«texnika» fakulteti «qurilish»
Ilmiy izlanishlar obyekti va predmeti
Download 403.79 Kb.
|
To\'xtajon ITI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Izlanishlar usullari.
- Ilmiy va amaliy ahamyati.
- I-bob. Mineral qo’shimchalarga qo’yiladigan talablar. 1.1.Mineral qo’shimchalar xaqida umumiy ma’lumot.
Ilmiy izlanishlar obyekti va predmeti.
Ilmiy tadqiqot obyekti bo’lib mineral qo'shimchalarni betonga qo'shish orqali betonning ko'plab xususiyatlariga foydali ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ilmiy izlanishlarning predmeti sifatida mineral qo’shimchalar tarkibi va beton ishlab chiqarish uchun texnologik jixozlarni tanlash belgilab olindi. Izlanishlar usullari. Ilmiy izlanishlarni bajarishdagi usullar labaratoriya sharoitida olingan natijalar va ilmiy-texnik ma’lumotlarni tahlil qilish va ilmiy umumlashtirishni o’z ichiga oluvchi kompleks ravishda o’rganishdan iborat. Olingan natijalar. Mineral qo'shimchalar beton aralashmaning tarkibiga, plastik betonning reologik xususiyatlariga, portlandsementning gidratsiya darajasiga, qotib qolgan betonning mustahkamligi va o'tkazuvchanligiga, issiqlik bilan ishlov berishda yorilishga chidamliligiga, kremniyga turli ishqorlarning ta'sirini kamaytirishga olib keladi. Ilmiy va amaliy ahamyati. Ishning ilmiy va amaliy ahamyati shundan iboratki, bu bizga zamonaviy qurilish materiallari bo’lgan mineral qo’shimchalar yordamida betonning sifatini yaxshilash imkonyatini yaratilganidir.Asbob uskunalarning munosib tarzda tanlanishi mavjud ishlab chiqarish jarayonini osonlashtiradi. Ko’rib chiqilgan iqtisodiy taxlil taklif qilingan texnalogiyaning samaradorligini ko’rsatadi. I-bob. Mineral qo’shimchalarga qo’yiladigan talablar. 1.1.Mineral qo’shimchalar xaqida umumiy ma’lumot. 1.2.Mineral qo’shimchalar turlari. 1.3.Mineral qo’shimchalar xossalari Mineral qo'shimchalar - bu o'ta mayda maydalangan moddalar, ular beton va sementga bog'lovchi massasidan 10 dan 20% gacha kiritiladi. Hozirgi vaqtda mineral qo'shimchalar manbai bo'lib sanoat chiqindilari xizmat qiladi, ularni hajmi bir yilda bir million tonnaga yetadi. Bularga tegishli elektrostansiya, metallurg xumdonlardan kimyoviy, oziq-ovqat sanoat chiqindilari kiradi. Ko'p tadqiqot izlanishlar shuni ko'rsatadiki, mayda kam faol va hatto inert to'ldirgichlarni 10-28% kiritilishi, sementni klinker qismini to'liq ishlatilishini ta'minlaydi, betonni zichligini oshiradi, deformatsiya, cho'kishni, shishishni kamaytiradi, agressiv suvlar ta'siriga chidamliligini kuchaytiradi, narxini kamaytiradi. Betonlar, hatto uzoq vaqt qotganda ham, sementning 40-60 mkm o'lchamdagi klinker zarrachalari odatda to'liq gidratlanmaydilar va sementda mikroto'ldirgich rolini o'ynaydilar. Shu munosabat bilan shu oʻlchamdagi klinker zarrachalari mustahkamligini kamaytirmagan holda boshqa mineral qo'shimchalar bilan almashtirish mumkin shu jumladan inert qo'shimcha. Hamma mineral qo'shimchalar tabiiy va sun'iy turlarga bo'linadi. Bog'lovchini to'ldirg'ich qo'shimchalar bilan suyultirishni sementni ortiqcha sarflamasdan har xil markali betonlar olishni imkonini beradi, ularni zichligini oshiradi. Download 403.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling