur bo’lgan, metrologiya haqidagi asosiy tushunchalar va ta’riflar, o‘lchash, o‘lchov va o‘lchov kattaliklar, o‘lchash vositalari, o‘lchashdagi xatoliklar kabi masalalari xususida yetarli va zarur ma’lumotlar keltirilgan. Uslubiy qo’llanma 5340500 – “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, metrologiya va texnik o‘lchashlar, universal o‘lchash vositalari va usullari, o‘zaro almashuvchanlik, ularning turlari, mahsulot sifati va uni boshqarish to‘g‘risida asosiy tushunchalar berishni ko‘zda tutadi. Qurilishda metrologiya Metrologiya – yunoncha “metros” “o’lchash” tabiatdagi barcha narsalar (jismlar) o‘lchami degan ma’noni bildiradi. Har bir mahsulot, material yoki tabiatning o‘zgarishi o‘lcham birliklariga ega. Metrologiya fani o‘lchamga doir tajriba natijalarini nazariy tahlil qilish, fizik o‘lcham birliklari va ularni aniqlashda ishlatiladigan asbob – uskunalar, tajriba uslublarining mutanosibligi va o‘lchash aniqligi, o‘lcham birliklarining etalonga mosligi kabi yo‘nalishlarda ilmiy-amaliy ish olib boradi. Metrologiyada aniqlangan o‘lcham birliklari davlat tomonidan qonun bilan belgilab qo‘yiladi. Metrologiya korxonalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Aniq o‘lchamlarning bir xilligini va mosligini ta’minlash; O‘lchash natijalari va o‘lchashning aniqlik me’yorini tahlil qilish, tartibga keltirish; Zamonaviy o‘lchov asboblari vositasida ilmiy-amaliy ishlarni bajarish, nazorat qilish va yangi uslublarni qo‘llash; Loyihalarni metrologik ekspertiza va attestatsiya qilish, ishlab chiqarilgan materialni qo‘llash jarayonlaridagi o‘lchash ishlarini nazorat qilish. Qurilish materiallarini standartlashtirish Materiallarning xossalari raqamli ko‘rsatkichlar bilan baholanadi va u tajribalar orqali o‘rnatiladi. Materiallarning sifat ko‘rsatkichlarini baholash uchun standartlar ishlab chiqilgan. Standart rasmiy hujjat bo‘lib, u qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi va ularni ishlatuvchi tashkilotlar uchun unga rioya qilish majburiydir. Har bir standartda materialning aniq nomlanishi, sinflanishi, tarkibi, xossalari, o‘lchamlari, sinash va ishlab chiqarish usullari, qabul qilish, saqlash va tashish shartlari, shuningdek, shu material to‘g‘risida fan va texnikaning yutuqlari kabi ma’lumotlar yoritilgan bo‘ladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling